Tanish-notanishga yaxshilik qilsa,
G'iybat-u yolģonga nafrati bòlsa,
Shunday oilani suyar qaldirģoch,
Baraka xayr-la kelar qaldirģoch.
Omonatga doim qilsa sadoqat,
Yetim-yesirlarga qilsa shafoat,
Allohdan oladi albat mukofot,
Shunday oilani suyar qaldirģoch,
Baraka xayr-la kelar qaldirģoch.
"Meni kutib..."
(Sevgiga sodiq bir qiz nomidan)
Olislarga men ketar bòlsam,
Goho yaxshi, goh yomon bòlsam,
Sizni bilmay baģringiz tilsam,
Sevgimizni asrolasizmi
Meni kutib yasholasizmi?
Uchrab qolsa boshqa gòzallar,
Rom etganda u shahlo kòzlar,
Aytar bòlsa bir shirin sòzlar,
Faqat meni deyolasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |