Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
qorni kavshandozga qoqdi. Qulog‘ini o‘rab olgan sharfni yechgan edi, oppoq siyrak 
sochlari peshonasiga yoyilib tushdi. 
— Nastoyashiy Sibir! — dedi negadir jilmayib. Sandal chetiga cho‘kkalab qo‘lini tanchaga 
tiqdi. Dadamning qo‘lida kichkina chamadon borligini endi ko‘rdim. Achinska qo‘lini bir oz 
isitgach, muzlab qolgan ko‘zoynagini ro‘molchasi bilan artdi. 
— Issik suv bar? — deb so‘radi onamga qarab. 
Onam samovarni yangilash uchun darrov oshxonaga yugurdi. Doktor akamning 
ko‘ylagini yechib, «alyo-alyo» qilib ko‘rdi. Sekin bosh chayqab qo‘ydi. Qiyofasi jiddiy edi. 
Keyin chamadondan yaltiroq quticha oldi. 
Ukol qilish uchun dori to‘ldirayotganda akam hozir dod soladi, deb turgan edim, biroq u 
akamning ishtonini tushirib, ukol qilganida akam dodlamadi. G‘ingshib qo‘ydi xolos. 
Chamasi og‘riqni payqamadi ham. 
— Nichego, — dedi Achinska dadamni yupatib. — Yakshi bala. Tuzaladi. 
Chindan ham ko‘p o‘tmay, akam ko‘zini ochdi. Biroq, doktor ikkinchi ukolni qilayotganda 
yig‘lab hammayoqni buzib yubordi. Achinskaning jahli chiqmadi. 
— Vsyo, vsyo, — dedi jilmayib. — Ugil bala yiglamaydi. 
Keyin dadam ikkovlari sandal chetida o‘tirib, choy ichishdi. Urush g‘alaba bilan bitgani, 
endi non ko‘payishi, yana allanimalarni gapirishdi. Ko‘zim yumilib ketayotgan bo‘lsa ham 
doktor akamni yana nima qilishini bilgim kelib, chidab o‘tirardim. Dadam gap orasida 
bugun o‘tgan voqeani ham aytib berdi. Achinska qoshini chimirib, bir zum o‘yga toldi. 
Ko‘m-ko‘k ko‘zlariga jiddiyat cho‘kdi. Biroq, qo‘l siltab qo‘ya qoldi. 
— Chepuxa! Xish nima kilmaydi. 
Nihoyat u sarg‘ish qog‘ozga o‘ralgan allaqanday dorini majbur qilib akamga ichirdi. Yana 
to‘rt-beshta shunaqa qog‘ozlardan qoldirdi. O‘rnidan turayotgan edi, dadam onamga imo 
qildi. Onam hujraga ildam kirib ketdi-da, zum o‘tmay, og‘zi bog‘langan chog‘roq xalta 
ko‘tarib chiqdi. 
— Aybga buyurmaysiz, do‘xtir, — dedi dadam xaltani Achinskaga uzatib. — Pul yo‘q edi. 
Achinska shinelining bir yengini kiygan joyida turib qoldi. 
— Bu nima? — dedi xaltaga imo qilib. 
— Turshak, — dadam xijolat chekib, iljaydi. — Qantak o‘rikniki. Qoq quruq. Bo‘yrada 
quritganman. Bittasiyam yerga tushmagan. 
Achinska yengi kiyilmagan qo‘li bilan xaltani nari surdi. 
— Balaga kompot kiling. Isitma tushadi. Yakshi bo‘ladi. 
Endi dadam astoydil yalina boshladi: 
— Yo‘q demang, do‘xtir. O‘z qo‘lim bilan quritganman. Chodirga qoqib quritganman. 
Gapga oyim aralashdi. 
— Marjangizga oborasiz, do‘xtir, padarka... 
Achinska keskin bosh chayqadi. 
— Balaga kompot kiling. — Shunday dedi-yu, xaltani devorga suyab, etigini kiydi-da, 
tashqari chiqdi. Dadam shosha-pisha unga ergashdi. 
— Iloyo baraka toping, — deb qoldi onam eshikdan mo‘ralab. — Bola-chaqangizning 
rohatini ko‘ring. 
Yana sukunat cho‘kdi. Ammo endi bu boyagidek ko‘ngilni g‘ashlovchi jimjitlik emas edi. 
Ertasiga kech uyg‘ondim. Katta akam maktabga ketgan, kichik akam sandal chetida 
yostiqqa suyanib o‘tirgancha, sutchoy ichar, dadam bilan oyim tumshug‘idan chak-chak 
suv tomayotgan eski samovarni o‘rtaga qo‘yib gaplashib o‘tirishardi. Qor tingan, 
tashqarida quyosh charaqlab ketgan shekilli, uy ichi yop-yorug‘ edi. Endi sutchoyga 
zog‘ora non botirib yeyishga kirishgan edim, tashqarida kuchugim jonholatda akillay
boshladi. Eshik sharaqlab ochil-di-yu, ostonada Dalavoy paydo bo‘ldi. U kechagi charm 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish