Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji


Reja: 1. Sharq va Yevropa mamlakatlarida estetik qarashlar tarixi



Download 0,74 Mb.
bet2/8
Sana22.06.2017
Hajmi0,74 Mb.
#11165
1   2   3   4   5   6   7   8


Reja:

1. Sharq va Yevropa mamlakatlarida estetik qarashlar tarixi

2. Qadimgi dunyoning mumtoz nafosatshunosligi.
Yevropa Uyg’onish davrida estetik tafakkur kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining bevosita ta’siri ostida rivojlana boshladi. Taraqqiy etgan burjua insonparvarlik g’oyalari va san’at buyuk muvafiaqiyatlarga chiqib borgan sari estetik qarashlar va g’oyalar ham shu qadar tez sur’atlar bilan rivojlanib bordi.

Yevropa Uyg’onish davri estctikasining muhim xususiyati shundaki, uning mohiyati va mazmuni yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan va u badiiy amaliyot bilan chambarchas bog’lanib ketgan edi. Yevropa Uyg’onish davrida yashagan buyuk ijodkorlar Leonardo da Vinchi, Rafeel Santi, Mikelanjelo. A. Dyurer, M. Servanles, V. Shekspir va boshqalar estetik tafakkur rivojiga salmoqli hissa qo`shdilar. Ayniqsa, buyuk musavvir, iste’dodli muhandis, atoqli tabiatshunos olim Leonardo da Vinchi o`zining estetik qarashlarida o`ziga xos xususiyatlarini e’tiboridan qochirmaslikka da’vat etdi. San’atning o`ziga xos xususiyatlaridan biri - narsalarning o`ziga xos sifatlarini, ularning go`zalligini izlab topa bilish va ommalashtirishdir, deb ta’kidlaydi olim. Leonardo da Vinchi san’atga voqelikning in’ikosi sifatida qarab, bu in’ikos etish shunchaki bir urinish emas, balki qayta takrorlash jarayoni ekanligini uqtirib o`tadi.

Yevropa Uyg’onish davrining aks-sadosi tarzida klassitsizm estetikasi vujudga keldi. N. Bualoning «Nazm san’ati» risolasida klassitsizm estetikasining asosiy belgilari ifodalangan. Bu estetikaga xos aqida-qoidalar mohiyati shundan iborat ediki, ular zo`ravonlik xususiyatiga ega bo`lib, klassitsizm ishlab chiqqan aqida qoidalarga har qanday ijodkor bo`ysunishi shart bo`lgan, erkin ijodkor shaxsi “shaxsdan yuqori”, «davlat ibtidosi» bo`lgan mavhum narsaga bo`ysundirilgan edi. Ya’ni, estetik me’yor bilan uning burch vazifalari bir-biriga qarama-qaishi qo`yilgan edi.

Ғayritarixiy va tabaqaviy cheklanganlik ruhi bilan sug’orilgan klassitsizm estetikasi badiiy ijod bilan shug’ullanuvchilarni qoidalar bilan belgilab qo`yilgan qolipdan chiqmaslikka, oldindan tanlab qo`yilgan va mavhumlashtirilgan mavzu chegarasidan o`tmaslikka mahkum etib qo`ydi va bu bilan estetik tafakkur tarixida ma’lum darajada salbiy ahamiyat kasb etdi. Shunga qaramay, klassitsizm san’atkorlari Jan Rasin, Jer Kernel va boshqalar dramaturgiyada mumtoz asarlar yaratdilar.

Biz bilamizki, o`tmishda estetik qarashlar, g’oyalar, fikr-mulohazalar, ta’limot va nazariyalar falsafa fani bag’rida paydo bo`ldi. Ayni paytda falsafiy ta’limotlardagi xilma-xil yo`nalishlar estetik qarashlarning ham turli ko`rinishi va yo`nalishlariga kuchli ta’sir o`tkazib keldi.

Nafosat mohiyati, estetik ong va estetik faoliyat tabiati, san’atning voqelikka munosabati masalalarida turlicha qarashlar paydo bo`ldi.

Estetik g’oyalar dastavval qadimgi Sharq o`lkalarida, jumladan, Misr, Mesopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon mamlakatlarida vujudga keldi.

Qadimgi Sharq mamlakatlarining xalqlari bizga meros qilib qoldirgan yozuvlar (Finikiya alifbosi, Urxun-Enasoy bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari, Misrda fir’avn Tutanhamon maqbarasidan topilgan osori-atiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro 1 tasviri solingan oltin buyumlari va boshqalar) qimmatli va bebahodir. Afsuski, mazkur boy estetik meros hozirgacha deyarli o`rganilmagan va ilmiy jihatdan sharhab berilmagan.

Qadimgi Yunoniston ziyolilaridan Gerodot Sharq mamlakatlarining ko`plarida bo`lib ular haqida o`z tarixiy asarlarida bayon qilgan. Qadimgi Sharq estetik qarashlarini o`rganib, ularni umumlashtirib, nazariy jihatdan yanada boyitish xalqlar tarixida muhim ahamiyatga ega. Boshqa hayot jabhalarida bo`lganidek, estetik qarashlar tarixida ham qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida Yevropa mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topganligi sir emas.

Qadimgi Yunon san’atkoriari va faylasuflari qadimgi Sharq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik g’oyalar va fikr-mulohazalarni ishlab chiqdilar. Shu-asos tartibga solingan estetik maktablar hamda oqimlarga zamin bo`lib xizmat qildi.

Qadimgi yunon estetik ta’limotining ibtidosi mashhur matematik olim va faylasuf Pifagor (eramizdan avvalgi VI-V asrlar) yunon shoiri Homer (eramizdan avvalgi XII-XI asr) «lliada» va «Odisseya» dostonlarida, Aristofen (eramizdan avvalgi 446—385-yillar). Arxilox, Gesiod (eramizdan avvalgi XII asr) ning poyemalarida, Sofokl (eramizdan avvalgi 497-406-yillar), Isxil (eramizdan avvalgi 525-456-yillar tragediyalarida, Aflotunning “Dialoglar”ida, Arcstotelning «Poyetika», «Ritorika» asarlarida insoniy go`zallik, hayot nafosati, ulug’vorlik, olijanoblik ulug’langan.

Yunon olimi Demokrit (eramizdan avvalgi 460—370-yillar) birinchi bo`lib san’atning kelib chiqishini tushuntirishga harakat qilgan. U poyeziya, san’atga oid asarlar yozadi. U san’at tabiatga taqlid asosida shakllangan degan fikrni o`rtaga tashlaydi.

Qadimgi yunon mumtoz falsafasi haqida gap ketganda ko`pgina adabiyotlarda uni go`yo Yunonistonda o`z-o`zidan paydo bo`lib qolgan aqliy yuksaklik, ya’ni yunonlarning (ovro`paliklarning) boshqa irqlarga nisbatan buyukligida dalolat beruvchi hodisa sifatida talqin etiladi. Lekin, aslida qadimgi Yunoniston fani va madaniyati Eron, Vovilon, qadimgi Misr va qadimgi Hindiston singari Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlardan foydalanib, shu darajaga ko`tarildi. Qadimgi Sharq yunonlar uchun ulkan maktab vazifasini o`tadi. Chunonchi, Fales, Pifagor, Demokrit, Geraklit, Suqrot, Aflotun singari allomalar ana shu maktab ta’limotidan bahramand bo`lib, buyuklikka erishganlar. Buning isbotini deyarli barcha qadimgi manbalarda, xususan, yunonlardan qolgan falsafiy, adabiy va tarixiy manbalarda ko`rish mumkin.

Suqrot (miloddan avvalgi 469-399-yillar). U jahon falsafasida birinchi bo`lib antropologik yondoshuvga asos slogan mutafakkir, ungacha falsafaga faqat kosmologik yondoshuv hukmron edi. U diqqatni kosmos-fazoga emas, balki insonga qaratdi, insonni amaliy xatti-harakati, axloqiyligi nuqtayi nazarida o`rganishga kirishdi. Suqrot axloqshunoslik va estetikaning, axloq va go`zallikning uzviy aloqasini ta’kidlab ko`rsatadi. Uning ideali-ma’nan va jisman go`zal inson. U insonni san’atning asosiy ob’ekti sifatida olib qaraydi, san’atning estetika va axloqiy me’zonlari masalasini o`rtaga tashlaydi hamda shular orqali ijodiy jarayonni ochib berishga urinadi.

San’at, Suqrotning fikriga ko`ra, taqlid orqali hayotni in’ikos ettirishdir. Lekin bundy taqlid aslo nusxa ko`chirish emas. Haykaltarosh Pirrasiy bilan suhbati mutafakkir, san’atkor insonni, voqelikni umumlashtirish orqali qaytadan jonlantiradi. Haykal ham, ya’ni, tosh ham, boshqa san’at turlaridagi kabi “qalbning holatini, insonning ruhiy-ma’naviy qiyofasini aks ettirishi kerak. Axloqiy ideallargina in’ikos etilishga loyiq.



Aflotun (milodgacha 427-347). Uning estetika borasidagi fikr-mulohazalari asosan “Ion”, “Fedr”, “Bazm”, “Qonunlar”, “Davlat”singari asarlarida o`z ifodasini topgan.

Aflotunning fikriga ko`ra, asl go`zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo`lmaydi, u g’oyalar olamiga taalluqli. Davlat asarida faylasuf Suqrot va Glaukon suhbati asnosida g’or haqidagi mashhur masal-afsonani keltirar ekan, bizga ko`rinib turgan, biz yashayotgan dunyo bor-yo`g’i soyalar o`yini, haqiqiy dunyoni ko`rish uchun esa inson ojizlik qiladi. Inson g’or devoriga kishandband qilingan tutqunga o`xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning soyasini kuzata oladi xolos, haqiqiy borliq esa ana shu soya ortida ko`rinmay qolaveradi. Go`zallik ham haqiqiy borliqqa taalluqli. Unga hissiyotlar yordamida yetishish mumkin emas, faqat aql orqaligina uni anglash mumkin; u-o`zgarmas, zamon va makondan tashqarida. Bu o`rinda Aflotunning haqiqiy go`zallik sifatida Xudoni nazarda tutayotganini ilg’ash qiyin emas.

Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, Aflotun, san’atkorni o`ziga xos nusxa ko`chiruvchi sifatida talqin etadi; u his etiladigan narsalar olamini aks ettiradi, bu olam esa o`z navbatida, g’oyalarning namunalaridir. Demak, san’at asari –nusxadan olingan nusxa, taqlidga taqlid, soyaning soyasi. Shu bois in’ikosning in’ikosi sifatida san’at birinchidan, bilish quroli bo`la olmaydi, aksincha, u aldamchi ro`yo asl olamning mohiyatiga yetib borish yo`lidagi to`siqdir. Ikkinchidan, u axloqqa nisbatan betaraf turadi, hatto axloqning buzilishiga ham sabab bo`lishi mumkin. Uchinchidan, tomoshabinni ma’naviy yuksaklikka emas, balki ruhiy kasallikka olib keladi. Chunki u his etilguvchi narsalar olamini turli vositalar orqali in’ikos ettirar ekan, ko`p hollarda go`zallikka taalluqli bo`lmagan, xunuklik, sharmandalik va behayolikni ham tasvirlaydi. Shu sababli ideal davlatdan san’atning o`rin olishi shart emas. Lekin ma’budlarga alqovlar, mardlik, vatanparvarlik tuyg’ularini uyg’otadigan qo`shiqlar bundan mustasno.

Aflotun ilhomning ikki xilini keltiradi, biri, - «tartibga soluvch» , ikkinchisi – «lazzat beruvchi». Birinchisi odamlarning «yaxshilanishiga» xizmat qilsa, ikkinchisi- «yomonlashtiriladi». Xo`sh, shuning uchun nima qilish kerak? Faylasuf o`ziga xos senzurani taklif etadi; yoshi ellikdan oshgan odamlar orasidan maxsus «baholovchi» kishilarni belgilash lozim, ular davlat miqyosida badiiy ijodni va shu asosidagi estetik tarbiyani nazorat qilishni doimiy amalga oshirib turadilar. Ideal davlatda kulgilikka doir asarlarni (komediyalarni) sahnalashtirish mumkin, faqat ularda rollarni muhojirlar va qullar o`ynashi kerak bo`ladi. Fojiani esa qat’iy senzura asosidagina sahnalashtirishga ruxsat beriladi.

Aflotun san’atning asl manbaini bilimda emas, ilhomda deb hisoblaydi. Uning nazdida shoir «faqat ilhomlangan va jazavaga tushgan paytida, es- hushi yo`qolgan paytda she’r yozadi, toki es-hushi joyida ekan, u ijod va karomat qobiliyatidan mahrum. U o`zi anglamagan holda telbavor, savdoyi bir holatda ijod qiladi. Shu bois haqiqiy ijodkor uchun san’at qonun-qoidalarini bilishning o`zigina yetarli emas san’atkor bo`lib tug’lish lozim.

Arastu (milodgacha 384-322). Uning asosan “Xitoba” (“Ritorika”), “Siyosat”, ayniqsa “She’riyat san’ati” (“Poyetika”) asarlarida estetika muammolari o`rtaga tashlangan.

Arastu go`zallik masalasini o`z tadqiqotlari markaziga qo`yadi. U go`zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko`radi. Go`zallikning nisbatan yuksak ifodasi esa, tirik jonzotlarda, ayniqsa insonda namoyon bo`ladi. Go`zallikning yana bir belgisi, Arastu fikriga ko`ra, miqdorning cheklanganligi. “Jonsiz narsalar kabi jonli mavjudotlar ham hajman oson ilg’ab olinadigan bo`lishlari kerak”, deydi faylasuf. Go`zallikning eng muhim belgisini esa, Arastu uzviy yaxlitlik deb ataydi. Arastugacha go`zallik va ezgulik aynanlashtirilar edi. Arastu esa birinchi bo`lib ularni farqlaydi; ezgulik faqat harakat orqali, go`zallik harakatsiz ham voqe bo`ladi, degan fikrni o`rtaga tashlaydi.

Arastuning san’at haqidagi fikrlari ustozi Aflotun qarashlaridan jiddiy farq qiladi. Uning fikriga ko`ra, san’at asari, tabiat san’ati singari shakl va material (modda) birligidan iborat. San’atkor ongida Olamiy Aqlda mavjud narsalardan boshqa biror narsaning mavjud bo`lishi mumkin emas. Zero, tabiat va inson faoliyatining manbai Olamiy Aqldagi g’oyalar yig’indisidir. Ular yo “tabiatdagi” jarayon, yoki “san’at” orqali o`zligini namoyon qiladi. San’at tabiat o`z maqsadini amalga oshiradigan shakllardan biri, xolos lekin eng etik, mukammal shakli. San’at tabiat oxiriga etkaza olmagan narsani oxiriga yetkazadi.

San’at tabiatga taqlid qiladi deganida, Arastu, san’at tabiatning faoliyat usulini in’ikos ettirishini nazarda tutadi. San’at ana shu taqlid natijasida tabiatga o`xshab organizm yaratadi. Mazkur organizm yaratgan san’atkor faoliyat san’at qonun-qoidalariga bo`yso`nadi, u haqiqiy aql-idrokka e’tiqod qiluvchi “ijodiy odatdir”.

Ma’lumki, Pifagor birinchi bo`lib “forig’lanish” - “katarsis” tushunchasini mohiyatan diniy ma’noda qo`llagan edi. Arastu esa uni san’atga nisbatan ishlatdi. Forig’lanish, Arastu talqiniga ko`ra, san’at o`z oldiga qo`ygan maqsad, xususan fojiya (tragediya) ning maqsadi. U mohiyatan qo`rquv yoki achinish tufayli inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig’lantiradi. Natijada inson, bir tomondan, taqdir ko`rgiliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tushganlarga o`zida hamdardlik hissini tuyadi. Ya’ni, san’at insonni olijanob qilish, yaxshilash, go`zallashtirish xususiyatiga ega. Masalan, sizdan oshnangiz tez kunda qaytib beraman, deb pul qarz oldi-yu, lekin bir oy bo`lsa ham pulni qaytargani yo`q siz g’azabdasiz. Oshnangizni bir boplab sharmanda qilish niyatida yuribsiz.Shu orada teatrga tushdingiz. “Qirol Lir” spektakli ketayotgan ekan. Lirning fojiasi, otasini joni-dilidan sevgan Kordeliyaning fojiasi - bo`g’ib o`dirilgan go`zal qiz, egilgan, lekin sinmagan haqiqat, adolat sizni larzaga soladi. Sizda pokizalik, halollik, xulqiy go`zallik timsoli bo`lmish bu odamlar qismatida achinish, ularga hamdardlik hissi uyg’onadi, odatiy turmushning ikir-chikirlari, tashvishlari sizga sahnadagi buyuk insonlar jasorati va fojiasi oldida juda mayda ko`rinadi; qarz olgan oshnangiz haqidagi o`ylaringiz e’tiborsiz bir narsa bo`lib tuyuladi, kechagi xayollaringizdan o`zingiz uyalasiz. Arastu aytgan “forig’lanish” - “katarsis” mana shu. San’at t ana shu forig’lanish vositasida insonni tarbiyalaydi. Forig’lanishning estetik mohiyati ana shunda.

Shunday qilib, antik davr estetikasining yuksak nuqtasi sifatida Arastu ijodi hanuzgacha kishilik tafakkurida o`z ahamiyatini yo`qotgan emas.





3-mavzu:

O`rta asrlar mutafakkirlarining estetik qarashlari.


Reja:

  1. O`rta asrlar Musulmon Sharqi estetikasi.

2. O`rta asrlar Budda mutafakkirlarining estetik qarashlari.
O`rta asrlar Musulmon Sharqi estetikasi.
Antik dunyo mumtoz estetikasi yo`nalishlari va g’oyalarini O`rta asrlar Musulmon Sharqi mutafakkirlari davom ettirdilar. Ular qadimgi Yunon faylasuflari va olimlari asarlarini sharhladilar, tanqidiy o`rgandilar, tarjima qildilar. Arastuni esa ular “Birinchi muallim” deb atadilar.

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O`zluq ibn Tarxon Forobiy (873-950). Arastudan keyingi ustoz “Muallimi soniy”-“Ikkinchi muallim” nomini olgan buyuk faylasuf. Uning qarashlarida ezgulik bilan go`zallik ma’lum ma’noda aynanlashtiradi,biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etadi. Shuning uchun uning asarlari “Go`zal xatti-harakatlar”, “Go`zal qilmishlar” degan iboralarni uchratish mumkin. Go`zallikka yetishishni u falsafa tufayli ro`y beradi, deb hisoblaydi. Har bir narsa hodisaning go`zalligi uning o`z borlig’ini to`la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog’liq. Alloma faylasuf insonda ikki xil go`zallikni farqlaydi ichki va tashqi. U ichki go`zallikni yuqori qo`yadi va bu “Boyning boyligini bezab, kambag’alning kambag’alligini yashiradigan ”go`zallikni“ adab”deb ataydi. Bunday go`zallik yuksak axloqiy xatti-harakatlar va insoniy komillikda o`zini namoyon etadi. Tashqi go`zallikka kelganda, faylasuf tabiiy go`zallikni har qanday bezanish, yasanishlardan yuqori qo`yadi.

Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Ғazzoliy (1058-1111), O`rta asrlar musulmon Sharqi nafosatshunosligida mashshoiyyo`nlik yo`nalishi bilan birga tasavvufiy yo`nalish ham vujudga keldi. Uning buyuk vakili tasavvuf falsafasi asoschisi tengi kam ilohiyotchi Imom Ғzzoliydir. Uning “Ihlo ulum ad din” (“Din haqidagi ilmlarning tirilishi”) va “Kimyoi saodat” asarlarida estetikaga keng o`rin berilgan.

Ғazzoliy zohiriy va botiniy go`zallik xususida fikr yuritar ekan, tug’ma nafosat tuyg’usining mavjudligi haqidagi g’oyani go`daklar va hayvonlarning ham nafosat tuyg’usiga egaligi bilan isbotlashga intiladi. Go`zallikni idrok etish tuyg’usining tug’maligi, tabiiyligi va uni anglab yetish orqali his qilish borasida hozir ham bahsli qarashlarning mavjudligi Ғazzoliy o`rtaga tashlagan estetika muammolari hanuz dolzarb ekanini tasdiqlaydi.

XIII asrga kelib, Markaziy Osiyo mintaqasi hamma sohada yuksaklikka erishgan edi. Afsuski, mug’ul bosqini Turkiston, Movoraunnahr, Rum, Xuroson singari gullab-yashnab turgan o`lkalarni vayron qildi. Ilm-fan, madaniyat tanazulga yuz burdi, ne-ne shaharlar yer yuzidan izsiz yo`qoldi, musulmon Sharqi zulmat ichida qoldi. Faqat tarix sahnasiga Amir Temur chiqqanidan keyingina Uyg’onish boshlandi. Sohibqiron bobomiz yurtidan oqilona siyosat butun mintaqa ma’naviy yuksalishga olib keldi. Shu bois Temur va temuriylar davri ilm-fan va san’atning oltin davri hisoblanadi. Bu davr nafosatshunosligida buyuk o`zbek shoiri Alisher Navoiyning o`rni o`ziga xos.

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) Alloma o`z asarlarida ichki va tashqi go`zallik g’oyasini ilgari suradi. Allomaning ”Hamsa” sidagi bosh qahramonlar ana shunday komil go`zallik egalari. Umuman, Navoiy ham, boshqa ko`pgina Sharq mutafakkirlari kabi insoniy go`zallikni ichki go`zallikda, xulqiy go`zallikda ko`radi.

Navoiy so`zga alohida e’tibor beradi, uni ko`ngil qutisi ichidagi gavhar deb ataydi, hatto falak jismining joni deydi:

Ko`ngul durji ichra so`zdurur,

Bashar gulshanida samar so`zdurur.


Erur so`z falak jismining joni ham,

Bu zulmotning obi hayvoni ham.

“Majolis un-nafolis”, “Me’zon ul-avzon” asarlarida Navoiy ana shu mohiyatan muqaddas bo`lgan so`zdan foydalanish san’ati haqida fikr yuritadi. “Me’zon ul-avzon” aruz nazariyasi sifatida diqqatga sazovor bo`lsa, “Me’zon ul-avzon” tengi kam tazkira sifatida estetikaga aloqadordir. Ayni paytda, tazkirada din, shakl va mazmun singari estetika muammolari ham o`z aksini topgan. Chunonchi, tazkiraning temuriy shahzoda shoirlarga bag’ishlangan yettinchi majlisida Amir Temur didi haqida fikr yuritar ekan, shunday deydi: ”…agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqeda o`qubdurlarkim, aningdek bir bayt o`qug’onni ming yaxshi bayt aytgancha bor.” Bu parchadagi andak mubolag’adan qat’i nazar, Navoiy shoirona, estetik did tom ma’nodagi estetik idrok egasi bo`lishini, to`g’ri kelgan gapni vaznga solib, she’r deb taqdim etuvchi ba’zi nazmbozlardan yuqori qo`yganin fahmlab olish qiyin emas.

Buyuk Navoiyning fikriga ko`ra, badiiy asar faqat go`zallikni kuylashi bilangina cheklanishi kerak emas, balki o`zi ham shaklan go`zal bo`lishi lozim.

Lekin, shuni ham aytish kerakki, Temuriylar davri estetikasida nafosat ilmining Forobiy yoki Ғazzoliy darajasidagi nazariy yaxlitligi ko`zga tashlanmaydi. Bu davr nafosatshunosligining o`ziga xos xususiyati shunda ediki, unda har bir san’at turi alohida-alohida tadqiq etildi, risolalar ko`proq aruz nazariyasi va musiqa san’ati tahliliga bag’ishlanadi. Biroq, shunga qaramay, Temur va Temuriylar davri estetikasi keyingi davrlar uchun ma’lum ma’noda namuna bo`lib xizmat qiladi.
O`rta asrlar Budda mutafakkirlarining estetik qarashlari.
O`rta asrlar Budda Sharqi nafosatshunosligida Xitoy va Yaponiya mutafakkirlarining qarashlari diqqatga sazovor.

Van Vey (699-701-759-761). Xitoyda VI asrdan boshlab buddachilikning chan mazhabi keng yoyildi.Chan ( yaponchasi dzen) O`rta asrlar Xitoy san’atiga katta ta’sir ko`rsatdi. Chan – buddachilik san’atining dastlabki namoyandalaridan biri shoir, rassom va nafosatshunos Van Veydir. U va uning davrasi ijod jarayonini ziyolanishga, nurlanishga o`xshatadilar va san’atning vazifasini insonni poklash, forig’lash, qutqarishdan iborat deb biladilar.

Chan aql bilan mulohaza yuritishdan ko`ra, bir lahzalik nogahoniy nurafshonlikni, ratsional o`rganishdan ko`ra, mushohada va mediatsiyani ma’qul ko`radi. Chan - buddachilik nuqtayi nazaridan fikrni so`z bilan ifodalash mumkin emas, butun haqiqat esa ana shu haqiqat jarayonini o`zida mujassamlashgan. So`zdan ko`ra - sukunat, chizmadan ko`ra - oppoq bo`shliq, rang- baranglikdan ko`ra - qora tush muhim. “Rassom uchun oddiy tush hammasidan afzal, u tabiatni ochib beradi”, - deb boshlanadi, Van Veyning “Rangtasvir sirlari“ risolasi.



Tan Syanszu ( 1550-1616). O`rta asrlardagi Xitoyda teatr estetikasi alohida mavqega ega. Bu paytga kelib, teatrga professional yondashuv to`liq g’alaba qozongan edi. Mashhur dramaturg, nafosatshunos va adabiy tanqidchi Tan Syanszu o`zining adabiy ijod tamoyilini shunday ifodalaydi: “Har bir adabiy asarda to`rt unsur muhim. Bular: i ( goya, mazmun), syuy (qiziqtirish, o`ziga tortish), shen (ilohiylik, ilhom); se( rang, go`zallik). Mana shu to`rt hodisa tayyor bo`lganda latif so`zlar va chiroyli tovushlar topish mumkin bo`ladi. U teatrning ahamiyatini, uning nafosat tarbiyasidagi rolini alohida ta’kidlaydi. Uning obrazli fikrlashi bo`yicha teatrda ko`r yayragisi, kar eshitgisi, gung hayratdan xo`rsingisi, cho`loq o`rnidan turgisi keladi. Hissiyotdan mahrum kishining, hislari uyg’onadi, ovozsiz odam ovozini topadi, sukut hayqiriqqa , hayqiriq sukutga aylanadi. Pandavaqi - nazokat sohibi, to`pol - ma’naviyat egasi bo`lib qayta tug’iladi. Teatr, shuningdek, shoh bilan amaldorlar, ota bilan farzandlar orasida samimiy mehribonlikka yo`g’rilgan munosabat uyg’otadi.

Lyu Yuy (1611- 1679). Teatr san’atining forig’lantirish xususiyati haqida yana bir nafosatshunoslik teatr nazariyarchisi Lyu Yuy ajoyib fikrlar bildiradi. U o`zining “Bekorchining tasodifiy qaydlari” risolasida kulgililik mezoniy tushunchasiga o`ziga xos yondashadi. Uning nazdida kulgi kishidagi har qanday niqobni ochib tashlaydi, uni ich-ichidan qiynayotgan narsadan, salbiy ehtiroslar va ishga solinmagan quvvatning ortiqchligidan ozod qiladi. Inson kulishi barobarida o`zidagi kechmish bilan xo`shlashadi, yangilanadi va qalban yosharadi. Shu bois kulgi inson qalbi va jismining tabibi, fojiadagi forig’lanishiga nisbatan yoqimli hamda yengil forig’lanish, inson zoti hayotini davom ettirishning oson vositasi.



4-mavzu:

Yangi davr estetikasidagi asosiy oqimlar va yo`nalishlar.


Reja:

1. XVII-XIX asrlarda estetik taraqqiyot

2. Yangi davr estetikasidagi asosiy oqim va yo’nalishlar
XVII-XIX asrlarda estetik taraqqiyot
Bu davrda estetik tafakkur taraqqiyotida Darvesh Ali Changiyning «Risolai

musiqiy», Maleho Samarqandiyning «Muzakkir ul-asxob», Zayniddin Vosifiyning «Bado’e-ul-vaqoye’» asariari muhim ahamiyat kasb etdi.

Maleho Samaiqandiy «Muzakkir ul-asxob» asarida 160 dan ziyod ijodkorlar haqida yozib, o’sha davr madaniyati, turmush taizi, badiiy meros namunalari to’g’risida fikr-mulohazalarini bayon etgan. Maleho ushbu tazkirasiga «Maleho» (go’zallik) taxallusini tanlab, shoir va adiblar ijodiga alohida e’tibor beradi. Maleho Samarqandiy o’z davrida ko’z o’ngida sodir bo’lgan ijtimoiy adolatsizliklar, nojo’ya ishlarga nisbatan beferq qaray olmagan. Shuning uchun o’z davri tartiblariga tanqidiy munosabatda bo’igan, chunonchi, Subxonqulixon hukmronligi vaqtidan poraxo’rlik, o’zboshimchalik, yovuzliklarni mana bunday tasvirlagan: «Subxonquli taxtga o’tirishi bilan amaldorlarning yovuzliglga erklnlik berib qo’ydl: odamlar izzat-hurmatga va katta mansabga ershish uchun xonning amirlari va yaqinlariga pora tarzida pul beradlar. Poraxo’rlik shu darajaga borib yetdiki, ba’zi odamlar pora berish uchun qarz ko’tarib amalga etishdilar. Lekin ularning amaldorligi uzoqqa yetmadi, chunki boshqa bir odam yana pora berib, o’sha mansabni sotib oldi va mansabdan tushgan amaldor umr bo’yi qarzdorlik tutqunligiga tushib qoldi».

Maleho faqat ko’zga ko’ringan Sayido Nasafiy yoki yoshi anchaga borib qolgan Hoja Same’ Saodat, Muhammadamin Sarafroz Samarqandiy, Lutfullo Shokir kabilar haqidagina emas, shuning bilan birga endigina ko’zga ko’rina boshlagan, imkoniyatu hamkati bo’lsa katta shuhratlarga sazovor bo’lishi mumkin bo’igan yoshlar to’g’risida ham o’z bashoratini bildira olgan. Chunonchi, Abdulla Mulham Buxoriy haqida u mana bunday deb yozgan:

“Mulham — oti Abdullodir. U ham buxorolik bo’lib, yoshdir. Maydonga endi kirib kelayotir. Uning kelajagi borligi ko’rini, turibdi”.

Xullas, Movarounnahr va Xuroson Uyg’onish davri mutafakkirlari san’atning voqelikka munosabati muammolariga asosiy e’tibor qaratgan bo’lsalar, XV—XVII asrlarda yaratilgan risoialarda, tazkiralarda ijod amaliyotidan kelib chiqqan holda fikr-mulohazalar bayon qildilar. Demak, bu o’rinda estelika nazariyasi bilan uning amaliy masalalari o’zaro bog’lanib kelganini ta’kidlash lozim bo’ladi.

Shuningdek, bu davrda Nodira; Turdi, Maxmur, Gulxaiiiy, Shermuhammad Munis, Ogohiy kabi bir qalor zabardast nafosat namoyandalari yashab, ijod etdilar. Ozbekistonda ilg’or estetik g’oya namoyandalari H. H. Niyoziy, Abdulla Avloniy, Behbudiy, Fitrat kabilar ozbek adabiyoti, teatri, san’ati sohalarida chuqur, sermazmun ijod qildilar. Abdurauf Fitrat «O’zbek musiqasi va uning tarixi» asarida qadimda xonaqohlarda aytiladigan «Naqshi Mullo» kuyi Abdurahmon Joiniy asari, Shashmaqomdagi «Qari navo» kuyi esa Alisher Navoiy asari ekanini eslatib o’tadi. Shuningdek, u o’zining 1913-yilda yozgan «Hind sayyohi» asarida me’moriy obidalarning achinarli ahvolda ekanligini kuyinib tasvirlaydi. O’rta Osiyoda juda ko’p ilg’or estctik tafakkur namoyandalari yashab ijod etdilar. Ularning noyob asarlari hanuzgacha xalq ommasini tarbiyalash ishiga oz hissasini qo’shmoqda. O’rta asrlarda musulmon san’atining nazariy va amaliy tajribalarini umumlashtirib, Yevropa Uyg’onish davri mutafakkir va san’atkorlari puxta o’zlashtirdilar. Bu qarashlar yangicha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shakllanayotgan vaqtlarda ham Yevropa hududlari doirasida rivojlanib, yoyilib boraverdi. Bunga asosiy sabab, Sharq san’atkorlari g’arblik kasbdoshlaridan ancha oldin san’atning ilohiy va dunyoviy mazmunini qaror toptirishga muvofiq bo’igan edilar.

O’rta Osiyo xalqlari san’atining taraqqiyparvarligi va estetik jihatdan ahamiyatliligi xuddi ana shu tamoyillari bilan izohlanadi.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish