Yechim: investitsion kreditlash. Bu muammoni yechish yo‘li
sifatida Aleksey Chijov bankka kelishilgan daromadni, developerga esa
– ba’zi mustaqillikni ta’minlovchi investitsion kreditlashni taklif etadi.
Investitsion kreditlash jarayonida bank investitsion kapitalni muomalaga
kiritadi, masalan, 70% aksiya bankda va 30% developerda. Jalb etilgan
obyekt daromad keltira boshlagach, developer o‘z ulushidan bankdan
aksiyalarni sotib oladi. Bir muddatdan so‘ng, shirkat bankka tegishli
barcha aksiyalar ulushini sotib oladi va 100% ega bo‘lib qoladi. Bank
uchun investitsion kreditlash yaxshigina ishlab olish usulidir: odatiy pul
kreditidan investitsion kredit bo‘yicha foizlar, odatda, balandroq. Pul
krediti bo‘yicha stavka 12% yillikni tashkil etsa, investitsion kreditda u
15% yillikdir. Ammo bank uchun jalb etilgan summani yo‘qotish riski
ham ko‘proq: qurilgan obyekt daromadsiz bo‘lib chiqishi yoki developer
o‘ylaganidek, daromadli chiqmasligi mumkin. Developer uchun investit-
sion kredit oddiy kreditni olish imkoni bo‘lmaganda unumlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |