Oxirati kuygan xotinning quli.
Biror ish qilmaydi oila uchun,
Teskari aylandi go'yoki ochun,
Osmon qulamas, yer ko'tarar nechun,
Oxirati kuygan xotinning quli.
Ovqatni pishirar hatto kir yuvar,
Ayolday jilmayib, nozlanib kular,
Achchiq haqiqatni u qachon sezar,
Oxirati kuygan xotinning quli.
Begonadur unga do'stlar davrasi,
U bo'ldi misoli bir uy bekasi,
Zamonning og'riqli azob nuqtasi,
Oxirati kuygan xotinning quli.
Vijdonim qiynaldi tebratdim qalam,
Bundaylarni ko'rib yurakda alam,
Hayratda qolmoqda butun bir olam,
Oxirati kuygan xotinning quli.
"Yig'laysizmi..."
Vaqtim tugar bir kun meni ham,
To'lib qolar bir kun poymonam,
Do'stlaringiz bilan baham: |