O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Mashhur  nem is  faylasufi,  m a’rifatparvari,  yozuvchisi,  tanqidchi  G otxold



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  Mashhur  nem is  faylasufi,  m a’rifatparvari,  yozuvchisi,  tanqidchi  G otxold 

Efraym  Lessing  1729-yilda  Kamensda  tug'ilgan.  1791-yilda  Saksoniyada  vafot  etgan. 

U ning  inson  to ‘g ‘risidagi  qarashlari  «Odamzotni  tarbiyalash»  (1780-y.)  asarida 

bayon  etilgan.

302



qoidalar  aql  bilan  yoritilm agan,  uning  qudratli  tanqidiy 

chig‘irig‘idan  o‘tmagan  bo‘lsa,  bunday  qoidalar  irim-sirimdan 

boshqa  narsa  bo‘lmaydi.  Lekin  har  qanday  dinning  mazmuni  aql 

va  kishilarga  muhabbat  kabi  umuminsoniy  axloq  ruhi  bilan 

sug'orilganligi  ham  haqiqat  ekanligini  unutmaslik  zarur,  deb 

hisoblaydi.

Lessingning  fikricha,  inson  hamyurtlariga  foyda  keltiradigan 

qanday  kasbda  —  hunarmandchilikdami,  dehqonchilikdami,  sa- 

noatdami  yoki  savdogarchilikdami  —  mehnat  qilmasin,  bunday 

faoliyat  chinakam  olqishga  sazovor  bo‘lmog‘i  lozim.  Mulohaza- 

lilik,  to‘g‘riso‘zlik,  mehnatsevarlik,  oqko‘ngillilik  —  Lessing  asar- 

lari  qahramonlarining  insoniy  fazilatlaridir.

XVIII 

asr  nemis  ma’rifatparvarlarining  yangi  qahramoni  — 



«dunyoviy  fuqaro»  edi.  Bunday  kishi  uchun  atrofida  sodir 

bo‘layotgan  voqealarga  o‘z  manfaati  qarichi  bilan  yondoshish 

yotdir.  U  har  qanday  tabaqa  yoki  turli  e’tiqodga  mansub  kishi- 

lar  orasidan  «yaxshi  odamlarni  qidiradi».  Shuning  uchun  o‘sha 

el  va  xalqparvar,  jahongashta  «dunyoviy  fuqaro»  —  nemis 

ma’rifatparvarlarining  sevimli  qahramoniga  aylandi.

Xudbin  kishining  shaxsiy  manfaati  bilan  umummanfaat  orasi­

dagi  to‘qnashuv  G.Fildingning  «Topib  olingan  Tom  Jons  tarixi» 

romanida  ham  o‘z  ifodasini  topgan.  Asar  qahramonlari  yasha­

yotgan  tarixiy  muhit  shundan  dalolat  beradiki,  bu  yerda  hokimi- 

yat,  boylik  odamlarning  ijtimoiy  holatini  boshqaradi.  Kishilar 

taqdirini  esa  tasodif  hal  qiladi.  Odamlarni  bunday  tasodif 

botqog‘idan  asta-sekin  aql  olib  chiqadi.  Turgan  gapki,  tasodif 

deganda,  kundalik  turmushdagi  xususiylik  tushuniladi.  Boshqacha 

aytganimizda,  o‘z  manfaatlari  yo‘lida  o‘zboshimchalik,  tavakkal- 

chilik  bilan  harakat  qilishi  —  tasodifiy  holat  ifodasidir.  Shaxsiy 

manfaat  yo‘lida  qilingan  o‘zboshimchalik,-  tavakkalchilik  kabi 

holatlar  —  bir  qutbda,  aql,  farosatga  asoslangan  ehtiyoj,  umum- 

manfaatni  ko'zlash,  huquq  va  qonunga  tayanish,  hamma  uchun 

bab-barobar  bo‘lgan  adolat  normalariga  asoslanish  kabi  fazilatlar

—  ikkinchi  qutbda  to‘plana  boradi.  Qarama-qarshi  qutblarning 

vujudga  kelishi,  albatta,  kurashga  olib  keladi.  Bunday  kurashda, 

yuqorida  eslatib  o‘tilganidek,  aql  tasodif  ustidan  g‘olib  chiqadi. 

Aqlning  tasodif  ustidan  g‘olib  chiqishi  —  umummanfaatni  himoya 

qiluvchi  «chinakam  inson»ning  buyuk  g‘alabasi  edi.

303



XVIII 

asr  Yevropa  sivilizatsiyasi  tarixida  ma’rifatparvarlik  davri, 

deb  yuritiladi.  Chunki  bu  davr  ilmiy  bilimlari  faqatgina  bir 

guruh  ilm-fan  bilan  shug‘ullanuvchi  kishilarga  ma’lum  bo‘lib 

qolmasdan,  balki  aholining  turli  tabaqalari  orasiga  keng  tarqala 

boshladi.  Nafaqat  diniy,  balki  dunyoviy  bilimlar  ham  ilm 

maskanlari  laboratoriyalari  qobig‘idan  chiqib,  omma  orasida  yoyila 

bordi.  Ilm-fan  yutuqlari  nafaqat  ilm  ahli,  balki  adabiyot,  san’at 

namoyandalari,  ziyolilarning  turli  qatlamlari  bahs-munozarala- 

riga  sabab  bo‘la  boshladi.

Ma’rifatparvarlik  davrining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  shundaki, 

bu  davrga  kelib  odamlar  inson  aqlining  qudratiga,  uning  hali 

foycjalanilmagan  imkoniyatlari  mavjud  ekanligiga,  ilm-fan  taraq- 

qiyoti  jamiyatni  iqtisodiy-ijtimoiy  farovonlikka  olib  kelishiga  bor- 

gan  sari  qo‘proq  ishonch  hosil  qila  boshladilar.  Yuqorida  eslatib 

o‘tganimizdek,  bunday  kayfiyat  Yevropada  XVII  asrdayoq  vujudga 

kelgan  edi.  XVIII  asrda  esa  o‘rta  asr  sxolastikasini  tanqid  qilish, 

obro‘  va  an’ana  o‘miga  aql-farosatni  ulug‘lash  har  tomonlama  avj 

ola  boshladi.  Xuddi  shuning  uchun  ham,  XVIII  asr  —  Yevropada 

aql-tafakkurni  ulug‘lash,  erkinlik-hurlikning  vujudga  kelishi,  fan 

va  madaniyatning  rivojlanish  asri  bo‘ lib  qoldi.

XVTII  asming  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  yana  biri:  fan  ama- 

liyotga  yaqinlasha  boshladi.  XVII  asrda  Yevropa  faylasuflari  sxo- 

lastikani  tanqid  qilgan  bo‘lsalar,  XVIII  asrda  metafizikani  har 

tomonlama  tanqid  qila  boshladilar.  0 ‘rta  asr  sxolastikasi  o‘rniga 

XVI—XVII  asrlarda  kirib  kelgan  metafizikani  yo‘qotib  yuborishga 

harakat  qildilar.  Fanda  Isaak  Nyuton,  falsafada  Jon  Lokk  izidan 

borgan  fransuz  ma’rifatparvarlari  metafizik  sistema  bo‘lmish 

Kartezianlikni1  ham  qattiq  tanqid  qildilar.  Kartezianlik  tarafdor- 

larini  turli  abstrakt  konstruksiyalarni  ulug‘lashgan,  tajriba  va 

eksperimentga  esa  kam  e’tibor  berishgan,  deb  aybladilar.  Lekin 

Yevropa  ma’rifatparvarlari  har  qanday  aqlni  ulug‘lashmas,  faqat 

tajribaga  asoslangan,  turli  diniy  uydirmalardan  xolis,  erkin  ilm 

tarafdori  edilar.

Yuqorida 

t a ’kidlab 

o ‘tganim izdek, 

m a’rifatparvarlik 

g‘oyalarining  vatani  Angliya  edi.  Chunki  Angliyada  jahonning 

boshqa  mamlakatlaridan  oldinroq  ilm-fanga  asoslangan  ilg‘or




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish