Soddadil qishloqning bu odamlari
Qòlidan sira ham tushmaydi ketmon,
Polizni yashnatar zòr bobodehqon,
Yozmi yoki qish, dalada har on,
Mehnatkash qishloqning bu odamlari.
Shirinsuxan shunday muloyim,
Boģida yashnar gullari doim,
Mehmonga eshigi ochiqdur doim,
Mehmondòst qishloqning bu odamlari.
Allohim rizqingiz ziyoda qilsin,
Mehnatingiz butun xalq bilsin,
Baxtdan porlab bu kòzlar kulsin,
Samimiy qishloqning bu odamlari.
Qòshnisin holini har kun biladi,
Mazali ovqatni baham kòradi,
Oqibat devorin saqlab turadi,
Mehribon qishloqning bu odamlari.
"Qaldirģoch"
Òzga yurtlardan kelishar uchib,
Dillarga solib òzgacha quvonch,
Do'stlaringiz bilan baham: |