Uy yoki ayvon peshtoqin quchib,
Òziga makon qurar qaldirģoch,
Baraka xayr-la kelar qaldirģoch.
Hovli supurilib, saranjom bòlsa,
Saharda turib ishlarin qilsa,
Allohning rizqini duo-la kutsa,
Shunday oilani suyar qaldirģoch,
Baraka xayr-la kelar qaldirģoch.
Ota-ona doim hurmatda tursa,
Ahil-inoq hamda ibratli bòlsa,
Baxtdan porlab yuz-u kòzlari kulsa,
Shunday oilani suyar qaldirģoch,
Baraka xayr-la kelar qaldirģoch.
Ichkilikni ular darrov sezishar,
Bunday uylardan uzoq yurishar,
Sudxòr-u qallobni yomon kòrishar,
Ezgu amallarni sezar qaldirģoch,
Baraka xayr-la kelar qaldirģoch.
Iymon-e'tiqodi mustahkam bòlsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |