O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


noma».  «Muxtornoma»,  «Xisravnoma»,  «Sharqul  qalb»,  «Mantiqut  tayr»,  «Bul-



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

noma».  «Muxtornoma»,  «Xisravnoma»,  «Sharqul  qalb»,  «Mantiqut  tayr»,  «Bul- 

bulnoma»,  «Ush-turnoma»  kabi  dostonlarida  bayon  etilgan.

185


cheksiz-chegarasizdir.  Olam  borlig‘i  cheksiz  kattalik  va  cheksiz 

kichiklik,  kenglik  va  torlik,  («kabz»),  yoyilish  va  yig‘ilish,  mux- 

tasarlik  va  mufassallik,  zarar  va  foyda,  yaratish  va  yo‘qotish, 

berklik  va  oshkoralik,  qotish  va  suyuqlanish,  tug‘ilish  va  o‘lish, 

tortilish  va  uzoqlashish  birligidan  iborat.  Odamlar  yashayotgan 

yer,  bunday  poyonsizlik,  cheksizlik  ummonida  kichik  bir  xasga 

o‘xshaydi.  Inson  olam  borlig‘iga  qaraganda  ming  chandon  kichik 

mavjudotdir.  Lekin  o‘sha  yagona,  bir  butun  olam  borlig‘i  ichra 

insonning  o ‘rni  va  ahamiyati  o'zgacha.  Chunki  inson  borlig‘ida 

olam  borlig‘ining,  hatto  olam  yaratuvchisi  —  Xudo  borlig‘ining 

barcha  xususiyatlari  o‘z  aksini  topgan.  Tan  va  jon  birligidan 

iborat  bo‘lgan  insonda  Ollohning  barcha  fazilatlari,  xislatlarini 

ko'rish  mumkin.  Shuning  uchun  ham  Xudoni  bilmoq  uchun 

inson  borlig‘ining  turli-tuman  xususiyatlarini  bilmoq  zarur,  degan 

g‘oyani  musulmon  faylasuflari  hukmiga  havola  qiladi.  Turgan 

gapki,  bunday  g‘oyaning  ilgari  surilishi  ayrim  mutakallimlar- 

ning  g‘ashiga  tegadi.

Farididdin  Attorning  tushunturishicha,  inson  o‘zini  tanimas 

ekan,  demak,  u  Haqni  ham  tanimaydi.  Inson  o‘zligini  tanimog‘i 

uchun,  o‘zining  kimligini  bilmog‘i  uchun,  boshqa  tirik  mahlu- 

qotlardan  tubdan  farq  qiluvchi  buyuk  mo‘jiza  —  aql-zakovatga 

ega.  Ana  o‘sha  mo'jiza  tufayli  inson  olamdagi  hodisa  va  vo- 

qealarning  qay  biri  yaxshiyu,  qay  biri  yomonligini  bilib  oladi. 

0 ‘z  manfaatlariga  zid  holatlami  ko'rsa  orqaga  chekinadi.  Qilgan 

xatolaridan  xulosalar  chiqarib,  har  bir  qadamini  o‘ylab  bosadi. 

Hayotiga  xavf-xatar  solishi  mumkin  bo‘lgan  holatlarni  bartaraf 

etadi.  Qiyinchiliklardan  qanday  qilib  chiqish  yo'llarini  o‘ylab 

topadi.  Aniqroq  qilib  aytganda,  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan 

dahshatli  hodisotlar  girdobidan  inson  o‘zidagi  aql-zakovat  vosi- 

tasida  chiqib  keta  oladi.  Mabodo  inson  aqli  va  imkoniyatlaridan 

foydalanmasa,  ilk  harakati  chog'idayoq  halok  bo‘lar  edi.  Odam­

lar  aql  mash’alasi  yordamida  o‘zlarini  ham,  dunyoni  ham  turli 

badbaxtliklardan  qutqaradilar.  Suv  ichida  turib,  unga  g‘arq  bo‘lib 

ketmaslik  yo‘llarini  izlab  topish,  insonning  o‘zligini  anglashiga 

borib  taqaladi.

Attorning  fikriga  muvofiq,  inson  o‘zligini  tanimasa,  u  chin 

inson  darajasiga  ko'tarila  olmaydi.  0 ‘zligini  tanimagan  kishi

186



qurt-qumursqa,  parranda-yu  darrandaday  gap:  tug‘iladi,  yey- 

di,  ko‘payadi  va  o ‘ladi.  Inson  esa  bu  dunyoning  tashvishlari- 

dan  qutilishi,  uning  barcha  lazzatlaridan  bahram and  bo‘lishi 

darkor.  Bunday  yuksak  orzuJarga  inson  faqat  bilim,  ilm,  ya’ni 

m a’rifat  orqali  erishadi.  Alqissa,  inson  o ‘zligini  m a’rifat  yor­

damida  taniydi1.

Farididdin  Attorning  e’tirof  etishicha,  olamdagi  barcha  hodi- 

salar,  voqealar,  narsalar  biri  ikkinchisi  bilan  bog‘liq,  biri  ik- 

kinchisiga  ta ’sir  o‘tkazadi.  Ularning  bari  ayrimlik  (yakkalik), 

xususiylik,  umumiylik  dialektikasi  qonuniga  bo‘ysunadi.  Ayrimlik 

va  umumiylik  bir-biriga  zid,  ayni  paytda  biri  ikkinchisi  bilan 

bog‘liq  kategoriyalardir.  Chunki  ayrimliksiz  umumiylik,  umumiy- 

liksiz  ayrimlik  yashay  olmaydi.  Har  bir  ayrimlikda  umumiylik- 

ning,  har  bir  umumiylikda  ayrimlikning  xususiyatlari  mavjud2.

Olam  va  odam  munosabatlarini  ayrimlik,  xususiylik,  umu­

miylik  dialektikasi  chig‘irig‘idan  o‘tkazib  tahlil  qilgan  nishopur- 

lik  alloma,  ayrimlik  inson  fikr-mulohazalarini  konkretlik  tomon 

boshqarsa,  umumiylik  uni  mavhumlik  tomon  boshqaradi,  deydi. 

Ana  shunday  qarich  bilan  olam  va  odam  orasidagi  o‘zaro  alo- 

qadorlikka  nazar  solgan  o‘rta  asr  faylasufi,  har  qanday  zamon- 

ni  ayrim,  yakka  kishi  o‘zgartiradi,  deb  qarash  mantiqqa  xilofdir, 

deydi.  Lekin  yakka  kishi,  ya’ni  yakka  shaxs  umumiy  voqealar- 

ning  ko‘zga  tashlangan  tomonlarini  o‘zgartirishga  qodir.  Yakka 

kishi  olamdagi  voqealarni  o‘zgartirishi  uchun  vaziyat  pishib 

yetilishi  darkor.  Olamdagi  voqealar  yakka  kishi,  ya’ni  shaxs 

turtkisi  bilan  o‘zgarishi  mumkin,  degan  g‘oyani  faylasuflar 

e’tiboriga  havola  qiladi.  Aniqroq  qilib  aytganda,  o'rta  asr  sha- 

roitida  Farididdin  Attor  inson  olamdagi  tirik  maxluqotlar  ichida 

bunyodkorlik,  yaratuvchilik  xususiyatlariga  ega  b o ‘lgan  buyuk  zot 

ekanligini  isbotlashga  harakat  qildi.

0 ‘rta  asr  musulmon  falsafasida  insonning  axloqiy  pokligining 

eng  muhim  ko‘rsatkichi  ishq-muhabbat,  vafo  va  jafo  ekanligini 

har  tomonlama  tavsiflash  urf  bo‘lganligi  hech  kimga  sir  emas.


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish