Mundarija: Kirish I. Byudjet daromadlarining zarurligi va ularni shakllantirish


O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi



Download 236,25 Kb.
bet4/14
Sana17.09.2021
Hajmi236,25 Kb.
#176404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi Byudjet daromadlarini shakllantirishda to'gri soliqlarning salmo'gi



O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi16







Toshkent shahri tarkibidagi tumanlar byudjeti

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.

Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.

Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.

Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish (shakllantirish) va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga Davlat byudjeti deyiladi.

Davlat byudjeti ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromadning bir qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalari, jumladan iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va mudofaaning rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan taqsimlash vositasidir.

Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsada, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.

Turli ma’muriy-hududiy byudjetlarning ko’pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga bo’ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi.

Bir vaqtning o’zida byudjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o’zlarining byudjet mablag’lariga ega bo’lib, bu borada ular o’zlariga tegishli bo’lgan byudjet huquqlaridan foydalanadilar.

Davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda yana taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qo’shilib ketishi sodir bo’ladi.

Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu uch bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu narsa ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi.

Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan pul mablag’larining bir qismini davlatning qo’lida jamlash sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlari-ning xarakterli xususiyati shundan iboratki, byudjetga tushuvchi mablag’lar alohidalashgan bo’lib, hali ular qat’iy aniq cheklanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga – yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi.

Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’psonli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini bo’lishning murakkab taqsimlanish jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo’linmalardan ajralgan ichki byudjet jarayonidek ko’rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha sub’ektlarning manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. bo’linmalarining barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o’z mablag’larini berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi.

Uchinchi bosqichda byudjet fondlari hududlar va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik hollarda, bir mulkchilik shakli doirasida byudjet mablag’larini qaytarilmaslik tarzida berish sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetli taqsimlash jarayonining oxirgi bosqichida byudjet mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi.

O’zbekiston respublikasi byudjet tizimining o’ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy muassasalar byudjetni boshqarish tizimining yagona moliya organi sharoitida amal qiladi.

Har qaysi byudjetning bo’ginlari o’ziga xos daromad vakolati va xarajat majburiyatlariga ega bo’lib ular bir butun davlat byudjeti vazifalarini bajarishga asoslanadi.

Byudjet daromadlarini rejalashtirishni nazariy jihatdan iqtisodiy modellashtirish deb atash mumkin. Taniqli iqtisodchi olim N.G. Menkyu tomonidan tayyorlangan iqtisodiy modelning umumiy ko’rinishi asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan 2-rasm orqali byudjet daromadlarini rejalashtirish modelining umumiy ko’rinishini kuzatishimiz mumkin.



Download 236,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish