Nega o'rgatdingiz menga sevishni?
Sog'inch ezmas edi yurak bag'rimni,
Hijron oshirmasdi dilda dardimni,
Yo'qotib qo'ymasdim aslo qadrimni,
Nega o'rgatdingiz menga sevishni?
Yurardim sevgisiz eng baxtli bo'lib,
Jajji qizaloqday orzular qilib,
Bahor gullariday ochilib kulib,
Nega o'rgatdingiz menga sevishni?
Sevgining hamrohi bo'larkan qayg'u,
Sevgi bir g'alati azobli tuyg'u,
Afsus sevgi qalbda yasharkan mangu,
Nega o'rgatdingiz menga sevishni?
"Tabrik"
(Tog'ajon tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Barcha orzu-niyatlarizga erishing. Bunday tug'ilgan kunlarni ko'pini ko'rib yuring)
Tog'ajonim sizga deyman assalom,
So'zlaysiz doimo siz shirin kalom,
Do'stlaringiz bilan baham: |