2. Raqobat usullari.
Raqobat usullari xam o‘zgaradi. Tobora iste’mol qiymati sifat asosidagi raqobat narx bilan raqobat urnini egallab bormoqda. Narx bilan raqobat utmishda erkin bozor raqobati bo‘lgan, bozorda bir xil tovarlar xar xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo‘lgandi. Ishlab chiqaruvchi narxini pasaytirish bilan o‘z tovarini ajratib ko‘rsatishga, unga e’tiborni qaratishga va pirovard natijada o‘ziga nisbatan bozor xissasini egallashga erishgan. Xozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochik raqobat amal qilmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi xam shu ishni qiladi, bu esa firmaning bozordagi mavkeyini o‘zgartirmaydi, aksincha, umuman tarmoqdagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun investitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Oqibatda kutilgan zafar va raqiblarni surib chiqarish o‘rniga kutilmagan xonavayronlik va sinish yuz beradi. SHu sababli sanoat manapoliyalari narxlarni iloji boricha uzaqroq barqaror ushlab turishga, tannarxni xamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko‘paytirishga intiladi. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari tufayli raqobatning narx bilan bogliq bo‘lmagan usullaridan foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keladi.
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifati. Past “iste’mol narxi”, zamonaviy dizayni, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuxrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.
G‘arbdagi firmalardan biri o‘zi ishlab chiqargan EXM lar narxini pasaytirdi. CHunki uning 4 ming dollar bo‘lgani xolda uni ishlatish xarajatlari yiliga 3250 dollarni tashkil etar ediki, bu raqiblar kompyuterlaridan foydalanish xarajatlariga nisbatan juda ko‘p edi. shunda firma narxi 5000 dollar bo‘lgan yangi EXM ishlab chiqardi, ammo endi undan foydalanish xarajatlari yiliga 1250 dollarni tashkil etar edi.
SHuningdek, tovarni qisqa muddatlarda yetkazib berish xodimlarni texnik jixatdan murakkab o‘lgan tovardan foydalanishga o‘rgatish, sarflanadigan energiya, metal miqdorini kamaytirish va boshqalar xam narxsiz raqobat usullariga kiradi. Narxsiz raqobatning eng muxim omillari kudratli savdo shaxobchalari xamda servis xizmati barpo etishdir.
Narxsiz raqobatning ijobiy jixatlari bilan bir qatorda uning nokonuniy va girrom usullari xam bor: Sanoat josuzligi, ishlab chiqarish sirlaridan xabardor mutaxassislarni togdirib olish, sirtdan qaraganda aslidan farq kilmaydigan, ammo sifati past kalbaki tovarlar ishlab chiqarish shular jumlasiga kiradi.
G‘irrom raqobat yuz bergan xollarda bexabarlik yangilashuv va shunga o‘xshash sabablar uni oqlaydigan vaj bo‘la olmaydi. Sobiq sovet tashkilotlarining giroom raqobat bilan bogliq da’volar bo‘yicha chet el firmalari ko‘rkam moddiy va ma’naviy zararni o‘z yonlaridan qoplagan xollari ma’lum.
Maxsulotni eksport qilish xaqidagi masalani xal etishda bu xarakat boshqalarning xuquqlarini buzmasligiga va tajovuzlardan muxofaza qilnganligiga ishonch xosil qilish zarur. eksport tovarlarni patent – xuquqiy ximoya qilish tovarni xar qanday xalaqitsiz ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlarini beradi. Firmalar patent ximoyasidan raqobat kurashi usuli tarzida foydalanadi. Birinchidan, patent yoki boshqa muxofaza xujjati bilan ximoyalangan tovar ximoyalanmagan tovarga nisbatan qimmat va yuqori baxolanadi. SHu sababli patentlash uchun ko‘rsatma uziga xos reklama orqali ta’sir ko‘rsatish vositasi xisoblanadi. Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchi patent – xuquqiy ximoyadan foydalanib, o‘z raqiblarini xuddi shunday maxsulot tayyorlash, undan andoza olish imkoniyatidan maxrum etadi, natijada o‘z tovarini yuqori monopol narxlarda sotadi. Texnik jixatdan murakkab bulgan tovarlar uchun nisbatan qisqa, ammo barqaror patent ximoyasidan foydalaniladi. Ishlanma sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish sirlari, texnikaviy yechimlar “Nou-xau” bilan muxofaza qilinadi. Keng iste’mol mollari ishlab chiqaruvchilar chet ellarda sotish oldidan uz tovarini sanoat namunasi, guvoxnomasi bilan ximoya qiladi.
Tarmok ichida va tarmoqlararo, narx va narxsiz raqobat usullari bilan birga marketing soxasida raqobatning 3 ta turi bo‘lishi mumkin.
Funksional raqobat – bir extiyojni qondirishning juda ko‘p xar xil usullari mavjud bo‘lishi bilan bogliq. Masalan, chanqoqlikni suv, sharbat, ichimlik, choy va sut qondirishi mumkin. Sport tovarlari yoki yozuv jixozlari va shunga uxshashlarning xar –xil turlari bir-biriga xam funksional raqobatchilar xisoblanadi. Firma xatto goyat noyob tovar ishlab chiqaruvchi bo‘lgan xollarda xam funksional raqobat bilan xisoblashishiga to‘gri keladi.
Tur raqobati – bir maqsadga mo`ljallangan turlicha, ammo goyat muxim tomonlari bilan ajralib turadigan tovarlar mavjud sharoitda paydo buladi. Masalan, bir sinfga mansub, ammo dvigateli quvvati xar xil bo‘lgan 5 o‘rinli avtomobillar.
Buyum raqobati – firmalar tomonidan moxiyat e’tibori bilan bir xil lekin sifatli qilib tayyorlangani yoki xatto sifati xam bir xil tovarlar ishlab chiqarilishi natijasida paydo bo‘ladi. Aksariyat xollarda bunday raqobat firmalararo raqobat deb xam yuritiladi, lekin yuqorida tilga olingan raqobat turlari xam firmalararo bo‘lishini nazarda soqkit qilmaslik darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |