“Mеnеjmеnt nаzаriyasi” fаni bo’yichа



Download 384,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana27.04.2020
Hajmi384,2 Kb.
#47513
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
menejment strategiyasi va taktikasi

Korxonada 

strategik 

rejalashtirishning 

tuzilishi

 


unga  aniq  bozorlar  uchun  mo‘ljallangan  mahsulot  turlari  guruhi  kiradi.  Masalan, 

ikki  strategik  bo‘linmadan  iborat  bo‘lgan  elektromexanika  korxonasini  olib 

ko‘raylik. Biri kemasozlik uchun dizel motorlari, ikkinchisi sug‘orish ishlari uchun 

kompressorlar  ishlab  chiqaradi.  Har  ikki  struktura  ham  korxonaning  umumiy 

iqtisodiy siyosatida muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda yana bir bor harbiy nazariyaga 

e‘tibor  beraylik.  Harbiy  dengiz  floti  turli  kemalardan  iborat.  Bosh  qo‘mondonlik 

bo‘linma  rahbarlari  bilan  kelishgan  holda  flotning  vazifalari  va  harakat  qilish 

joyini  aniqlaydi.  Mo‘ljallangan  hududda  har  bir  kapitan  o‘z  kemasidagi  holatga 

javob beradi. Kema (bizning misolimizda bo‘linma) o‘zining ―jang qilish joyiga‖ 

ega bo‘ladi.  

Yuqorida  ta‘kidlab  o‘tilgan  uch  darajaga  qaytamiz.  Konsern  darajasida  har 

yili  umumiy  strategiya  tuziladi.  Bu  umumiy  strategiya  4-5  yil  oralig‘ini  qamrab 

oladi.  Unda  strategik  tadqiqot  natijalari  hamda  hozirgi  ―strategik‖  holat  tahlil 

qilinadi.  Reja  korxonaning  yaqin  yillarda  egallashi  mumkin  bo‘lgan  holatni  aks 

ettiradi.  Rejaning  ma‘nosi  quyidagicha  bo‘lishi  mumkin:  ―Biz  qanday  biznesga 

taalluqlimiz?‖. Konsernning umumiy rejasida quyidagi elementlar mavjud bo‘ladi:  

  Konsernning hususiy holati; 

  Faoliyat turlari; 

  Ko‘zda tutiladigan o‘sish va rentabellik. 

Konsernning  umumiy  rejasi  asosida  3-5  yilga  mo‘ljallangan  strategik  rejalar 

tuziladi.  Bu  strukturaviy  birlikka  mo‘ljallangan  strategik  rejani  qayta  ishlashdir. 

Bunday reja maqsadlar va belgilangan vazifalarni o‘z ichiga oladi (foyda, aylanish, 

bozor hissasi, mahsulotlarni yangilanishi va h.k.) ya‘ni: 

  Bozorda tutgan o‘rin tahlili va raqobat munosabatlari

  Turli muqobil strategiyalar va ularning moliyaviy oqibatlari; 

  Tanlangan strategiyani yaratish. 

Strategik  rejalashtirishning  uchinchi  darajasi  funksional  rejalashtirishdir.  Har 

bir  aniq  funksiya  (sotish,  sotib  olish,  mahsulot  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi) 

olinadi  va  moddiy  hamda  mehnat  resurslaridan  optimal  foydalanish  maqsadida 

strategik rejalar tuziladi. 




 

Strategik 

rejalashtirishning 

muhim 


bosqichlari 

quyidagilardir: 

 

  Strategiyani shakllantirish; 



  Strategiyaga aniq shakl berish

  Baholash va nazorat. 

 

 

 



 

 

 



 

Ushbu bosqichlarga qisqacha ma‘lumot beramiz. A bosqichi to‘rtta qadamdan 

iborat: 

1-qadam. Korxonaning iqtisodiy faoliyati maqsadlarini aniqlash. 

 

Bu  qadamda  quyidagi  savollarga  javob  topish  kerak:  bozor  –  mahsulot 

munosabati  qanday  bo‘lishi  kerak?  Qanday  hududiy  bozorlarga  chiqamiz? 

Korxona  funksiyalari  qanday  belgilanishi  lozim?  So‘nggi  savolni  aniqlashtirish 

uchun  quyidagi  misolni  ko‘ramiz:  korxona  o‘z  mijozlariga  mahsulotni 

avtomashinada  yetkazib  beradi.  Bunday  korxona  o‘zini  transport  korxonasi  deb 

hisoblaydi va asosiy funksiyasini aniqlaydi. Ammo asosiy funksiya keng na‘noda 

ko‘rib  chiqiladi,  masalan,  ta‘minot  xizmatlarini  ko‘rsatish.  Agar  korxona  faqat 

mahsulot  tashish  emas,  balki  boshqa  xizmatlarni  ham  bajarsa,  masalan,  o‘rash, 

qutilarga  joylashtirish,  hujjatlar  bo‘yicha  hisobga  olish  va  h.k.  xizmatlarni 

ko‘rsatsa, ta‘minot xizmatlarini ko‘rsatuvchi hisoblanadi.  

 

2-qadam. Tashqi muhitdagi omillar (tashqi tahlil). 



 

Tashqi  muhit  deganda,  korxona  faoliyatiga  ta‘sir  etuvchi  tashqi  holat 

majmuasi tushuniladi. Strategik qarorlarni qabul qilish uchun hamma omillar ham 

muhim  emas.  Tarmoqning  rivojlanishiga  ta‘sir  etuvchi  omillar,  ya‘ni  hukumat 

siyosati  (subsidiyalar,  atrof  muhitni  himoya  qilish  bo‘yicha  talablar,  umumiy 


Download 384,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish