“Mеnеjmеnt nаzаriyasi” fаni bo’yichа


Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish va nazorat qilish, taktika



Download 384,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana27.04.2020
Hajmi384,2 Kb.
#47513
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
menejment strategiyasi va taktikasi

1.3. Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish va nazorat qilish, taktika. 

 

Strategik  rejani  aniq  amalga  oshirish  o‘ziga  yarasha  muhimlikka  ega  bo‘lib, 

menejment nazariyasidagi quyidagi tushunchalar bilan uzviy bog‘langandir: taktika 

va siyosat, maqsadli boshqaruv mo‘ljali va qoidalari. Taktika: ―Strategiya‖ so‘zini 

o‘zi ikkinchi tushuncha. 

―Taktika‖  –  strategiya  so‘zining  borligini  talqin  qiladi.  Agar  birinchisi  uzoq 

muddatli rejalshtirishni aks ettirsa, ikkinchisi uzoq muddatli rejani amalga oshirish 

uchun  faoliyat  reja  ma‘nosini  bildiradi.  Bu  umumiy  strategiya  bilan 

muvofiqlashtirilgan  aniq  boshqaruv  harakatidir.  Qoidaga  binoan,  taktikani  ishlab 

chiqish  va  uni  amalga  oshirish  menejment  korpusining  o‘rta  bo‘g‘ini  zimmasiga 

yuklanadi. Taktik reja qisqa vaqt uchun belgilanadi, u aniq va tez natijaga erishish 

uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. 

Masalan:  1982-yilda  Byuger  Kingi  strategiya  so‘zini  ishlab  chiqilgan 

mahsulotini  tezroq  sotilishi  uchun  qo‘lladi.  U  televizorda  ―Siz  och  emassizmi?‖ 

degan  reklama  bilan  bifshtekslarini  raqobatchilarnikiga  qaraganda  kattaroq  va 

mazaliroq  tayyorlashga  erishdi.  Bu  esa  bifshteks  sotuvini  10,8  foizga  oshirdi. 

Tashkiliy  tarkibni  takomillashtirish  strategiyasi,  deyarli  barcha  zamonaviy 



kompaniyalar tomonidan ishlab chiqiladi, u o‘z ichiga qo‘shimcha element sifatida 

yangi,  qoniqtiruvchi  ishlab  chiqarish  va  boshqaruv  bo‘linmalarini  tashkil  etishni 

taqazo etadi.  

Masalan:  ―General  Motors‖  katta  kapitallarini  ―Saturn‖  loyihasi  uchun 

sarfladi.  Bu  yangi  eng  afzal  dunyo  tajribasi  asosidagi  Amerika  ishlab  chiqarish 

tizimini  bunyod  etish  uchun  qo‘yilgan  qadam  edi.  Uning  o‘ziga  xos  xususiyati 

shundan  iborat  ediki,  u  ko‘rinishi  jihatidan  piramida  shaklida  emas,  balki  aylana 

shaklida  tashkil  qilingan.  Bu  tizim  markazida  10-15  a‘zoga  ega  brigadalar 

majmuasi,  tashqi  halqa  strategiya  nazorat  qo‘mitasi  va  kasaba  birlashmalari 

rahbariyati turadi. 

―Siyosat‖  –  strategiya  va  taktika  rejalarini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish 

mumkin, qachonki tashkilotda uni yaxshi yo‘lga qo‘ygan tajribada sinalgan mo‘ljal 

tizimi mavjud bo‘lsa. Bu kabi mo‘ljal tizim tashkilot siyosati nomini olgan. 

Strategiya  kabi  firma  siyosati  ham  rahbariyat  tomonidan  tashkil  etiladi  va 

amalga  oshiriladi.  Bu  yerda  siyosatning  harakat  turini  tanlashda  va  qaror  qabul 

qilishdagi  umumiy  rahbarlik  desa  b‘ladi.  Siyosat  menejmentni  qo‘yilgan 

maqsadlarga  erishish  uchun  qanday  yo‘nalishda  harakat  qilishini  aniqlaydi. 

Mo‘ljalni va qo‘yilgan masalalar  yechimini aniqlash usullaridan foydalanadi.  

Firmadagi  boshqaruvning  eng  yaxshi  usuli  –  bu  kadrlar  siyosatini  ishlab 

chiqishdir.  Kadrlar  boshqaruvidagi  psixologik  muhitning  ijobiy  yechimini  yirik 

Amerika  firmalaridan bittasi: postlik  tovarlar  ―Meri  Key  Kosmetik‖  rahbariyatini 

olib borgan siyosatida ko‘rish mumkin. 

―Protseduralar‖  –  firmaning  siyosati  maqsadga  qo‘shimcha  qilib  rahbariyat 

qo‘ygan  masalalarni  yechishda  yordamlashuvchi  harakatlar  majmuasini  ishlab 

chiqadi.  Bu  majmua  protsedura  deb  ataladi.  Mohiyati  bo‘yicha  protseduraning 

o‘zini  dastur  bo‘yicha  bajarilgan  qaror  deyish  mumkin.  Protseduralar  o‘tmish 

tajribasi  uning  muvaffaqiyati  va  mag‘lubiyati  asosida  ishlab  chiqiladi. 

Protseduralar  shunday  sharoitlarda,  ya‘ni  aniq  vaziyat  avvalgisiga  o‘xshash 

bo‘lganda  ishlatiladi.  Inson  oldindan  tayyorlangan  qoida,  ya‘ni  protseduralar 

bo‘yicha  harakat  qilayotgan  bo‘lsa,  uning  harakati  albatta  natijaga  ega  bo‘ladi. 




Shunday qilib protseduralar masalani yechish kafolati va bu qarorni yechimini aniq 

va to‘g‘riligini nazorat qiluvchi sifatida qo‘llaniladi.  

Masalan:  ko‘plab  savdo  kompaniyalari  o‘z  xizmatchilarini  komandirovkaga 

jo‘natadi,  borib  kelgandan  so‘ng  ketgan  harajatlar  bo‘yicha  blank  to‘ldiriladi,  u 

yerdagi protseduralar ham aniq bajariladi. Yana shunga o‘xshash   ―MakDonalds‖ 

kompaniyasini  olsak  texnik  protseduralar  ko‘rsatilgan  1500  betli  taom  tayyorlsh 

protseduralari mavjud bo‘lib unga amal qiladi. 

―Qoidalar‖  –  insonni  erkin  harakatini  yana  ham  jiddiy  cheklovchi,  unga 

yozma  ravishda  beriladigan  axloq  qoidasidir.  Tashkilot  rahbariyati  qoidani 

shunday  holatlar  uchun  yaratadiki,  uning  bajarilishi  masalalarning  aniq  hal 

qilinishiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Masalan:  ―Chekish  man  etiladi‖  deb  yozib  qo‘yiladi, 

kimyoviy labaratoriyalarda havf bo‘ladi. Xaridorlaraga ko‘ngilchanlik bilan xizmat 

ko‘rsatish qoidasi savdo firmasi uchun eng muhim hisoblanadi, agar u bozorda o‘z 

o‘rnini  topishni  istasa,  ishga  aniq  vaqtda  kelish  va  ketish  qoidasi  hamma  ishlab 

chiqarish  va  jamiyat  yo‘nalishidagi  tashkilotlar  bajarilishi  shart  qoidalar 

hisoblanadi.  

Qoida  bilan  protseduraning  farqi  shundan  iboratki,  qoida  bitta  aniq  masala 

uchun hisoblangan boladi. Protsedura esa bir necha harakatlar majmuini o‘zida aks 

ettiradi.  

 

 




Download 384,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish