Yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ipoteka krediti ajratish tartibi.
Yakka tartibda uy-joy qurishga ipoteka krediti olish uchun qarz
oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
so‘ralayotgan kredit summasini ko‘rsatgan holda kredit olish
uchun ariza (F.I.OI., ish joyidan ma’lumotnoma, sotib oluvchining ariza-
57
si, mahalla yig‘inidan ma’lumotnoma, olinayotgan kredit miqdori, kredit
muddati);
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda uy-joy qu-
rish uchun qarz oluvchining yer uchastkasiga (doimiy foydalanish, me-
ros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish, mulk huquqi) bo‘l-
gan huquqini tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;
qarz oluvchining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining
daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan ma’lu-
motlar, doimiy ish joyi mavjud bo‘lmaganda berilgan ma’lumotnomalar
yoki qarz oluvchining va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun
daromadlari to‘grisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi
davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
yakka tartibda uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan loyihaning
nusxasi. Loyiha quyidagilardan iborat bo‘ladi:
a) yerosti va yerusti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirila-
digan yer uchastkasining rejasi;
b) uy-joyning poydevorlari, yerto‘lalari, qavatlari, kesimlari va
fasadlarining rejalari;
v) smeta-moliya hisob-kitoblari (resurs taqsimoti ilova qilingan holda).
qarz oluvchi nomiga ochilgan jamg‘arma omonat hisobraqamida
pul mablaglari joylashtirilgani to‘grisidagi bank ma’lumotnomasi va
yoki qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va yoki
bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining bahosi bo‘yicha dastlabki
hisob-kitob.
Bunda qarz oluvchi tomonidan jamg‘arma omonat hisobraqamida
joylashtirilgan pul mablag‘lari (badal)ning jami summasi va ko‘rsatib
o‘tilgan qurilish materiallarining va yoki bajarilgan qurilish-montaj ish-
larining qiymati quriladigan uy-joy qiymatining 25 foizi miqdoridagi o‘z
mablag‘i (boshlang‘ich badal)idan kam bo‘lishi mumkin emas;
– qarz oluvchining oilasi tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan beril-
gan ma’lumotnoma va ularning shaxsning tasdiqlovchi hujjatlari (pas-
port, tug‘ilganlik haqida guvohnoma) nusxasi;
– zarur holatlarda kredit berish to‘grisida xulosani tayyorlash
uchun bank qarz oluvchidan uning qo‘shimcha aktivlari mavjudligini
tasdiqlovchi hujjatlar talab qilish huquqiga ega.
Yakka tartibda uy-joy qurilishiga beriladigan ipoteka kreditining
qaytarilishi ta’minoti quyidagilar hisoblanadi:
58
Uy-joy qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgunga va qarz oluv-
chining mulkiga o‘tgunga qadar kredit hisobiga qurilayotgan uy-joy va u
joylashgan yer uchastkasi ipotekasi (bunda ipoteka shartnomasi notarial
tasdiqlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi).
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi yakunlangandan keyin, qarz
oluvchi 5 bank ish kuni muddada belgilangan tartibda tuman (shahar)
hokimi tomonidan uy-joyni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tashkil
etiladigan qabul qilish komissiyasiga yakka tartibdagi uy-joyni foydala-
nishga qabul qilish haqidagi ariza bilan murojaat etadi. Qabul komis-
siyasining yakka tartibdagi uy-joyni foydalanishga qabul qilish haqidagi
dalolatnomasi tuzilgandan va u tuman (shahar) hokimining qarori bilan
tasdiqlangandan keyin, qarz oluvchi 5 bank ish kuni muddat ichida:
a) Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi organlarida ipoteka krediti
hisobiga qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga egalik huquqini ro‘yxatdan
o‘tkazishni ta’minlaydi;
b) ipoteka krediti hisobidan qurilgan yakka tartibdagi uy-joy qiy-
matini qisman yoki to‘liq yo‘qotilish xataridan sug‘urta qiladi va su-
g‘urta shartnomasi hamda sug‘urta polisining asl nusxasini bankka
taqdim etadi;
v) ipoteka krediti hisobidan qurilgan yakka tartibdagi uy-joy u joy-
lashgan yer uchastkasi bilan birga garovga olinadi. Mazkur ipoteka
shartnomasi notarial tasdiqlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va u qarz
oluvchining ipoteka krediti bo‘yicha majburiyatlari to‘liq bajarilgunga
qadar amalda bo‘ladi.
Ipoteka krediti hisobidan qurilgan yakka tartibdagi uy-joy garovga
qo‘yilgandan so‘ng, kreditdan maqsadli foydalanilganligini o‘rganish uchun
qarz oluvchi bankka quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:
– ipoteka krediti hisobiga qurilgan uy-joyga egalik qilish huquqini
tasdiqlovchi guvohnoma;
– qarz oluvchining yer uchastkasiga huquqini tasdiqlovchi guvohnoma;
– notarial tasdiqlangan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ipoteka
krediti hisobiga qurilgan uy-joyning ipoteka shartnomasi.
Pudrat uslubida yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ipoteka krediti
ajratishda hisob-kitoblar qarz oluvchiga alohida ssuda hisobvarag‘ini
ochish va to‘lovlarni ushbu hisobvaraqdan memorial order bilan, qarz
oluvchining yozma arizasiga asosan, filial boshqaruvchisi, kredit bo‘limi
boshlig‘i va kredit xodimi imzosi bilan bajarilgan qurilish-montaj ishlari
uchun pudrat qurilish tashkilotining talab qilib olguncha depozit hisob-
59
varag‘iga «kaliti bilan» pudrat shartnomasida belgilangan shart va
muddatlarda o‘tkazish (naqd pulsiz) orqali amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishini ipoteka krediti hisobidan
moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan moliyalashtirish
grafigi va qurilish-montaj ishlari (KMI) ishlab chiqarish grafigiga muvo-
fiq quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) qarz oluvchining boshlang‘ich pul badali va kredit mablag‘lari
hisobidan qurilish qiymati smetasidan 50 foizgacha miqdoridagi bank
(avans) to‘lovini pudrat qurilish tashkiloti hisobvarag‘iga ajratish qarz
oluvchining arizasiga va qarz oluvchi hamda pudrat qurilish tashkiloti
o‘rtasida tuzilgan «kaliti bilan» shartnomasiga asosan amalga oshiriladi.
b) qurilish qiymati smetasining qolgan qismi bank muhandisi va
kredit nazoratchisi tomonidan (joyiga chiqib) qarz oluvchining kredit
to‘lovidan maqsadli foydalanilganligi tekshirilganidan (maqsadli foyda-
lanish dalolatnomasi va nazorat o‘lchovi dalolatnomasi tuzilgandan) keyin,
bajarilgan ishlar (amalga oshirilgan xarajatlar) qiymati haqidagi schet-
faktura ma’lumotlariga asosan, lekin qurilish qiymatidan 95 foizgacha
miqdorda ajratiladi.
v) kreditning qolgan 5 foiz miqdordagi qismi tuman (shahar) hoki-
mining yakka tartibdagi uy-joyni qonunchilikda belgilangan tartibda
foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi tasdiqlanganligi haqidagi qa-
rori taqdim etilgandan keyin to‘lanadi.
Pudrat tashkiloti bilan hisob-kitoblar boshlang‘ich pul badalini
pudrat qurilish tashkiloti hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali amalga
oshiriladi. Agar qarz oluvchining boshlang‘ich pul badali to‘lovni to‘liq
amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, to‘lovning qolgan
qismi ssuda hisobvarag‘idan pudrat qurilish tashkilotining hisobvarag‘iga
o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Agar qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olingan qu-
rilish materiallari qiymati va yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari
hisoblansa, u holda to‘lov pul mablag‘larini ariza beruvchi nomiga
ochilgan ssuda hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ipoteka krediti bo‘yicha foizlar kreditlarni qarz oluvchining ssuda
hisobvarag‘idan o‘tkazilgan kundan boshlab, hisoblanadi.
Xo‘jalik uslubida (qarz oluvchi o‘z kuchi bilan) yakka tartibdagi uy-
joy qurilishiga ipoteka krediti ajratishda hisob-kitoblar qarz oluvchiga alo-
hida ssuda hisobvarag‘ini ochish va to‘lovlarni ushbu hisobvaraqdan me-
morial order bilan, qarz oluvchining yozma arizasiga asosan, filial bosh-
60
qaruvchisi, kredit bo‘limi boshlig‘i va kredit xodimi imzosi bilan qurilish
materiallari sotib olish uchun savdo tashkilotlari va yakka tadbirkorlar-
ning hisobvaraqlariga qurilish mollari yetkazib beruvchilar bilan tuzil-
gan shartnomalarda belgilangan shart va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ipoteka krediti hisobidan qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qu-
rilishini moliyalashtirish tasdiqlangan moliyalashtirish grafigi va quri-
lish-montaj ishlari ishlab chiqarish grafigiga muvofiq, quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
a) qurilish qiymati smetasining 50 foizi miqdoridagi to‘lovni ajra-
tish (qarz oluvchi boshlang‘ich pul badali va bank kredit mablag‘lari
hisobidan) qarz oluvchi arizasi va hisob-shartnomaga asosan amalga
oshiriladi. Agar boshlang‘ich pul badali sifatida kiritilgan pul mablag‘lari
to‘lovi uchun yetarli bo‘lmasa, to‘lovining qolgan qismi pul mablag‘larini
qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;
b) yakka tartibdagi uy-joy qurilish qiymatining qolgan qismiga
kredit ajratish bank muhandisi va kredit nazoratchisi tomonidan (joyiga
chiqib) to‘lovdan maqsadli foydalanilganligi tekshirilganidan (maqsadli
foydalanish dalolatnomasi va nazorat o‘lchovi dalolatnomasi tuzilgan-
dan) keyin, tasdiqlangan moliyalashtirish grafigi va KMI ishlab chiqa-
rish grafigiga muvofiq, amalga oshiriladi.
Bunda, kreditlashning so‘nggi bosqichi, bank muhandisi va kredit
nazoratchisi tomonidan joyiga chiqib, avvalgi barcha to‘lovlarning maq-
sadli foydalanilganligi tekshirilgandan (maqsadli foydalanish dalolatnomasi
va nazorat o‘lchovi dalolatnomasi tuzilgandan) keyin amalga oshiriladi.
Agar qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olingan qu-
rilish materiallari qiymati va yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari
hisoblansa, u holda to‘lovi qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan quri-
lish materiallari etkazib beruvchi tashkilotning hisobraqamiga o‘tkazish
orqali amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi uy-joyni xo‘jalik uslubida qurish uchun ipoteka
krediti boshlang‘ich pul badali miqdorida va kredit shartnomasida qayd
etilgan kredit summasining 20 foizigacha bo‘lgan miqdorda naqd pul
shaklida berilishi mumkin.
Ipoteka krediti bo‘yicha foizlar kredit mablag‘lari qarz oluvchi
ssuda hisobvarag‘idan o‘tkazilgan kundan boshlab, hisoblanadi.
Bank tomonidan ipoteka kreditlari pul mablag‘larini qarzdorning
ssuda hisobvarag‘idan qarz oluvchining bank kredit kartochkasiga o‘tka-
zish orqali berilishi mumkin. Bunda bank kredit (plastik) kartochkasida
61
qarz oluvchi nomiga alohida shartnoma tuzish orqali beriladi. Shartno-
mada ushbu bank kredit plastik kartasidagi mablag‘lardan faqat yakka
tartibdagi uy-joy qurish uchun qurilish materiallari sotib olish uchun
foydalanilishi mumkinligi qayd etilishi lozim. Ushbu bank plastik kar-
tochkasidan naqd pul berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qarz oluvchi har oyda bank kredit plastik kartasi bilan amalga oshi-
rilgan operatsiyalar haqidagi hisobotni, sotib olingan tovarlar uchun cha-
kana savdo tashkilotlari va yakka tadbirkorlar tomonidan berilgan termi-
nallar cheklari, hisoblar, kvitansiyalar, yuk xati va qonunchilikda belgi-
langan boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda bankka taqdim etishi lozim.
Bank tomonidan hisobotga ilova qilingan hujjatlarni tahlil qilish
jarayonida hisob-kitoblarda bank kredit kartochkasi orqali kreditning
maqsadsiz ishlatilganligi aniqlanganda bank kredit kartochkasi berish
haqidagi shartnoma bekor qilinadi, bank kredit kartochkasi hisobvarag‘i
yopiladi va bank kredit kartasi (plastik karta) olib qo‘yiladi. Kreditning
maqsadsiz ishlatilgan qismiga kredit shartnomasida belgilangan miqdor-
da neustoyka hisoblanadi va uni undirish choralari ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |