Ishon bir kun seni topaman
Va bir umr sen-la qolaman.
Muhabbatim faqat sen uchun,
Izlaringni izlab kezdim tun-u kun,
Devona bo'ldim go'yoki Majnun,
Ishon bir kun seni topaman
Va bir umr sen-la qolaman.
Sen axir o'zgacha, o'xshashing yo'qdur,
Lablaring gulg'uncha, tishlaring durdur,
Mendagi yurak senga oshuftadur,
Ishon bir kun seni topaman ,
Va bir umr sen-la qolaman
"Bolaligim..."
Suvlar sepib hech ham to'ymagan,
Qumdan uylar yasab o'ynagan,
Vaqt o'tishin sira sezmagan,
Bolaligim, qaytmas endi bolaligim.
Har kun tunda bekinmachoq,
Zavqli o'tar edi har chog',
Yuraklarda qolgan bir cho'g',
Do'stlaringiz bilan baham: |