5
Ko’pchilik olimlar tibbiyot geografiyasini mustaqil fan tarmog’i sifatida vujudga
kelishi vaqtini 19-chi asrning o’rtalari deb hisoblaydilar. Tibbiyot
geografiyasining tatqiqot
ob’yekti va predmeti borasida o’tgan davr ichida olimlar tamonidan turli fikrlar bildirildi va
u doimo takomillashib bordi. Olimlarning fikricha tibbiyot geografiyasining ob’yekti ko’p
qirrali va murakkab bo’lib, o’z ichiga aholining salomatlik holati va uni o’zgarishlarini,
kasalliklar hamda sog’liqni saqlash sohasini qamrab oladi.
Tibbiyot geografiyasining ko’pchilikka tushunarli bo’lgan ta’rifini rus olimi
A.A.Keller qo’yidagicha ta’riflagan: «Tibbiyot geografiyasi, geografik muhitning kompleks
tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni aholining salomatlik holatiga, inson kasalliklarining
vujudga kelishi va tarqalishiga ta’siri qonuniyatlarini o’rganadi». (Meditsinskaya
geografiya
i zdorov
ь
ye. Moskva, Nauka, 1989)
Tibbiyot geografiyasi boshqa fanlar bilan ham o’zaro aloqador bo’lib, qamrovi keng
va turlichadir. Avvalo u aholi geografiyasi bilan chambarchas bog’langan, so’ngra
demografiya, sotsiologiya, kartografiya, etnografiya, ekologiya, biogeografiya,
kurortalogiya, epidemiologiya, gigiyena va boshqa bir qator
fanlar bilan mustahkam
aloqalarga ega.
Tibbiyot geografiyasiga oid masalalar qadimgi Sharq olimlarining asarlarida ham
yoritilgan. Masalan, o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida, tabobat ilmida o’lkan yutuqlarga
erishilganligi hammaga ma’lum. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino asarlari mashhur
bo’lib, jahon tabobatida uzoq davrlar mobaynida asosiy qo’llanma bo’lib keldi. Abu Ali ibn
Sino davolashning yangi usullarini qo’llab, tabib sifatida o’z davrida juda mashhur bo’lgan.
Tibbiyot geografiyasining rivojlanishida
xorijiy olimlardan Finke, Rayt, Ratsel
ь
va
boshqalar o’z hissalarini qo’shdilar. Sobiq Ittifoqda tibbiyot geografiyasining nazariy va
metodologik asoslari, aholining salomatlik holati va nozogeografik tatqiqotlar, tibbiyot
kartografiyasi hamda tibbiy-geografik rayonlashtirish masalalari Ye.N.Pavlovskiy
A.A.Shoshin, A.I. Vinogradov, B.B. Proxorov, B.V.Vershinskiy
va boshqalarning ilmiy-
tatqiqot ishlarida ochib berilgan.
O’zbekistonda aholini salomatligi, kasalliklar hamda sog’liqni saqlash masalalari
bevosita tibbiyot nuqtai nazaridan bajarilgan ishlar mavjud. Ammo, ushbu masalalarni
tibbiyot geografiyasi doirasida o’rganilgan maxsus tatqiqotlar amalga oshirilmagan. O’tgan
asrning 90-chi yillaridan boshlab, O’zbekiston va regionlar bo’yicha tibbiyot muassisalarini
hududiy tashkil etish masalalari M.I.Nazarov (1996), nozogeografik vaziyat esa
N.Komilovalar (1999) tamonidan ilk bor o’rganilgan. O’zbekiston
fanlar akademiyasi,
geografiya bo’limi tamonidan 90 - chi yillarda respublikaning tibbiy - geografik atlasiga oid
ishlar olib borilgan.
Tibbiyot geografiyasining predmeti turli davrlarda olimlar tamonidan turlicha
ifodalandi. Ko’pchilik tatqiqotchilar tabiiy – geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillarga katta
ahamiyat bergan holda, tibbiyot geografiyasini geografiya fanlari qatoriga qo’shsa
(Ye.P.Pavlovskiy, B.B.Proxorov, Ye.L.Rayx), boshqalari tibbiy omillarning ustuvorligini
ta’kidlab, tibbiyot geografiyasini tibbiyot fanining bir tarmog’i deb biladilar.
Tibbiyot geografiyasining mohiyati va vazifalarini ilk bor o’rgangan N.I.Toropov
(1864): «Har qanday kasallikni yer yuzasi bo’yicha tarqalishi
masalalarini tibbiyot
geografiyasi o’rganadi», deb ta’kidlagan. Ye.I. Ignat
ь
yev «Tibbiyot geografiyasi geografik
muhitning inson tanasiga ta’sirini o’rganuvchi geografiyaning bir tarmog’idir» deb
ta’kidlaydi.
Tibbiyot geografiyasining hozirgi rivojlanish bosqichida olimlar tamonidan uning
nozogeografiya, salomatlik geografiyasi va sog’liqni saqlash geografiyasi kabi bo’limlari
ajratiladi. Olimlar tamonidan tibbiyot geografiyasining qo’yidagi asosiy yo’nalishlari
ajratilgan:
- tabiiy va sotsial-iqtisodiy omillarni tibbiy-geografik baholash
- tibbiyot landshaftshunosligi
- tibbiyot mamlakatshunosligi
- nozogeografiya (inson kasalliklari geografiyasi)
6
- tibbiyot kartografiyasi
Zamonaviy
tibbiy-geografik tatqiqotlarga, avvalo mazkur fanga doir nazariy-
metodologik tatqiqotlarni tez rivojlanishi, natijalarini amaliyotga qo’llanishini kuchaytirish,
mintaqaviy tibbiy-geografik tatqiqotlarni avj olishi hamda tibbiyot kartografiyasini tez
rivojlanayotganligi xosdir.
Tibbiy-geografik tatqiqotlar va ularga bo’lgan amaliy talab va ehtiyojlar hozirda
tibbiyot geografiyasi oldiga qo’yidagi vazifalarni qo’yadi:
tabiiy sharoit (omillar) yoki ularning majmualarini aholi salomatligiga ta’sirini
o’rganish.
kompleks tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning inson kasalliklarini vujudga kelishi
va tarqalishidagi rolini aniqlash.
landshaftlar va alohida olingan davlatlarda inson kasalliklarining
vujudga kelishi va
tarqalishi qonuniyatlarini aniqlash.
tibbiy-geografik ishlanmalarni amaliy tadbiqi masalalarini kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: