Mundarija: Kirish I. Byudjet daromadlarining zarurligi va ularni shakllantirish


Byudjet daromadlarini rejalashtirish bosqichlari



Download 236,25 Kb.
bet6/14
Sana17.09.2021
Hajmi236,25 Kb.
#176404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi Byudjet daromadlarini shakllantirishda to'gri soliqlarning salmo'gi

3-rasm


Byudjet daromadlarini rejalashtirish bosqichlari











  1. bosqichda byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun zarur ma’lumotlar yig’iladi. Bunda ma’lumotlar tegishli manbalardan (masalan, statistika idoralari,

turli vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish korxonalari va h.k.) iqtisodiy-statistik ko’rsatkichlar (korxona va tashkilotlarning foydasi, savdo korxonalarining tovar aylanmasi, inflyatsiya darajasi, aholi real daromadlarining o’sish sur’atlari va boshqalar) olinadi.

  1. bosqichda esa yig’ilgan ma’lumotlar rejalashtirish modelini tuzish uchun qayta ishlanadi. Masalan, ayrim ko’rsatkich dinamikasida real o’sishni aniqlash uchun haqiqiy ma’lumotlarni solishtirma narxlarga aylantirish talab qilinadi yoxud ko’plab ma’lumotlarni tahlil qilgan holda o’rtacha ko’rsatkichlar hisoblanishi mumkin.

Shuningdek, bu bosqichda ma’lumotlarning to’g’riligi va o’zaro muvofiqligi o’rganib chiqiladi. Albatta, bu barcha olingan ma’lumotlarni qayta tekshirib chiqish degani emas, balki ma’lumotlar o’rtasida nomutanosibliklarni yoki mantiqiy jihatdan shubha tug’diruvchi axborotlarni qayta ko’rib chiqishdan iborat. Zarur hollarda, haqiqiy ma’lumotlar o’rniga shartli ma’lumotlar foydalanilishi mumkin.

  1. bosqichda byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun model (balki bir nechta) tuziladi va bu tuzilgan model(lar) mavjud usullar orqali baholab ko’riladi.

  2. bosqichda tuzilgan model yordamida kelgusi davr uchun reja ko’rsatkichlari hisoblab chiqiladi.

  3. bosqichda esa hisoblangan reja ko’rsatkichlari baholanadi. Bunda reja ko’rsatkichlari o’tgan yildagi haqiqiy ko’rsatkichlar bilan o’zaro solishtirib ko’riladi, zarur hollarda esa, qo’shimcha tahlillar o’tkaziladi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, o’nlab daromad turlarini (soliq va yig’imlar) hududlar kesimida va har xil davrlar uchun (yillik, choraklik, oylik) ko’rsatib o’tilgan bosqichlarda rejalashtirish o’ziga xos murakkab va ko’plab omillar va hisob-kitoblarni talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Shuningdek, har bir bosqichda amalga oshirilgan hisob-kitob va xulosalar sifati keyingi bosqich natijalari uchun hal qiluvchi omil ekanligi sababli, byudjet daromadlarini to’g’ri va sifatli rejalashtirish uchun bu jarayonning har bir qadamiga mas’uliyat bilan yondashish talab qilinadi.Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonining bir elementi bo’lib, bunda ishchi va xizmatchilar ish haqi, tadbirkorlik foydasi, yer egalari rentasi, yollanma ishchilar daromadlari, tadbirkorlar va pul qo’yuvchilarning protsentlarini bir qismini soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va zaymlar ko’rinishida jamlash orqali shakllanadi.

Mamlkatimizda barcha sohalarda islohotlar davom ettirilayotgan bu davrda moliya tizimida, xususan byudjet tizimida ham yangiliklarni amaliyotga joriy etilishi kuzatilmoqdaki, 2013 yil 27 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi fikrimizning yaqqol dalilidir. Ushbu kodeks 2014- 2015 yillar uchun eksperement tariqasida amal qilinishi belgilangan bo’lib, byudjetni tuzish, ijro etish, byudjetni boshqarish borasidagi organlarning vazifalari va boshqa byudjetga oid masalalarni yanada takomillashtirish maqsadida “O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi to’g’risida”gi qonunining o’rniga qabul qilindi.

Ushbu kodeksga muvofiq byudjet tizimi bir necha prinsiplarga asoslanadi va ulardan bittasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipi bo’lib, bunda byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi

Byudjetni rejalashtirish sohasida davlat organlarining vakolatlari turlicha belgilangan bo’lib, ularga qisqacha to’xtalamiz.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byudjetnoma loyihasini, shuningdek Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida hisobotni ko’rib chiqish uchun taqdim etadi.

Hududiy moliya organlari Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga ko’rib chiqish uchun kiritadi.

Byudjetdaromadlarini rejalashtirish byudjet tasnifiga muvofiq amalga oshiriladi. Byudjet Kodeksining 3 bobida Byudjet tasnifiga quyidagicha ta’riy berilgan: “Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo’lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi”.

Byudjet tasnifini xalqaro andozalarga mos kelishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 20 avgustdagi 65-son buyrug’i bilan “Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma” ishlab chiqildi.

Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.

Byudjet tasnifi o’z ichiga quyidagilarni oladi:




    • byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;

    • byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini;

    • Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifini.

Yigirma bir koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli ko’rinishga ega:

  • byudjet tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi;

  • daromadlarning turlari;

  • hududiy tasnif.

3 500 000 "Aktiv va majburiyatlarga tranzaktsiyalar bo’yicha tushumlar".

Paragraf soliq yoki boshqa turdagi daromadlarni soliqqa tortish bazasi bo’yicha daromadlarning guruhlanishini bildiradi.

"Soliqlar" (3 100 000) quyidagi paragraflarni o’z ichiga oladi:

3 110 000 "Daromad, foyda va kapital o’sishiga soliqlar";

3 130 000 "Mol-mulkka solinadigan soliq";

3 140 000 "Tovarlar va xizmatlarga soliqlar";

3 150 000 "Xalqaro savdo va operatsiyalarga soliqlar";

3 160 000 "Boshqa soliqlar";

"Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar/badallar" (3 200 000) 3 210 000 "Ijtimoiy ta’minotga ajratmalar/badallar" paragrafini o’z ichiga oladi.
"Grantlar" (3 300 000) quyidagi paragraflarni o’z ichiga oladi:

3 310 000 "Xorijiy davlatlar hukumatlaridan";

3 320 000 "Xalqaro tashkilotlardan";

3 330 000 "Davlat boshqaruvi sektorining boshqa birliklaridan".

"Boshqa daromadlar" (3 400 000) quyidagi paragraflarni o’z ichiga oladi: 3 410 000 "Mol-mulkdan daromadlar";

3 420 000 "Tovarlar va xizmatlar sotilishi";

3 430 000 "Jarimalar, penyalar va neustoykalar";

3 440 000 "Ixtiyoriy transfertlar, grantlar bundan mustasno";

3 450 000 "Aniqlab bo’lmaydigan va boshqa daromadlar".

"Aktiv va majburiyatlarga tranzaktsiyalar bo’yicha tushumlar" (3 500 000) quyidagi paragraflarni o’z ichiga oladi:

3 510 000 "Tranzaktsiyalardan aktivlarga tushadigan tushumlar";

3 520 000 "Majburiyatlarga tranzaktsiyalar bo’yicha tushumlar".

Tegishli byudjetning daromadlar ijrosi to’g’risidagi hisobotlar daromadlar tasnifining mumkin bo’lgan barcha elementlarini qo’llagan holda shakllantiriladi.

Byudjet tizimi byudjetlari bo’yicha tushumlarning taqsimlanishi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Tashkiliy tasnif (14 - 16 kodlar) kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga , ya’ni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va shu kabilarga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha yuqori byudjetning quyi byudjet oldidagi va aksincha majburiyatining qaytarilishi hisobiga quyi byudjetlarga dotatsiya, subventsiya, byudjet ssudalari va mablag’lari kelib tushganda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga biriktirilgan koddan foydalaniladi.

Hududiy tasnif (17 - 21 kodlar) kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o’tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy- hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi.

Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda byudjet kodeksining ahamiyati katta bo’lib, unning 9 bobi “Davlat byudjeti daromadlari” deb nomlanadi. Unga ko’ra davlat byudjeti daromadlari:



  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;

  • davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;

  • meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;

  • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

  • rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

Byudjet kodeksiga asosan O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari quyidagilar hisoblanadi:

  1. umumdavlat soliqlari, shu jumladan:

    • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;

    • yagona soliq to’lovi;

    • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

    • qo’shilgan qiymat solig’i;

    • aksiz solig’i;

    • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

  2. bojxona bojlari;

  3. qo’shimcha foyda solig’i;

  4. mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;

  5. boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

  1. boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo’yicha davlat ixtiyoriga o’tgan mol-mulkni, huquq bo’yicha davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.

Mamlakatimizda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi orqali tartibga solinadi. Soliq kodeksi dastlab 1997 yilda qabul qiligan bo’lib, yillar mobaynida soliq tizimining takomillashuvi natijasida bir qator o’zgartirishlar kiritib borilgan va natijada 2007 yilga kelib yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilindi.

Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjat quyidagi hollarda ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi, agar hujjat:



  1. Soliq kodeksiga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo’lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo’lsa yoki normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo’lsa;

  2. soliq munosabatlari sub’ektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa, soliq munosabatlari sub’ektlarining ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarining mazmunini, ular harakatlarining asoslari, shartlari, ketma- ketligi yoki tartibini o’zgartirsa;

  3. Soliq kodeksi bilan taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo’l

qo’ysa;

  1. Soliq kodeksi belgilangan tushunchalar mazmunini o’zgartirgan yoki bu

tushunchalar ushbu Kodeksda qo’llanilganidan boshqacha ma’noda qo’llanilgan bo’lsa.



    1. Download 236,25 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish