Yengasizda òzbek yoshlari,
Vatan kelajagi yoruģ yuzlari.
Sport chiniqtirar har bir odamni,
Dunyo tanir hur òlkamizni,
Kòklarga kòtarib bayroģimizni,
Yengar albat òzbek yoshlari,
Vatan kelajagi yoruģ yuzlari.
"Meni yomon deganlar"
Meni yomon deganlar,
Farishtami òzlari
Dilim oģritdi yomon,
Aytgan bòxton sòzlari.
Kulib turib yonimda,
Ortdan ģiybat qildingiz
Kòzimda yoshni kòrib,
Rosa xursand bòldingiz.
Tòqqiz yillik sinfdosh,
Bilmasmiding meni hech
Dilga otding oģir tosh
Unutilmas endi hech.
Tòģri men ham gunohkor,
Axir ojiz bandaman.
Beayb parvardigor,
Tavba qilib òtaman.
Meni yomon deganlar,
Farishtami òzlari
Dilim oģritdi yomon,
Aytgan bòxton sòzlari.
"Kitob"
Kitob-ilm, kitob-xazina,
Sir-asrorlar unda kòpgina.
Kitob-oftob, kitob-yoruģlik,
Òqimasdan òtkazmang yoshlik.
Kitob- eng yaqin dòst-u hamroh,
Illatlardan etar u ogoh.
Kitob-cheksiz bir osmon,
Unda òtmish yashaydi omon.
Kitob-tabib, kitob-shifodir,
Yozilgan sòz dardga da'vodir.
Kitob-kuydir, kitob-navodir,
Kòngil undan orom oladir.
Kitob-shodlik,kitob-quvonchdir,
Òz-òzoga bòlgan ishonchdir.
Kitob-sirdosh, kitob -omaddir
Inson òqib baxtga yetadir.
"Sevaman"
(Oshiq yigit tilidan iltimosga kòra yozdim)
Qora kòzli farishtam,
Ozoda-yu sarishtam,
Izhor aylay bugun man
Seni chindan sevaman,
Ishon baxtli qilaman.
Gulday yuzingda kulgu,
Ishon kòrmaysan qayģu,
Ushalsin barcha orzu,
Axir chindan sevaman
Ishon baxtli qilaman.
Sòzimda yòqdur yolģon,
Òylayman seni har on,
Sòzlaring dardga darmon,
Seni chindan sevaman
Ishon baxtli qilaman.
Oyni va'da qilmayman,
Òzga gòzal sevmayman,
Yana takror aytay man,
Seni chindan sevaman
Ishon baxtli qilaman.
"Baxtlilar diyori"
Senda yashar turfa xil millat,
Mehmondòstlik azaliy odat,
Seni maqtab òtaman har vaqt,
Baxtlilar diyori-hur Òzbekiston.
Tandagi jonim sengadur fido,
Sendan olislarda yurolmam aslo,
Kamlik qiladida nechundir havo,
Baxtlilar diyori-hur Òzbekiston.
Tòrt faslni etgan namoyon
Tabiating gòzaldur chunon,
Qalam tolmas,bitib hech doston,
Baxtlilar diyori-hur Òzbekiston.
Duogòy keksalar duoda doim,
Shirinsuxan onalar biram muloyim,
Ilk qadamim guvohi tuģilgan joyim,
Baxtlilar diyori-hur Òzbekiston.
Samarqand,Buxoro-qadim shaharlar,
Tarixdan sòylagan-azim shaharlar,
Kòzing quvnatadi gòzal shaharlar,
Baxtlilar diyori-hur Òzbekiston.
Toza, tiniq oqar soyingda suvlar,
Bòy taratib turar binafsha gullar,
Shòx-shodon sayrar tinchlikda qushlar,
Baxtlilar diyori-hur Òzbekiston.
Shukrona aytishdan charchamas odam,
Bir hovuch tuproģing dardlarga malham,
Dasturxon tòkindir bòlmas sira kam,
Do'stlaringiz bilan baham: |