23
Mavzu: 13. Aloqa va axborotlashtirish
R e j a:
1.Aloqa va axborotlashtirish tizimini shakllanishi
2.Pochta, telegraf va telefon aloqasi
3. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
Aloqa O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligi va ijtimoiy infratuzilmasining
tarkibiy qismi bo’lib, aholi, xo’jalik sub’yektlari, davlat idoralarining pochta, telefon,
telegraf, radio va axborotning o’zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmog’i
orqali jo’natilayotgan ashyolarning yetkazib berilishi ta’minlaydi. O’zbekistonda aloqa
pochta aloqasi,
telefon aloqasi, telegraf aloqasi, ma’lumotlar uzatish, axborotlashtirish,
radioeshittirish, televideniye, matbuot tarqatish kabi sohalarga bo’linadi. Aloqa majmuasi –
matbuot tarqatish, fel
ь
degerlik aloqasi, maxsus aloqa, uyali aloqa, elektr aloqa,
kosmik
yo’ldoshlar orqali aloqa respublika hayotida katta rol
ь
o’ynaydi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab bozor
iqtisodiyotiga o’tish jarayonida milliy telekommunikatsiya tarmog’ining barqaror ishlashini
ta’minlash va uni rivojlantirish muhim vazifaga aylandi. Tarmoqni yanada rivojlantirish
uchun qonunchilik va normativ bazani yaratish, katta hajmda investitsiyalar jalb qilgan
holda raqamli texnologiyalar asosida telekommunikatsiya
tarmoqlarini modernizatsiya
qilishni boshlash, shunindek, pochta aloqasi sohasida islohatlar o’tkazishga doir chora-
tadbirlar amalga oshirildi. 1992 yil 13 yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Aloqa
to’g’risida” gi qonuni qabul qilindi.
Keyingi yillarda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda axborotlashtirish va axborot
hamjamiyatiga muvafaqiyatli kirib borishning muhim omillaridan biri
telekommunikatsiyalarning rivojlanishi, axborotlashtirish
va axborot texnologiyalari
jarayonlarining o’zaro hamkorligidir. Bu jarayonlarning global xususiyati mamlakatimizni
jahon axborot hamjamiyatiga kirishini taqozo etadi.
Aloqa tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya,
Turkiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar bilan olib borilayotgan xalqaro hamkorlik
samarali bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasi hukumatining kafolati bilan ajratilgan
kreditlar hisobiga Koreyaning “DEU”, Indoneziyaning “Bank Kommunikeyshn
Korporeyshn”, Shvetsiyaning “Erikson”, Italiyaning “Italtel”, Germaniyaning “Simens”,
“Alkatel
ь
”, Yaponiyaning “Mitsui”, “NEK” kabi ilg’or kompaniyalari
ishtirokida katta
quvvatli, raqamli mahalliy va xalqaro kommutatsiya stansiyalari, minglab kilometr optik-
tolali aloqa liniyalari, mobil aloqa stansiyalari foydalanishga topshirildi.
Pochta aloqasi respublika aholisiga xat, gazeta va jurnallar, jo’natma, pul
o’tkazmalari, nafaqa to’lovlarini yetkazib beradi. Pochta aloqasida pochta xizmatlarining
to’lov belgisi bo’lgan pochta markalarini chiqarish dunyoda davlat
mustaqilligining
atributlaridan biri sifatida tan olindi. O’zbekistonning birinchi pochta markalari 1992 yilning
may-noyabr
ь
oylarida chiqarildi. Pochta muassisalarida internet xizmatlarini ko’rsatish,
kitoblar, davriy va bosma nashrlarga buyurtmalar tashkil qilish; elektron pul o’tkazmalari
uchun zamonaviy AKT joriy etildi.
O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritishiga qadar respublikaning jahon
mamlakatlari bilan cheklangan darajadagi telefon aloqasi Moskva orqali amalga oshirilgan.
Mustaqillikni dastlabki davridayoq xalqaro telefon aloqasini rivojlantirishga alohida e’tibor
berildi. 1992 yil Toshkentda Yaponiyaning “NEK” firmasi yetkazib bergan asbob-
uskunalardan abonentlarning jahon telefon tarmog’iga chiqishini hamda ikki tomonlama
24
xalqaro teleko’rsatuvlarni ta’minlaydigan 150 kanalli raqamli xalqaro kosmik (fazoviy)
telefon stansiyasi qurildi va foydalanishga topshirildi.
O’zbekistonda uyali(mobil) aloqa 1992 yildan rivojlana boshladi. So’ngi yillar
davomida uyali aloqa tarmoqlarining rivojlanishi jadal xususiyat kasb etdi.
Uyali aloqa
xizmatlari bozorida sakkizta operator ishlamoqda.“O’zdonrobita” (hozirda MTS) qo’shma
korxonasi 1992 yilda eng birinchilardan bo’lib, respublika hududida umumiy
foidalanishdagi uyali ko’chma radioaloqa xizmatlarini taqdim etishni boshlagan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va xizmatlar konvergensiyasining
darajasi, axborotlashtirishni rivojlantirish jarayonlarini muvofiqlashtirish axborot
hamjamiyatiga qo’shilishning tayanch omilidir. Axborotlashtirishning mamlakat
iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishdagi muhim ahamiyatini
hisobga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tamonidan AKT ni jadal
rivojlantirish strategik ustuvor vazifa sifatida belgilangan. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Komp
ь
yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” gi farmoniga muvofiq,
AKT ni rivojlantirish va joriy etishning muhim vazifalari belgilandi hamda 2002-2010
yillarga mo’ljallangan dastur qabul qilindi. Respublikada AKT ni rivojlantirishni
muvofiqlashtiruvchi oliy organ - komp
ь
yuterlashtirish va AKT ni rivojlantirish bo’yicha
muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.
Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida, xususan,
davlat boshqaruvi,
bank ishi va ayniqsa, ta’lim sohalarida komp
ь
yuterlashtirish va axborot–kommunikatsiya
texnologiyalaridan foidalanish jarayoni jadal olib borilmoqda. Oliy o’quv yurtlarning
hammasi, akademik litseylarning 76 foizi, kasb-hunar kollejlarining 19 foizi va o’rta
umumta’lim maktablarining 5 foizi internet tarmog’idan foydalanish imkoniyatiga ega.
(2006 y.)