3
Mavzu: 1. Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining
geografik fanlar tizimida tutgan o’rni.
Re j a:
1.Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining predmeti va
vazifalari.
2.Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining geografik
fanlar tizimida tutgan o’rni.
3.Ijtimoiy - geografik tatqiqotlar.
O’tgan asrning 80-chi yillaridan boshlab ijtimoiy va iqtisodiy geografiyaning
ijtimoiy qanoti jadal rivojlanib boshladi. Bunga jamiyat va aholi ijtimoiy rivojlanishining
hududiy muammolarini, qonuniyatlarini o’rganish zaruriyati paydo bo’lganligi sabab
bo’lgan. Oxirgi o’n yilliklar xususan mustaqillik yillaridagi tatqiqotlar
ijtimoiy va iqtisodiy
geografiyaning ob’yekti va predmeti doirasi ijtimoiy tamonga kengaydi. Mazkur fan
rivojlanishining markazida inson va uninig ijtimoiy hayoti bilan bog’liq qirralarini o’rganish
masalalari yotadi.
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi, geografiya fanlar tizimidagi aholi va u
bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarnining hududiy qonuniyatlarini
tatqiq etuvchi, yangi va tez rivojlanayotgan fandir. Olimlarning fikricha, hozirgi davrda
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasini mustaqil fan tarmog’i sifatida to’la
shakllanmagan va bu borada hozirgacha bahs-munozaralar mavjud.
Uning shakllanishi
jarayonlari davom etmoqda. Ayniqsa, noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasinining
tatqiqot ob’yekti, tuzilishi, fanlar tizimida tutgan o’rni masalalariga yanada oydinlik kiritish
zarur.
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi tatqiqotlarining diqqat markazida doimo
inson omili yotadi. Shuning uchun uning shakllanishi bevosita aholi geografiyasi bilan
bog’liqdir. Turli davrlarda bevosita aholi, ya’ni
uning yashash, mehnat qilish, dam olish,
sog’liqni saqlash va boshqa ijtimoiy, madaniy–ma’naviy–ma’rifiy fa’oliyati bilan bog’liq
masalalar xorijda va shunindek, sobiq Ittifoq iqtisodiy geografiyasi doirasida ham
o’rganilgan.
Hozirgi kunda noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi professor A.S.Soliyevning
fikricha bevosita inson hayoti bilan bog’liq masalalarning hududiy jihatlarini, uning o’zi
yashab turgan
muhiti bilan munosibatini, insonning ijtimoiy hayot tarzi, madaniy, ma’naviy,
ruhiy rivojlanishi masalalarining hududiy qirralarini o’rganuvchi fandir.
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining fan sifatida shakllanishida Yevropa
olimlarinig hissasi kattadir. U sotsial (ijtimoiy) geografiya tushunchasi bilan 19-chi asrning
ikkinchi yarimida fransuz olimi Le-Ple asarlarida uchraydi. Keyincha bu sohada Germaniya
(E.Reklyu)va Niderlandiyada (D.Bartel
ь
s) muayyan ishlar qilindi. Hozirgi noishlab
chiqarish tarmoqlari geografiyasining vujudga kelishi va rivojlanishiga sobiq Ittifoq geograf
olim va tatqiqotchilari ham munosib hissa qo’shganlar. Bu
davrda noishlab chiqarish
tarmoqlari geografiyasining rivojlanishida uch bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin:
Birinchi bosqich – o’tgan asrning 50 – chi yillarigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga
oladi. Bu bosqichga xos xususiyatlardan biri ijtimoiy hodisa va jarayonlarning ayrimlari
iqtisodiy va etnogeografik tatqiqotlar doirasida o’rganildi. Shularga qaramay aholining
turmush sharoitlari, madaniy, maishiy xususiyatlarini o’rganishining zarurligi sobiq sovet
geografiya fanining dastlabki yillaridayoq ta’kidlangan edi.
4
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi aholi geografiyasi asosida shakllandi.
Barcha aholi yoki muayyan bir ijtimoiy guruhning ijtimoiy rivojlanishidagi hududiy
tafovutlarni tatqiq etish faqatgina ijtimoiy geografiyaning predmeti bo’lmay,
balki
mintaqaviy sotsiologiyaga ham xosdir. Ammo sotsiologik tatqiqotlarning hududiy
qamrovini yetarli darajada deb bo’lmaydi.
Ikkinchi bosqich – bu qisqa davr, ya’ni o’tgan asrning 50 -80 yillarni o’z ichiga
oladi. Bu bosqichda aholi geografiyasi tez rivojlandi va shu bilan birga, geografik
tatqiqotlarda sotsiologiya kategoriyalari va tushunchalari keng qo’llanila boshlandi.
Uchinchi bosqich – keyingi bir necha o’n yillarni o’z ichiga oladi va noishlab
chiqarish tarmoqlari geografiyasi aynan shu davrda rasman tasdiqlandi.
Ushbu bosqichda
bevosita noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasiga xos ishlarning ko’lamini yetarli deb
bo’lmasada, avvallariga nisbatan e’tiborga molik ishlar bajarildi. Bu bosqichda bajarilgan
ilmiy tatqiqot ishlari sohaviy hamda mintaqaviy jihatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa
aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi bo’yicha salmoqli ishlar e’lon qilindi.
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining O’zbekistonda shakllanishi va
rivojlanishiga olimlarimizdan A.S.Soliyev, M.I.Nazarov va boshqalar o’z hissalarini
qo’shdilar. Jumladan A.S.Soliyev o’tgan asrning so’ngi o’n yilligida e’lon qilingan qator
risola va o’quv qo’llanmalarida noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining
rivojlanish
yo’nalishlarini ochib bergan.
Shunday qilib noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi – bu geografiya fanlari
tizimi va ijtimoiy fanlar o’rtasidagi integratsiya jarayonlarida vujudga kelayotgan geografik
fandir. Hozirgi davrda ushbu tizimda fanlarning uyg’unlashuvi (sintezi) ro’y bermoqda va
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining umumiy nazariyasi tez shakllanmoqda.
Demak, noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi shakllanish bosqichini boshidan
kechirmoqda va shuning uchun ham uning mustaqilligi va bir butunligi istiqbolidan dalolat
beradi.
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining mustaqilligi birinchi navbatda,
mazkur fan nazariyasini vujudga keltirilishi
bilan va ikkinchidan, uning atrofida
integratsiyalashgan turli fanlarning shakllanishi bilan ta’minlanadi.
Hozirgi vaqtda noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining muhim va dolzarb
muammolari jumlasiga qo’yidagilar kiradi:
Ijtimoiy-geografik rayonlashtirish (prinsiplari, mezonlari, ko’rsatgichlar tizimi,
tatqiqot usullari va boshqalar).
Aholinig turmush tarzi va darajalaridagi, ijtimoiy tuzilmalar va ularning hududiy
tashkil etishdagi rayonlararo tafovutlar.
Umumlashtiruvchi va maxsus ijtimoiy-geografik tipoldogiyalar (geodemografik
vaziyat, shaharlar va aholi joylashuvi tizimlari, qishloq joylar va boshqalar).
Tibbiy-geografik tatqiqotlar va ularning dolzarbligini yetarlicha baholash va boshqalar.
Mazkur muammolarning har biri noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining to’la
shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: