Bolaligim, qaytmas endi bolaligim.
Hovlimiz etagidagi gulzor,
Yashnar edi har yili bahor,
Tinmas bizning sho'xliklar zinhor,
Bolaligim, qaytmas endi bolaligim.
Yo'q edi qalbimizda g'ubor,
Ko'z yosh-u kulgular beg'ubor,
Eh, u paytlar kelmaydi takror,
Bolaligim, qaytmas endi bolaligim.
Mahallamiz boshida bog'cha,
Orttirgandik do'stlar qancha,
Rasm titdim, o'yladim ancha,
Bolaligim, qaytmas endi bolaligim.
O'zimiz bizlardik go'yoki podsho,
Yugurib yelardik tinmasdik aslo,
U paytlar o'zgacha tushundim ammo,
Bolaligim, qaytmas endi bolaligim.
"Armon soyasida..."
Ko'zilarida dardi yashirin,
Oshkor qilmas birovga sirin,
Do'stlaringiz bilan baham: |