Gapirmang bo'ldi bas, so'zlar ortiqcha,
Qadrini yo'qotdi xo'rlandi yurak.
Armonlar shahriga aylandi yurak,
Ishq o'ti yondirdi kul bo'ldi yurak,
Sevgiga yetishmoq bunchalar mushkul,
Juftini topolmay tul bo'ldi yurak.
Armonlar shahriga aylandi yurak,
G'am-alam hamrohi, chorasiz- yurak,
Orzular ro'yobi go'yoki bir tush,
Dardlarga ko'milgan ming pora yurak.
Armonlar shahriga aylandi yurak,
Azobli qo'shiqday kuylandi yurak,
Kunduz va tunlari bedor o'tmoqda,
Dunyodan kechmoqqa shaylandi yurak.
Armonlar shahriga aylandi yurak.
"Nega o'rgatdingiz..."
Chalkashdi orzular, chalkashdi hayol,
Tunimni charog'on qilmaydi hilol,
Sabrimni sinaydi javobsiz savol,
Do'stlaringiz bilan baham: |