Менежмент. Маркетинг



Download 8,34 Mb.
bet254/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

14.1. Raqobat haqida tushuncha

Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo‘lagidir.

Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy saloxiyatini mustaxkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida ildam katnashishda tovarlar sifatini kutarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat aloxida faollikkka ega bo‘ladi.

Har bir haridor o‘ziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste’molchilar esa rakiblar tovariga nisbatan ko‘prok ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. SHuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni faqat rakiblar tovarni solishtirish orqali aniqlash mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog‘liqdir.

Tovar raqobatbardoshligini o‘rganish murakkab va o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

- tovarni sotish bozorni o‘rganish;

- rakiblar haqida ma’lumotlar yigish;

- iste’molchilar talablarini o‘rganish;

- raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;

- ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.

Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab kiladi.

Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanok o‘z raqobat qobiliyatini yo‘kota boshlaydi, bu jaraenni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum raqobat qobiliyatini tula yo‘kotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi.

Raqobat so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, maqsadga erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda rakiblarning maqsadi haridorni tovarni harid qilishga jalb qilishdan iborat.

Tashqi bozorga chiqish xamisha raqobat kurashiga tortilish demakdir. Jaxon tovar bozorlari goyat to‘yingan, taklif talabdan ustun, bo‘lgan sharoitlarda xar bir tovar va uning ortida turgan tovar ishlab chiqaruvchi iste’molchilarning nazariga tushish uchun kurash olib borishga majbur. Xaridorning ayrim bir extiyojlari teng yoki qisman o‘zgaradigan sharoitlarda bir xil yoki xar xil usullar bilan qondirishga mo‘ljallangan xilma xil tovarlar ayni bir paytda taklif etiladi. Bunday sharoitda iste’molchi o‘zining qiymat birligi bo‘yicha raqobatchilar tovarlariga qaraganda extiyojni ko‘proq va yuqori darajada qondiradigan tovarni tanlaydi. Mobado tovar sotilmagan bo‘lsa va xaridor boshqa kompaniya maxsulotini tanlagan va mazkur tovarni rad etgan bo‘lsa, unda bu kompaniya past xarajatlar xam, yo‘qsak mexnat unumdorligi xam joniga ora kirmaydi. Kasodga uchrash xavfi aniq haqiqatga aylaynadi. Umuman olganda raqobat deganda biron bir soxada ayrim shaxslar o‘rtasidagi bir maqsad uchun kurashda olib boriladigan raqiblik bellashish tushuniladi.

Raqobat kurashining bir qancha ko‘rinishlari uchraydi. erkin yoki xalol raqobat bozorda juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar xamda iste’molchilar faoliyat olib borganda yuzaga keladi. Bunda yangi raqiblarning paydo bo‘lishi uchun to‘siklar ko‘yilmagan, narxlar talab va taklif ta’sirida erkin o‘zgarib turadi. Bunday sharoitlarda raqiblarning birortasi xam narxlarga yoki boshqa usullar bilan bozordagi xolatga ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli darajada kudratga ega bo‘lmaydi. Ammo iqtisodiyotning xozirgi xolati uchun bunday axvol emas. Uning uchun aksincha aligopoliya – ishlab chiqarish va sotishning katta qismini nazorat qiladigan bir necha yirik firmalarning raqobati ko‘p uchraydi, ularning xar biri bozor siyosatini mustaqil yuritadi. Ammo ayni paytda ularning barchasi o‘zaro bir-biriga boglanib ketgan va raqiblar strategiya bilan xisoblashishga majbur.

Diversifikatsiya raqobat qiyofasini xamda korporatsiyalarini boshqarish tizimi o‘zgartirib yubordi. Yirik sanoat firmalari va bank muassasalari monopol narxlar, patent, kredit, savdo va boshqa siyosat yo‘llari bilan raqobatni sun’iy ravishda cheklashga o‘ta boshladi. Ishlab chiqarish - moliya kapitali – ishlab chiqaruvchi kuchlarning fan-texnika inkilobi sharoitida yanada yiriklashuvi milliy iqtisodiyot doirasidan chikib ketdi va yalpi esksportni xom ashyo xamda yokilgi bilan umumjaxon mikyosida ta’minlashga o‘tishni talab etadi.

Uning oqibati tarzida tashqi iqtisodiy aloqalar kengaydi, iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishda tarkibiy siljishlar xamda samaradorlikning yo‘qsaltirishni muxim xamda mustaqil omilga aylandi.

Monopoliyalar kapital xamda ishlab chiqarishni yiriklashtirishning xalqaro miqyosiga chiqdi. Transmilliy korporatsiya va transmilliy banklar uning asosiy ko‘rinish bo‘lib qoldi. Xozirgi davrda ular eng e’tiborli kapitalistik xo‘jalik korxonalari tarzida ma’lum, shuni xam aytish lozimki, ularning ta’siri faqat iqtisodiyot bilan chegaralanmay – siyosatga xam daxildor. CHet ellarga bunday keng miqyosdagi keng ekspansiyaning asosiy sababi chet el foyda normasining goyat yuqoriligi edi.


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish