Microsoft Word Ko‚chmas mulkka investitsiyalash doc


KMB tizimida uy-joy qurilishiga, rekonstruksiya qilishga



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/132
Sana07.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#66006
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132
Bog'liq
595d8421e6513fac327059cdaa8b0878

1.8. KMB tizimida uy-joy qurilishiga, rekonstruksiya qilishga  
va sotib olishga ipoteka krediti ajratish tartibi 
 
Bank tizimida ipoteka kreditlari qaytarish, to‘lov, muddatli, 
ta’min-langanlik va maqsadli foydalanish shartlari asosida ajratiladi. 
Ipoteka kreditlari – 20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan muomala 
layoqatiga, doimiy ish joyiga ega, yashash joyidan doimiy ro‘yxatdan 
o‘tgan va o‘z faoliyati natijasida olingan daromadga va boshqa daro-
madlarga ega bo‘lgan 6 oylik (yosh oilalarga 3 yil) imtiyozli davr bilan, 
15 yil muddatgacha quyidagi maqsadlarga beriladi: 
– qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka 
tartibdagi va na’munaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan nor-
malari va qoidalariga rioya qilib, yakka tartibda uy-joy qurishga; 
– yakka tartibda uy-joyni rekonstruksiya qilishga; 
– yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani 
sotib olishga. 
Bank tomonidan ipoteka kreditlari quyidagi miqdorlarda beriladi: 
– yakka tartibda uy-joy qurilish va sotib olish uchun – qonun huj-
jatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3000 baravarigacha; 
– yakka tartibda qurilgan uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuning-
dek, ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun – qonun hujjatla-
rida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigacha; 
– beriladigan ipoteka kreditlarining miqdori quriladigan, rekonstruk-
siya qilinadigan yoki sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizidan 
ortishi mumkin emas. 
Qarz oluvchi kredit olish uchun bankda uning nomiga ochilgan 
jamg‘arma omonat hisob raqamida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 
kamida 25 foizi miqdorida milliy yoki xorijiy valutada o‘z mablagi 
tarzida yoki qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya 
qilish qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z mablagi 
hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida bo‘lishi kerak. 
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan, qonun hujjatlari asosida 
mijozning daromadlari, kreditga layoqatliligi va taqdim etilayotgan 
likvid ta’minotidan kelib chiqib, ipoteka krediti qiymatining 50 foizidan 
kam bo‘lmagan miqdorda o‘z mablag‘iga ega bo‘lgan mijozlarga ipoteka 
krediti ajratilishi mumkin. 
Qarz oluvchi tomonidan omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari 
(badal) miqdoridan kelib chiqib, kreditdan foydalanganlik uchun yillik 
foiz stavkalari quyidagicha belgilanadi: 


 
56
Uy-joy qiymatidan kelib 
chiqib mijozning badal 
miqdorlari 
Badal miqdoridan 
kelib chiqib, 
o‘rnatilgan yillik foiz 
stavkasi 
Faqatgina yosh oilalarga 
badal miqdoridan kelib 
chiqib, o‘rnatilgan imtiyozli 
yillik foiz stavkasi 
25 foizdan kam bo‘lmagan 
16 % 
14 % 
50 foiz va undan yuqori 
14 % 
12 % 
 
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni kamaytirish yoki oshi-
rish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash-
tirish stavkasi yoki bankning foiz siyosati o‘zgargan holda, yangi beri-
ladigan kreditlar uchun foizlar tegishli ravishda qayta ko‘rib chiqiladi. 
Xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiya-
lari hisobidan beriladigan kreditlar muddat va kreditdan foydalanganlik 
uchun foiz stavkasi ushbu mablag‘larni berish to‘grisida bank va xalqaro 
moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan 
kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Qarz oluvchi kredit olish uchun buyurtma taqdim etganda, bank-
ning kredit olish uchun buyurtmalarni qabul qilish bo‘yicha mas’ul xodi-
mi mijozga ipoteka kreditining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha izoh beradi. 
Shuningdek, u mijozning barcha savollariga javob beradi hamda unga 
ipoteka krediti berish yuzasidan buyurtmani rasmiylashtirish uchun talab 
etiladigan barcha hujjatlar ro‘yxatini taqdim etadi.  
Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilgan-
dan keyin bank qarz oluvchini ipoteka krediti olish jarayonidagi taxmi-
niy xarajatlar bilan tanishtiradi. Qarz oluvchi ipoteka krediti olishda 
quyidagi xarajatlarni amalga oshirishi kerak: 
– ipoteka to‘grisidagi shartnomani notarial tasdiqlash bilan bog‘liq 
xarajatlar; 
– garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkni sug‘urtalalash bilan boqliq 
xarajatlar;  
– mulk qiymatini baholalash bilan bog‘liq xarajatlar; 
– ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bi-
lan bog‘liq xarajatlar. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish