Baxtimizga doim yuring soģ-omon.
Tuģilgan kuningiz bugun dadajon,
Oq halat sizga yarashar chunon,
Kasbingiz ustasisiz-eng zòr shifokor,
Allohim sizni qòllasin har on.
Charchashni bilmaysiz ishlab kun-u tun,
Farzandlar sizdan minnatdor bugun,
Oilamiz ustuni boshdagi tojim,
Yuzlarga kirib yuring ilohim.
Ancha ulģaydida erka qizingiz,
Doim yoruģ qilay sizni yuzingiz,
Eng yaxshi bòlishga undar har safar,
Mehr-la aytilgan har bir sòzingiz.
Tuģilgan kuningiz bugun dadajon,
Onam bilan birga òtkazing davron,
Suyangan toģimiz sizsiz dadajon,
Eng yaxshi dada ham sizsiz dadajon.
"Onajon"
(5 qiz va bir òģil farzandlarning onasiga òģli nomidan tabrik)
Do'stlaringiz bilan baham: |