Voyaga yetkazib qilgan jon fido,
Òzligin unutgan yolģonchi qizlar.
Oģir botmadimi aytgan sòzlarim,
Bir millat ertasi bòlamiz bizlar,
Faqat baxtingizni kòrsin bu kòzlar,
Òzligingiz anglang, òzbekmiz qizlar.
"Dadajon"
(Dadasi òtib ketgan qiz nomidan )
Fayzi yòqdek gòyo endi hovlimiz,
Siz edingiz axir boshda tojimiz,
Mahzun òtib borar kun-u tunimiz,
Qaylarga ketdingiz ayting dadajon,
Soģinib ketdik-ku sizni dadajon.
Sezdirmayin bizga yiģlaydi onam,
Tor kòrinib ketsa kòziga olam,
Birgina sòzingiz bòlardi malham,
Qaylarga ketdingiz ayting dadajon,
Soģinib ketdik-ku sizni dadajon.
Qiynar bizni yomon yetimlik dardi,
Do'stlaringiz bilan baham: |