uning bolalik
davri bilan bog‘liq. Bolalik davri, uning tushuntirishicha uch
asosiy: tuya, sher va go'daklik bosqichlarini bosib o‘tar emish.
Birinchi bosqichda, bamisoli tuyalardek hayotning turli tash-
vishlariga bardoshli bo'lish, sabr-qanoat, chidamlilik, kattalarga
bo‘ysunish kabi malakalami o‘zida mujassamlashtirsa, ikkinchi,
ya’ni sher bosqichida, xuddi sherlarga o‘xshab erkin harakat
qilishni o'rganar emish. Uchinchi bosqich, birinchi va ikkinchi
bosqichning mahsuli — go‘daklik bosqichi bo‘lib, bu bosqichda
go‘dak xayolini ilohiy orzular, istaklar qamrab olarmish. Lekin
go‘dak orzulari, xohish-istaklari hayotning haqiqiy real tash-
vishlari va quvonchlari asosida shakllanmas emish. Bunday holat
go‘dak tasawurida hayot to‘g‘risida xira pardalaming hosil bo'lishiga
sabab bo‘larmish.
Inson irodasini har tomonlama mustahkamlash, xohish-is-
tak larin i boshqarish to ‘g‘risida fikr yuritgan F .N itsshe
Ch.Darvinning odam maymundan paydo bo‘lgan, degan g‘oyasini
tanqid qiladi. Lekin odam bilan maymun orasidagi o ‘xshashlik
— bu, taqlid qilishdir. Odamlardagi taqlid, bunyodkorlik, ijod-
korlikka asoslanganligi bilan maymundan tubdan farq qiladi.
Maymun taqlidida esa, bunyodkorlik ham, ijodkorlik ham yo‘q.
Shuning uchun ham insonda bunyodkorlik, ijodkorlik xususi-
353
yatlari zaiflashib qolsa, u asta-sekin axloqan tubanlasha bosh-
laydi. F.Nitsshe ijodkorlik, bunyodkorlikning zaiflashishi oqiba-
tida zamondoshlarining axloqan tubanlashib borayotgaxiidan tash-
vishga tushadi. Axloqan tubanlashib borayotgan ming-minglab
kishilar
ichkilikbozlik,
giyohvandlik
kasaliga
m ubtalo
bo'layotganidan aziyat chekadi. Bunday illatlar insonda hay-
voniy xatti-harakatlami rivojlantirishi mumkin ekanligidan kishi-
lami ogohlantiradi.
Shunday qilib, Seren Kyerkegor, Artur Shopengauer, Frid-
rix Nitsshe qarashlari XX asr ekzistensializm falsafasining vu-
judga kelishida nazariy asos vazifasini bajardi.
Inson borlig‘ini to‘la o‘rganmoq uchun ekzistensializm falsafa
sining yirik namoyandalaridan bin Edmund Gusserl (1859—1938-
y.), eng .awalo, inson ongi strukturasi, uning turli xususiyatlari,
xossalarini, ya’ni ong fenomenini har tomonlama o‘iganmoq zarur,
degan g'oyani olg'a suradi. Gusserl asos solgan ushbu metodga
asosan «sof ong» fenomenini individning awalgi tajribasiga
bog‘lamasdan o'iganmoq darkor. U ongni individ o‘tmish tajri
basiga asoslanmasdan tadqiq etish jarayonini reduksiya, deb ataydi.
Bunday fenomenologik reduksiya Gusserl yaratgan metodning
markaziy qoidasidir.
Uning tayanch nuqtasi vazifasini bajarayotgan immanent xu-
susiyatlar faqat ongga taalluqli bo'lib, tashqi olamdagi voqealar va
hodisalarga, ya’ni obyektga hech qanday aloqador bo'lmaydi. Ong
ni bunday talqin qilish Gusserl fenomenologiyasining asosini tashkil
etadi.
Fenomenologiyadagi markaziy tushuncha — ongning inten-
sionallashuvidir. Boshqacha aytganimizda, Gusserl fikriga ko‘ra,
inson ongining eng muhim xususiyati intensionallashishdir. Chunki
inson ongi shunday bir o'ziga xos oynaki, unda butun olam
o‘z aksini topadi. Shunday bolishiga qaramasdan, o'sha oyna-
dagi aksga ba’zi noaniqliklar ham kirib qolishi mumkin. Boshqacha
aytganimizda, inson ongi olamning haqiqiy manzarasini aniq
aks ettirmasligi ham mumkin. Ongda olamning haqiqiy manza-
rasi to‘la, aniq va tiniq aks etmasligiga sabab — insondagi his-
hayajonlar, tuyg£ularning turli-tumanligidir.
Nemis faylasufi Gesserl yaratgan fenomenologik metod an-
tiklassik falsafaga, xususan, XX asr ekzistensializmiga ham katta
ta ’sir o‘tkazdi.
354
Antiklassik falsafa, xususan, ekzistensializm an’analarini yangi
bosqichga ko‘tarishda rus faylasufl N.A.Berdyaevning (1874—1948-
y.) xizmatlari salmoqli edi. Uning fikriga muvofiq, inson indi-
vid va shaxsning birligidan iborat murakkab uyushmadir. Individ
— naturalistik-biologik mavjudot bo'lib, tabiiy-ijtimoiy zaruriyat
prinsiplariga bo'ysunadi. Shaxs esa, «ijodiy energiya markazi»
bo'lib, ma’naviy-axloqiy hodisadir. Uning mohiyatini erkinlik va
ijodkorlik tashkil etadi. Shaxs — «bu tanlov», ya’ni qadriyat-
laming tanlovidir. Shaxs, inson hamisha axloqan erkin ekan-
ligini tasdiqlaydi.
Berdyaevning e’tirof etishicha, inson tabiatda markaziy o'rinni
egallaydi. Xuddi shu holat odamlaming ma’naviyatiga o‘z ta’sirini
o'tkazadi. Chunki inson olamning bir bo'lagi bo‘lib, o'ziga xos
mikrokosm va mikroteosdir. Inson olamdagi boshqa tirik mavjudot-
lardan tubdan farq qilib, uning qalbida butun dunyo va jamiyat
tarixi yashaydi. Modomiki shunday ekan, uni kamsitish mumkin
emas. «Inson Xudo oldida hech kim emas, uning bir quroli
xolos», degan g'oya uni kamsitishdir. Chunki insonning o‘zi
mustaqil mavjudot, uning ijodkorlik qobiliyati, faqat Xudo to-
monidan ato etilgan mo'jiza emas, balki erkinlikning ham
mahsulidir. Erkinlik yaxshilikning ham, yomonlikning ham, ijod-
ning ham manbaidir. Shuning uchun Xudo erkinlikni yo'qotish
tarafdori emas, balki u odamlami ezgulikni, yaxshilikni yara-
tish, ijod qilishga da’vat etadi. Lekin yaxshilikni ham, yomon-
likni ham odamlaming o'zlari tanlaydilar. Unutmaslik zarurki,
inson hech qachon erishgan yutuqlaridan qoniqmaydi. Aksincha,
u uzluksiz yuqoriroqqa chiqishga intiladi, hayotning «eng baland
nuqtasi» tomon intilish: ma’naviy mustaqillik, yaxshilik, muhab-
bat, haqiqat, to‘g‘rilik, go‘zallik kabi qadriyatlarda namoyon bo'ladi.
Shu ma’noda shaxs tayyor mahsulot emas, u — istiqbol, inson
idealidir. Shaxs o'zini o‘zi yaratadi.
N.A.Berdyaevning fikriga muvofiq, har bir shaxs ma’naviy
qadriyatlarni yaratishga qodir bo'lgan ekzistensial markazdir.
Qadriyatlar esa turg£un, o'zgarmas uyushma emas. Ular yakka
kishi, ya’ni individ tomonidan yaratiladi. Tez-tez o'zgarib tura-
di. Berdyaev individ, millat, davlat va jamiyatdan jinsni ustun
qo‘yuvchi qoidalar bilan hech qachon murosa qila olmas edi.
«Inson shaxsi yakka-yu yagona, betakror, mustaqil, eng oliy
355
qadriyatdir»1, deb yozgan edi. Lekin inson bisotida egoistik kay-
fiyatlar borligini ham unutmaslik darkor ekanligini qayta-qayta
takrorlar edi.
N. A. Berdyaev falsafasi diqqat markazida turgan muammo-
lardan yana biri — shaxs va borliq munosabatlaridir. Uning
ta’kidlashicha, inson borliqning ikki yirik shakli — tabiat va
jamiyat bilan bevosita bog'liq. Davlat, hokimiyat, ijtimoiy nor-
malar, turli jamoalar inson hayotida «ruhning hukmronligini
ta ’minlaydi». Natijada, odamlar inson hayoti uchun zarur
bo‘lgan turli vazifalar: texnika, iqtisodiyot va hokazolarni,
hayotning ma’nosi, deb qaray boshlaydilar. Odamlar hayotning
ma’nosi haqida o‘ylashni unutib qo‘yadilar. Ijtimoiy taraqqiyot
tarixi insonning quroliga aylanib qoladi. Natijada, ijtimoiy taraq
qiyot «inson erkinligiga zug‘um o'tkaza boshlaydi». Shaxs bilan
jamiyat orasiga bartaraf etilishi juda qiyin bo‘lgan ziddiyatlar
vujudga keladi. Shaxs jamiyatning zug'umlariga qarshilik ko‘rsata
boshlaydi.
N. A. Berdyaev falsafasining asosiy mavzularidan yana biri
hozirgi zamon sivilizatsiyasi tufayli vujudga kelgan dahshat, fo-
jialardan insoniyatni eson-omon saqlab qolishdir. Uning fikriga
ko‘ra, ushbu muammoni bartaraf etmoq uchun, inson yana
Xudoga qaytmog'i darkor. Xudo bilan insonning biigalikda olib
borgan sa’y-harakatlari tufayli turli vahimalar bartaraf etiladi.
Ushbu jarayonda hal qiluvchi rolni inson ijodkorligi o‘ynamog‘i
zarur. Chunki chinakam ijodkorlik yangilikni vujudga keltirishi
muqarrar. Lekin har qanday ijodkorlik uchun material zarur.
Materialsiz hech qanday ijodkorlik sodir bo‘lmaydi. Ana shun
day material vazifasini erkinlik bajaradi. O'sha erkinlik tufayli
yangilik vujudga keladi. O'z navbatida, erkinlik ruh uchun ham
material vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham, N.A. Berdy
aev «shaxs — bu ijodiy jarayon», «faollik, qarshilik ko‘rsatish,
dunyo tashvishlari ustidan qilingan g'alaba, erkinlikning olamdagi
qullik ustidan g‘alabasidir», «insonning qullikka qarshi isyonidir»2,
degan edi.
Buyuk rus faylasufi N.A.Berdyaevning tushuntirishicha, inson-
Do'stlaringiz bilan baham: |