“Mеnеjmеnt nаzаriyasi” fаni bo’yichа



Download 384,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana27.04.2020
Hajmi384,2 Kb.
#47513
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
menejment strategiyasi va taktikasi

 

 

Biznes 

strategiyasi 


Xarajatlarni  kamaytirish  strategiyasini  qo‘llashda  muvaffaqiyatga  erishish 

uchun,  barcha  tashkil  qiluvchi  bizneslar,  tashkiliy  madaniyat,  motivatsiya  tizimi, 

tashkilotning  strukturaviy  qurilmasini  qo‘shgan  holda  shu  masalani  yechishga 

yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Tashkilot strukturasi mumkin qadar kam darajalarni 

tashkil  qilishi  va  hisobot  tizimi  maksimal  oddiy  bo‘lishi,  menejment  va  ishchi  – 

xizmatchilar tor funksional masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.  

 

3.  Tabaqalashish strategiyasi – mahsulotni takomillashtirish, rivojlantirish va 

xilma-xillikni oshirish. 

 

Tabaqalashish  strategiyasi,  raqobat  kurashida  mahsulotni  takomillashtirish 

yo‘li bilan, unga a‘lo darajadagi sifatlar berish va raqobatchi mahsulotiga nisbatan 

uning  iste‘mol  ustunligini  oshirish  orqali  g‘olib  chiqishga  intilishdir.  Yakuniy 

natijada  mahsulot  iste‘mol  qiymatining  raqobatchi  mahsulotiga  nisbatan  yuqori 

bo‘lishiga  erishish  kerak.  Bu  maqsadga  erishishning  ko‘plab  yo‘llari  mavjud. 

Ularning asosiylari quyidagilar: 

  Eng yaxshi ingredientlar, materiallar va xom-ashyolarni qo‘llash; 

  Mahsulotni takomillashtirish; 

  Mahsulotlar kombinatsiyasini yaratish; 

  Qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish

  Sotish tizimini takomillashtirish. 

Tabaqalashish  strategiyasining  muhim  yo‘nalishlaridan  biri  –  mahsulotning 

yuqori  sifatini  ta‘minlash  bo‘lib,  bunga  mahsulot  imidji  va  savdo  markasini 

shakllantirish hamda texnologiyani takomillashtirish orqali erishiladi. 

 

4.  Yangi tovarlarni yoyish strategiyasi. 



  

Yangi tovarlarni yoyish strategiyasi, bozorda mutlaqo yangi, butunlay boshqa 

iste‘mol sifatlariga ega bo‘lgan tovarlarni yoyish bilan bog‘liq. Haqiqatda gap bu 

yerda  birinchi  o‘tuvchilar,  yangi  bozor  va  yangi  tarmoq  yaratuvchilar  to‘g‘risida 

ketyapti.  Yangi  mahsulotlarni  bozorda  yoyishning  ko‘plab  misollari  mavjud  – 

ko‘paytirish texnikasi, xususiy kompyuterlar, videokamera va boshqalar. 




Yangi  mahsulotni  yoyish  tavakkalchilik  bilan  bog‘liq  va  o‘tkazilgan 

tadqiqotlardan  kompaniyalar  barcha  holatlarning  yarmidagina  muvaffaqiyatga 

erishganligi  ko‘rinadi.  Biroq  statistika  yana  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  birinchi 

o‘tuvchilar,  mahsulotni  yoyish  strategiyasini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  

hisobiga bozordagi kata ulushni egallab olmoqda. 

Birinchi o‘tuvchilarning asosiy muammosi – boshqa kompaniyalar tomonidan 

o‘z harakatlari nusxalarining kochirilishini himoya qilishdir. 

 

5.  Bozorni rivojlantirish strategiyasi. 



 

Bozorni  rivojlantirish  strategiyasi  –  bu  tovarning  yangi  bozorlarda 

harakatlanishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  o‘sish  strategiyalaridan  biri.  Yangi  bozor 

geografik mazmunda bo‘lishi mumkin  – yangi hududlar, bundan tashqari mavjud 

geografik hududlarda yangi segmentlarni qamrab olish mazmunida ham. 

Geografik  bosib  olish  tovar  ishlab  chiqaruvchi  tarmoqlarning  boshqa 

hududlarda  rivojlanishi  bilan  bog‘liq.  Yangi  segmentlarni  qamrab  olishning 

ko‘plab  yo‘llari  mavjud  –  tovarlar  harakati  tizimini  rivojlantirish,  mahsulotni 

takomillashtirish,  yangi  yosh  kategoriyalarni  qamrab  olish  va  boshqalar.  Misol 

uchun, ―Johnson & Johnson‖ kompaniyasi yangi bolalar shampuni ishlab chiqdi va 

uni tegishli segmentdan o‘tkazdi. Keyin kompaniya yangi segmentni  – yoshi kata 

iste‘molchilarga,  bolalar  shampunini  kattalar  tomonidan  ishlatilishi  afzalliklarini 

reklama qilib butun bozorni zabt eta boshladi. 

 

6.  Adaptiv kooperatsiya strategiyasi. 



 

Tasavvur  qilaylikki,  bozorda  ikkita  kompaniya  ustunlik  qilmoqda.  Agar  bu 

kompaniyalar  bozorad  baholar  siyosatini  muvofiqlashtirish  to‘g‘risida  shartnoma 

qabul qilishsa, unda bozorning monopollashuvi muammosi vujudga keladi. Ikkala 

kompaniya  ham  o‘z  mahsulotlarini  ancha  yuqori  baholarda  sotish  imkoniyatini 

qo‘lga kiritishadi. Ko‘plab mamlakatlarda bunday aniq kelishuvchilik taqiqlangan. 

Ikkita  kompaniya  ham  bir-biri  bilan  raqobat  qilishdan  voz  kechib,  bu  to‘g‘risida 

ochiqdan-ochiq  kelishib  olmasadan,  bozorda  vujudga  kelgan  holat  bo‘yicha 




yo‘nalish olishni boshlab, o‘zaro bir-birlarining harakatlarini oldindan ayta borib, 

unga  shunday  darajada  o‘zaro  foyda  olishga  erishishga  moslasha  borish  mumkin. 

Adaptiv kooperatsiya strategiyasi ana shunday tashkil topgan. 

 

7.  Strategik alyanslar. 



 

Alyanslar  tuzish  strategiyasi  bir  necha  firmalarning  u  yoki  bu  faoliyat 

yo‘nalishlari  yoki  qandaydir  aniq  maqsadga  erishish  uchun  kuchlarni 

muvofiqlashtirish  va  bo‘lishdan  iboratdir.  Masalan,  1997-yili  beshta  yirik 

aviokompaniyalar  –  Germaniyaning  ―Lyuftganza‖,  Skandinavaning  ―GAG‖, 

Kanadaning  ―Air  Kanada‖,  Amerikaning  ―United  airlines‖  va  Tailandning  ―Tai 

airlines‖, ―Zvyozdny soyuz‖ strategik alyansini tuzishdi. Alyansda ishtirok etuvchi 

barcha  kompaniyalar  mustaqil  bo‘lib  qoladi,  lekin  chiptalarni  sotishda,  tariflarni 

belgilashda, uchish jadvallarini tuzishda hamkorlik qilishadi. 


Download 384,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish