maslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat
kabi insoniy fazilatlarga ega bo‘lishga da’vat etdi.
Burhoniddin Marg‘inoniy inson har qadamda ro‘baro‘ kela-
digan dolzarb hayotiy muammolar, jumladan, oilaviy va ijti
moiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo,
burch va mas’uliyatga taalluqli muammolami islom axloqi va
huquqi mezonlari nuqtayi nazaridan hal etib berdi. 0 ‘zining
«Nikoh kitobi»da yoshlar tarbiyasida milliy urf-odatlaming ahami-
yati haqida to'xtalib, qadimgi milliy an’analarimizdan biri bo‘lgan
nikoh bo‘lg‘usi kelinning moddiy manfaatlarining kafolatlani-
shiga e’tiborni qaratish zarur, degan g‘oyani ilgari surdi. Bun
day oddiy kafolat bo‘lishi uchun kuyov kelinga mahr tayin-
lashi lozim. Boshqacha aytganda, kuyov kelinning o‘z ko‘chmas
mulkiga ega bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoit-
larni yaratishi lozim. Ushbu mulkka kelindan boshqa hech kim
egalik qilolmaydi. 0 ‘z navbatida xuddi o'sha mulk oilaviy hayotga
endigina qadam qo‘yayotgan yosh ayolning iqtisodiy manfaat
larini himoya qilishga qaratilgan edi.
Burhoniddin Marg‘inoniyning fikriga ko‘ra, jamiyatning negizi
ham, inson ruhiy-ma’naviy olamining beshigi ham oiladir. Shu
ning uchun ham o‘rta asrning mashhur fiqhshunos olimi oilani
har tomonlama mustahkamlashga zamonasining hukmdorlarini,
butun ilm ahlining e’tiborini qaratadi. Oilani mustahkamlashga
qaratilgan bir qator qoidalar ishlab chiqadi va uni shariat
qonunlari orqali rasmiylashtiradi. Chunonehi, Burhoniddin
Marg‘inoniy tomonidan ishlab chiqilgan kelinga mahr tayinla-
nishi haqidagi shariat qonuni bir tomondan yosh kelinning o‘z
mulkiga ega bo'lishi uchun, uning insoniy qadr-qimmatini o‘miga
qo‘yish uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan bo‘lsa, ik
kinchi tomondan ushbu jarayon oldi-sotdiga aylanib ketmasligi
uchun mahrning miqdori ham belgilab berildi. Chunonehi,
mahming eng kam miqdori o‘n dirham qilib belgilandi.
Burhoniddin Marg‘inoniyning e’tirof etishicha, oila qurayot-
gan kuyov va uning ota-onalari ham bir talay majburiyatlarni
o‘z zimmalariga olishlari zarur. Chunonehi, kelin tushgan xo-
nadonda uning normal yashashi uchun shart-sharoit yaratilishi,
xususan, baholi-qudrat jihozlangan uy yoki alohida xona bo‘lishi
184
darkor. Ko‘rinib turibdiki, marg‘ilonlik fiqhshunos alloma o‘rta
asr sharoitidayoq inson turmush tarzi, xulq-atvori, xatti-hara-
katida qonun talablariga rioya qilishga da’vat etdi. Inson sha’ni,
qadr-qimmatini qonun yordamida himoya qilishga urindi. Inson
ning buyuk qadriyat ekanligini isbotlashga harakat qildi. 0 ‘zining
butun ongli umrini ana shunday oliy qadriyatga safarbar qildi.
Burhoniddin Marg‘inoniy inson m a’naviyatiga doimiy ozuqa
be rib turadigan qudrat — ilm va m a’rifatdir, deb tushuntirdi.
Shuning uchun ham jam iyat m a ’naviy kam oloti uchun
mas’uliyatni ilm ahliga yukladi. 0 ‘zining ilmiy-intellektual salo-
hiyatini xayrli, xususan, odamlar orasida do‘st-u birodarlikni
targ‘ibot qilish, ma’rifat tarqatish ishlariga baxshida etgan olim-
u fozillarni ulug‘ladi. Kishilarga m a’rifat tarqatish ishlariga sarf-
lanmagan bilim yoki ilm ahlining ishini buzg‘unchilik deb
baholadi. Shuning uchun ham marg‘ilonlik fiqhshunos alloma
nafaqat olim-u fuzalolar, balki oddiy fuqarolar orasida ham
cheksiz hurmat-izzatga sazovor bo‘ldi. Odamlar Marg‘inoniyni
«Hidoya yo‘lining sarboni» deb atay boshladilar. Musulmon
olamida esa u «Burhoniddin val milla», ya’ni «din va millatning
hujjati» degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi‘.
0 ‘rta asr musulmon falsafasi, xususan, inson haqidagi fikr-
muIoMbzalar xazinasini yangi dalillar bilan to ‘ldirishda Sharq
adabiyotining mashhur namoyandasi Farididdin Attorning2 ham
xizmatlari salmoqli bo‘ldi.
Farididdin Attor o‘zining asarlarida (xususan, «Javharuz zot»
asarida) olamning bir butun yagona vujud ekanligini isbotlashga
harakat qildi. Uning ta’kidlashicha, o‘sha bir butun olam borlig‘i
Do'stlaringiz bilan baham: