3. Firmani raqobatdoshligini belgilaydigan omillar.
Raqobatdoshlik serqirra tushuncha bo‘lib, unga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot masalalariga qarab asosiy omillar va ularning miqdorlarini xisoblash usullari tanlab olinadi. Masalan, firmaning raqobatdoshligi darajasini baxolashda tarmoq bozorida raqobat kurashi jadalligini belgilaydigan omillar taxlil uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
Raqobatchi firmalar soni va ularning kiyosiy quvvati. Bu omil raqobat kurashi darajasiga xal kiluvchi ta’sir ko`rsatadi. Bozorda quvvati taxminan teng bulmagan firmalar ishtirok etgan xollarda raqobat jadalligi kuchli namoyon bo‘ladi. Agar bozorda bir qancha yirik kompaniyalar mavjud bo‘lsa, kichikroq firma tang axvolda qoladi;
Raqiblar xarakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi kompaniyalar ning soni va ko‘lami asosidagi raqobat tavsifini to‘ldiradi. Bu omil raqobatchi firmalarining mustaqil yoki sheriklar jalb etgan xolda ish va xizmatlarning keng kompleksining amalga oshirish, tarmoq maxsulotlari ning xar xil turlarining ishlab chiqarish qobilyatini aks ettiradi;
Bozordagi talab xajmini urganish. Bu omil yuqoridagi ikki omilning ta’sisini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Talab kengaygan xollarda raqobat mikyosi pasayadi, aksincha, talabning qisqarishi raqobatni, xatto uning darajasi past bulgan xolda xam kuchaytiradi;
Maxsulotning tabakalashuvi darajasi. Umumiy marketing nazariyasidan ma’lumki, maxsulotning tabakalanish darajasi naqadar yuqori bulsa, boshqa xolatlar teng bulgan sharoitlarda bozorda raqobat darajasi shu qadar sust buladi;
Iste’molchilarning bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‘chishi xarajatlari. Bir firma xizmatidan foydalanib kelgan iste’molsi vaqti o‘tishi bilan muayyan sabablarga ko‘ra boshqa firma xizmatidan foydalanishni ixtiyor qilib qo‘lishi mumkin;
Bozorda chiqib ketish to‘siqlari va ularning darajasi ma’lumki, kompaniyalarning boshqa tarmoq bozorlariga kuchishi yoki biznesning shu soxasidan chiqishi katta xarajatlar bilan bogliq tarmoqlarda raqobat kuchli;
Bozorga kirib kelish va uning darajasi. Bu omil yuqoridagi omil bilan chambarchas boglangan, ammo unga zid tarzda amal qiladi. to‘siqlarning ko‘payishi raqobatni pasaytiradi yoki aksincha;
YOndash tarmoq bozoridagi vaziyat. YOndash tarmoq bozorlaridagi kon’yunktura va raqobatni o‘rganish ayrim bir tarmoq bozoridagi raqobat darajasini belgilaydi;
Raqiblar strategiyasidagi farqlar. Raqiblar strategiyasini tadqiq etish raqiblarning strategik maxsulotlaridagi umumiylik yoki tafovutlarni aniqlash maqsadlarida o‘tkaziladi;
Ushbu bozorda raqobat uchun aloxida sabablarning bo‘lishi raqobat darajasi bozorning aloxida bir jalb etuvchilik yoki aksincha bezdiruvchilik xususiyatlar bilan xam belgilanadi. Ayrim bir firmaning raqobatdoshlik darajasini, uning tarmoq bozoridagi urnini aniqlashda so‘nggi xulosalarga kelishi uchun to‘plagan ma’lumotni mamlakatdagi raqobat darajasini xamda mamlakatning umuman jaxon iqtisodiyotida raqobatbardoshligi darajasi taxlil bilan tuldirmoq zarur.
14.4 Tovar raqobatbardoshligini aniqlash23
Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat:
K= R/S max
bu yerda: R-tovarning foydali samarasi;
S-tovarni harid qilish va foydalanishga oid harajatlar (sotib olish harajatlari);
Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- bozorni tahlil qilib, o‘zimizning tovarimizga o‘xshash namunasini topib olish;
- bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‘rsatkichlarni belgilash;
- o‘zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
Raqobatning asosiy kuroli bo‘lib, talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish vositalari xizmat kiladi. Asosiy axborotni haridorlar tovar ishlab chiqaruvchilardan olishadi. Haridorlarni asosan tovarning iste’mol kiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: tovarlarning xizmatlari bo‘yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga karatilgan raqobat, bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarish orqali bo‘ladigan raqobat; yeki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.
Narxlar orqali raqobatlashish eng keng tarkalgan.
Hozirgi davrda raqobat o‘ziga xos kiyofa kasb etmokda. Narxlar sohasida raqobat ishlab chiqarishni harajatlar eng kam bo‘ladigan mamlakatlarda yo‘lga quyishni talab kiladi.
Narx bilan raqobat utmishda erkin bozor raqobati bo‘lgan, bozorda bir xil tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo‘lgandi. Ishlab chiqaruvchi narxni pasaytirish bilan o‘z tovarini ajratib ko‘rsatishga, unga e’tiborni karatishga va pirovard natijada o‘zi istagan bozor xissasini egallashga erishgan. Hozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiq raqobat amal kilmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning rakibi ham shu ishni kiladi, bu esa firmaning bozordagi mavkeini o‘zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun investitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan zafar va rakiblarni surib chiqarish urniga kutilmagan xonavayronlik va sinish yuz beradi. SHu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzoqrok ushlab turishga, tannarxni hamda marketing harajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko‘paytirishga intiladi. Fan-texnika taraqqiyoti yutuklari tufayli raqobatning narx bilan bog‘liq bo‘lmagan usullaridan foydalanishning kulay sharoitlari yuzaga keldi.
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste’mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuxrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o‘rganishda quyidagi savollarga javob topiladi:
-boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar kaysilar?
-raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni rag‘batlantirish usullari qanday?
-kaysi savdo belgilari ishlatilmokda?
-raqobatchilar tovarlarining uramasi-bezaklari, dizaynida nimalar ko‘zga tashlanmokda?
-tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmokda?
-milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmokdami yeki firma o‘z shaxobchasini ochganmi?
-raqobatchilar kullaetgan tovar harakati (transport, zaxiralar xajmi, omborlari va ularning joylanishi.
Natijada raqobatchi shundjay harakat qilishyapti? Boshqacha yo‘li yo‘kmi? Degan savollarga javob topiladi.
P.S.Zavyalov fikricha “Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda haridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va kiymat tavsiflari majmuini, ya’ni o‘xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo‘lgan sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmok lozim”.
Haridorning harajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini harid harajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste’mol etish bilan bog‘liq harajatlar tashkil etadi.
Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo‘lib, unga ko‘plab omillar ta’sir etadi.
J.J.Lamben raqobatli afzalliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruxlaydi – tashqi va ichki raqobatli afzalliklar, ya’ni firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli afzalliklardir. Tashqi raqobatli afzallik tovarni “bozor kuchini ifodalaydi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqorirok sotish narxlarini qabul qilishga majbur kila oladi va mavjud tovarlardan norozi bo‘lgan haridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish harajatlari, raqobatchidan ko‘ra kamrok tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun kiymat xosil kiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomoindan pasaytirilishiga ko‘prok darajada bardoshli kiluvchi yuqorirok unumdorlik okibatidir””.
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko‘rinishida ko‘rsatish mumkin: narx – sifat – servis – marketing muxiti .
Raqobatbardoshlik sifat va kiymat omillari bilan bog‘liqdir. Ular sifat, iqtisodiyot va marketing ko‘rsatkichlari yordami bilan to‘liq tavsiflanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |