www.ziyouz.com
kutubxonasi
54
— Siz shu yerlikmisiz, amaki? — dedi oyim qandolatchiga termilib.
Qandolatchi qo‘ltiqtayog‘iga suyanib, cho‘ntagidan papiros olarkan, shubhalanib oyimga
qaradi:
— Nima edi?
— Bashoratxonni qidirib keluvdik. Eri peravodniy, Ashxobodda yer qimirlaganda
kasallarni olib kelgan. O‘qchida ko‘prikning oldida turadi, deyishuvdi.
— Nomeri nechchi? — dedi qandolatchi papiros tutatib.
— O‘shanisini so‘ramabman. — Oyim aybdor qiyofada yerga qaradi.
— Iya, qiziq ekansiz-ku, singil! — cho‘loq qandolatchi ovozi boricha shang‘illadi. —
Afandi eshagi yo‘qolganida bir qo‘lida yantoq, bir qo‘lida tezak ko‘tarib, bozor aylangan
ekan, buni yeb, buni anaqa qilganni ko‘rgan bormi, deb. Siznikiyam shundan bo‘ldi-ku.
Atrofdagi hangomatalab tomoshabinlar xaxolab kulishdi. Oyim mulzam bo‘lib sekin
burildi.
— So‘rab-so‘rab Makkani topgan ekan, amallab topib olarmiz.
Ikkovlashib yana o‘sha zaxkash, ikki chetida qop-qora suv jilg‘a bo‘lib oqayotgan
ko‘chaga kirdik. Oyoqda zo‘rg‘a tursam ham, dam olaylik deb oyimga xarxasha qilishga
qo‘rqar edim. Boyagi odamning gapi oyimni xafa qilganini bilib turardim. Yurib-yurib
yana o‘sha omonat panjarali yog‘och ko‘prikdan o‘tdik.
Oyim ro‘paradan kelayotgan, sumka ko‘targan xotinni to‘xtatdi.
— Jon singlim, bir narsa so‘rasam maylimi? Shu yerlikka o‘xshaysiz. — Oyim uning
qo‘lidagi sumkasiga, bayram bo‘lsayam yasanmasdan eskiroq qarg‘ashoyi ko‘ylak
kiyganiga qarab, shu yerlik deb gumon qilgan bo‘lsa ehtimol.
Xotin shoshilib turgan ekan shekilli, «gapingizni ayting» degandek qoshini chimirdi.
— Bashoratxonni tanimaysizmi? — dedi oyim shosha-pisha. — Eri peravodniy.
Ashxobodda...
— Nimaga edi? — dedi ayol oyimning gapini bo‘lib.
Oyim uning ko‘ziga tikilib qaradi-da, ko‘nglida umid uyg‘ondi shekilli, ovozi dadillashdi:
— Kerak edi-da. Ertalabdan beri qidiramiz, aylanay. Bilmagan joyning ko‘chasi ko‘p, deb
shuni aytar ekanda.
Ayol oyimga tikilib turib negadir ovozi titrab ketdi.
— Siz... Siz kimi bo‘lasiz? — dedi sekin.
— Onasiman, aylanay, onasiman!
Ayolning qo‘lidan sumkasi tushib ketdi.
— Oyijon! — dedi iltijoli ohangda. — Oyijon! O‘zingizmisiz? — Shunday dediyu oyimni
quchoqlab oldi. O‘sha zahoti ko‘zidan tirqirab yosh chiqib ket-di.— O‘sha men...
Menman... Qizingizman... Oyijon... Biluvdim, topib kelishingizni biluvdim. Biluvdimu
ishonmovdim. Ammam aytsalar, ishonmagandim!
U hadeb oyimni o‘par, nuqul bitta gapni qaytarardi.
— Ishonmovdim...
Keyingi daqiqada meni yerdan dast ko‘tarib oldi-da, ko‘zimdan, yuzimdan o‘pa boshladi.
— O‘zimning ukamdan o‘rgilay, ukajonimdan aylanay.
Dimog‘imga binafsha hidi urildi. U baquvvat qo‘llari bilan meni mahkam quchoqlab
olgan, yoshli ko‘zlari bilan qayta-qayta ko‘zimga termilib qarar, nuqul o‘par edi.
Shundagina uning katta xotin emas, yoshgina ekanligini, allaqayeri uydagi opamga
o‘xshab ketishini payqadim. Bashor opa bir qo‘lida meni ko‘targancha egilib, ikkinchi
qo‘li bilan sumkasini yerdan oldi.
— Qo‘ying, — dedi oyim uning bilagidan tutib. — Yosh bolamas, o‘zi yuradi. Shu kuzda
maktabga boradi-ku.
— Nega qo‘yarkanman?! — Bashorat opam binafsha hidi anqib turgan boshini yana
Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov
Do'stlaringiz bilan baham: |