10
2. O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning manfaatlari
3. Turizmni rivojlantirish istiqbollari
Qadimdan O’zbekiston zaminining so’lim tabiati, ko’hna shaharlardagi osori-atiqalar,
dunyo tamadduniga katta hissa qo’shgan allomalarni voyaga yetkazgan maskanlar jahon
ahlini, sayyohlarni o’ziga chorlab kelgan. Har bir mamlakat o’zining
hududida hududiy
rekreatsion tizimlarning barcha tiplarini rivojlantirishni xohlaydi, ammo barchasida ham
bunday imkoniyatlar mavjud emas. Sayohatchilar uchun barcha joyni, Arktika yoki
Antarktida hatto Oyni ham kelajakda qiziqarli rekreatsiya ob’yektiga aylantirish mumkin.
Bu uchun faqat xohish va istak kamlik qiladi, unga yetarli
moddiy va moliyaviy asos
bo’lishi kerak. Ekologik vaziyat va infratuzilma holati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Rekratsion vazifani bajaradigan hudud, yashash uchun barcha qulayliklarga ega
bo’lgan uy-joy, qulay transport va aloqa tizimi, rivojlangan infratuzilma, madaniy, maishiy
inshaotlar majmuasi va yana bir qator qulayliklarga ega bo’lishi lozim. Bularning
barchasi
butunligicha hududiy rekreatsiya tizimini tashkil qiladi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda bu sohaga davlat siyosati darajasida e’tibor
qaratilmoqda. Respublikamizda hududiy rekreatsion tizimlarning barcha tiplarini yaratish
uchun hamma imkoniyatlar mavjud. O’zbekistonda qadimiy tarixiy yodgorliklar, me’moriy
obidalarni borligi va ular aynan respublikani infratuzilma sharoitlari yaxshi yo’lga qo’yilgan
yirik shaharlarda joylashganligi turizmni rivojlantirish uchun juda qulaydir.
Qolaversa, ushbu tarmoqni kelgusida taraqqiy ettirish O’zbekistonni jahon
hamjamiyatiga chiqishi va mamlakat iqtisodiyotini yanada tezroq rivojlantirish uchun
salmoqli hissa qo’shishi mumkin. Turizm rivojlangan mamlakatlar (Italiya, Fransiya,
Ispaniya, AQSh va boshq.) tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, turistlarni
qabul qilish va ularga
yuqori darajali xizmat ko’rsatish mamlakatga katta daromad keltiradi. O’zbekistonda bu
sohada rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayanib bir qancha loyihalar (Sharq
marvaridi)qabul qilinib, turizmni turizmni tez rivojlanishiga davlat miqyosida alohida
e’tibor berilmoqda.
O’zbekistonda turizmni rivojlanishi qanday manfaatlar keltiradi:
Birinchi manfaat - yangi ish joylari yaratiladi. «O’zbekturizm» milliy
kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra hozirgi kunda sohada ellik mingdan ko’proq kishi
mehnat qiladi.
Ikkinchi manfaat – davlat xazinasiga katta miqdorda valyuta (dollar, yevro va
boshqalar) keltiradi. Mutaxassislarning fikricha dunyoda bitta sayohatchining o’rtacha
xarajati 900 -1000 AQSh dollarini tashkil qiladi. O’zbekistonga kelgan turistlarning har
biridan o’rtacha 1,3–1,5 ming AQSh dollariga teng daromad olinadi. Turizmdan ko’proq
daromad olish narxlarni ko’tarish hisobidan emas, balki qo’shimcha
xizmat turlarini joriy
qilish orqali olinishi kerak. Turizm rivojlangan mamlakatlar shu orqali katta samara
ko’rmoqdalar.
Uchinchi manfaat – ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlar uchun yangi bozorlar
paydo bo’ladi. Bu esa mahalliy sanoatni ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish va
mahsulot sifatini yaxshilashni talab etadi. To’rtinchi manfaat – mahalliy infratuzilma va
kommunal xo’jaligi ob’yektlarini rekonstruksiya qilish, ko’rsatadigan
xizmatlarni
zamonaviylashtirish, turlarini ko’paytirish va xizmat ko’rsatish darajasini ko’tarishdan
iborat.
Beshinchi manfaat – turizm sohasida xizmat qiladigan yetuk mutaxassislarni
tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlar va oliy ma’lumotli soha rahbar kadrlarni tayyorlashni
yo’lga qo’yish.
Oltinchi manfaat – jamiyatdagi atrof–muhit va ekologik muammolarni, madaniy
merosni, tarixiy va arxitektura yodgorliklarni himoya qilish zarurligini chuqurroq
anglashdan iborat.
Yettinchi manfaat – turizm sohasida foidalanilayotgan yer resurslardan to’g’ri va
oqilona foydalanish kerakligiga yangicha yondoshish.
11
Hududiy rekreatsion tizimlarni ixtisoslashuvi hududdagi
mavjud rekreatsion
resurslarga bog’liq. Masalan, Samarqand, Buxoro, Xivada tarixiy, arxitektura va madaniy
yodgorliklarning mavjudligi o’sha joylarda madaniy merosimizni anglash, diniy turizmni,
Jizzax viloyatidagi tabiat zonalari landshaft va
ekologik turizimni, ilmiy axborotlar
to’plangan Toshkentda ilmiy turizmni yo’lga qo’yish imkoniyatini beradi.
Respublikamizdagi mavjud rekreatsion resurslarga alohida e’tibor berib, mamlakatimiz
iqtisodiyotini yanada yuksaltirish manbai bo’lgan hududiy rekreatsion tizimlarning barcha
tiplarini rivojlantirish davr talabidir. Qolaversa rekreatsion resurslardan oqilona foidalanish
orqali aholining jismoniy, ma’naviy sog’lom bo’lishiga mintaqalarni moliyaviy, ijtimoiy
ahvolini yaxshilashga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: