Armon bòldi sizga farzandlar tòyi,
Tòlmas ekan hech ham bu dunyo kami,
Qaylarga ketdingiz ayting dadajon,
Soģinib ketdik-ku sizni dadajon.
Siz bergan mehrizni berolmas hech kim,
Kòzda yoshimizni artar endi kim,
Duoda qòlimiz qoldik bugun jim,
Maxsharda kòrishaylik siz-la dadajon,
Soģinib ketdik-ku sizni dadajon.
Hech kimning dadasi bòlmasin bemor,
Ranjitmang borida aslo siz zinhor,
Yòqotib izlarin izlamang zor-zor,
Maxsharda kòrishaylik siz-la dadajon,
Soģinib ketdikda sizni dadajon.
"Tabrik"
(Jiyanim Farangizxon nomidan)
Mehribon dadajon sizga assalom,
Aytar tilaklarim bòlsin armuģon,
Tòkin hayotimiz kechsin bardavom,
Do'stlaringiz bilan baham: |