www.ziyouz.com
kutubxonasi
46
piymangni yech. — U bir hatlashda Dalavoyning tepasiga kel-di.— Yech deyapman. Tiq
oyog‘ingni tanchaga! Tiqib ko‘r, o‘tirib ko‘r birpas!
Dalavoy beixtiyor o‘rnidan turib ketdi. Esankirab qolgan mehmonga bidir-bidir qilib
gapira boshladi:
— Eshitdingiz, o‘rtoq Toshev? Guvoh bo‘lasiz! Xizmat burchimni bajarayotganimda
haqorat qildi. Aktga shuniyam qo‘shamiz.
— Daraxtni katta xolang ekib qo‘yganmas! — Dadamning mo‘ylovi titray boshladi. U
qattiq g‘azablansa, mo‘ylovi titrab ketardi. — Qani, tuyog‘ingni shiqillat! — dedi tahdid
bilan.
— Nima, urmoqchimisan! — Dalavoy kulrang ko‘zlarini yiltiratib, g‘azabnok pichirladi. —
Qani chertib ko‘rchi. Yetti pushtingni quritib yuboraman!
— Yo‘qol deyapman! — Endi dadamning butun vujudi titrab ketdi.
— Eshitdingiz-a, o‘rtoq Toshev? Bu gapniyam eshitdingiz-a? — Dalavoy eshik tomon
tisarilib borarkan, mehmonga qarab, gapini tasdiqlatib oldi. — Yozamiz, hammasini
yozamiz!
Onam iltijo bilan Dalavoyning yelkasiga osildi.
— Jon ukam, kechiring, jon ukam! Iloyo martabangiz bundan ham ulug‘ bo‘lsin!
Dalavoy bir siltab uning kaftini yelkasidan olib tashladi. Onam endi pocha-po‘stinli
kishiga yolbora boshladi.
— Jon xo‘jayin, ko‘nglingizga olmang, adasi bilmasdan gapirib yubordilar.
— Yalinma deyapman! — dadam shunday hayqirdiki, muz bosgan derazalar zirillab
ketdi. Boyadan beri ko‘zini ocholmay yotgan kichkina akam olazarak bo‘lib, atrofga
javdiray boshladi.
— Oyi, suv, — dedi ovozi xirillab.
Tashqarida tuyoqlarning bo‘g‘iq dukiri eshitildi. Uy ichi o‘lik chiqqandek jimjit bo‘lib qoldi.
Dadam hamon mo‘ylovi uchgancha pishqirib nafas olib, uy o‘rtasida turar, oyim
ostonaga o‘tirib qolgan, katta akam deraza oldida turgancha tashqarini tomosha qilardi.
Beshik g‘ichirlab, ukam g‘ingshiy boshladi. Biroq onam o‘rnidan turmadi.
— Yomon ish bo‘ldi, — dedi sekin. — Endi sudga beradi.
Dadam uy o‘rtasida anchagacha qotib turdi-da, indamay chiqib ketdi. Bir ozdan keyin
tomorqa tomondan boltaning qarsillagan ovozi keldi.
Qayrag‘ochning cho‘g‘i ham o‘riknikiga o‘xshagan baland bo‘larkan. Sandal isishi bilan
jon kirib, yuzimiz qizarib qoldi. Faqat dadamning qovog‘i ochilmadi. Onam akamning
boshidan jilmas, nuqul xo‘rsinar, «o‘zing asra», deb qo‘yardi. Kechki ovqatni opam qildi.
Qorong‘i tushgandan keyin akamning ahvoli og‘irlashdi. U endi alahlamas, havo
yetishmayotgandek qisqa-qisqa nafas olar, dam-badam cho‘chib tushar edi. Onam unsiz
yum-yum yig‘lar, dadamga iltijoli termilardi. Oxiri bo‘lmadi. Dadam eski choponini kiydi,
boshiga telpagini bostirdi. Oyim qayoqqa degandek qaragan edi, qisqagina qilib:
— Achinskaga! — dedi.
— Kelmaydi. — Onam zorlanib bosh chayqadi. — Yarim kechada qor kechib kelarmidi?
Dadam eshikni qarsillatib yopgancha chiqib ketdi. Uy ichiga yurakni sirqiratuvchi
sukunat cho‘kdi. Hujradagi soat chiqillaydi, akamning qisqa-qisqa nafas olishi eshitiladi.
Derazaga quruq qor uchqunlari zirillab uriladi. Allaqaysi teshikdan huvillab sovuq kiradi.
Issiq sandal elitdi shekilli, uxlab qopman. Bir mahal tashqarida itning akillashi, dadam-
ning «yot» deb baqirishidan uyg‘onib ketdim. Kimdir yo‘lakda gursillatib yer tepindi.
Og‘zidan bug‘ chiqib turgan dadam kirib keldi. Ketidan uzun shinel kiygan, qulog‘ini sharf
bilan o‘rab olgan Achinska kirdi. Oq xalati bo‘lmasa ham, ko‘zoynagidan tanidim.
Dadamning mo‘ylovi, doktorning qoshi qordan oppoq bo‘lib ketgan edi.
Oyim darrov o‘rnidan turdi. Salom berdi. Achinska shinelini yechib, yelkasiga qo‘ngan
Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov
Do'stlaringiz bilan baham: |