Менежмент. Маркетинг



Download 8,34 Mb.
bet251/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

7-Jadval


Marketing kommunikatsiyasining bosqichlari

Yillar

Bosqichning nomi

Bosqichning tavsifnomasi

1950-1960

Tizimsiz kommunikatsiya bosqichi

Kommunikativ siyosat katta rol uynamaydi, doimiy talabni ta’minlash uchun tovar taklifi xajmiga kontsentratsiya bosh masala hisoblanadi

1960-1970

Tovar kommunikatsiyasi bosqichi

Sotishni tashkil etishda korxona kommunikativ vosi-talardan foydalanadi. Birin-chi rejaga reklama va sotishni rag‘batlantirish chiqadi

1970-1980

Maqsadli gurux kommunikatsiya bosqichi

Kommunikatsiya firmalar tomonidan foyda olishga imkon beruvchi maqsadli guruxlar bilan o‘zaro ta’sirda mijoz lar bilan mulokot uchun ishlatiladi

1980-1990

Raqobatli kommunikatsiya bosqichi

Kommunikativ sharoitni o‘zgarishi va kommunikativ raqobat ko‘rsatishning usishi korxonadan kommunikatsiyani optimal shakl va vositalarini talab kiladi

1990-2010

Raqobatli va integratsiyalangan kommunikatsiya bosqichi

Bozorni rivojlanish dinamikasi reklama tashuvchilariga media tarkatishni shakllantirishga olib keladi. Integratsiyalangan kommunikatsiyaga utishni talab kiladi

Korxona o‘z firmasining yaxshi imidjini yaratish uchun ko‘plab kommunikativ jarayonlar bilan o‘zaro kelishishga majburdir. Korxona tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga chukurrok, ya’ni bozorni muhimrok maqsadli segmenti va haridorlari e’tiborini erishishga kurashib jalb etiladi.

Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga oluvchi faqat kompleks yondoshishi imkoniyati quyiladi. Buning uchun korxonadan tadbirkorlikning integratsiyalangan kommunikativ konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab qilinadi.

Integratsiyalangan kommunikativ jarayonning xususiyati bo‘lib kommunikatsiya vosita va jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turli-tumanligi hisoblanadi.

Kommunikatsiya quyidagicha tasniflanadi: kontakt turi bo‘yicha shaxsiy va shaxsiy bo‘lmagan; jadalligi bo‘yicha jadal va tarkor; qo‘llash chastotasi buycha yagona va ko‘p marotabalik; ta’sir natijasiga ko‘ra samarali va samarasiz.

Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida menejment(firma boshqaruvi); xodimlar; mijozlar; jamoat; biznes bo‘yicha sheriklar.

Kommunikatsiya jaraeni:

Har qanday kommunikatsiya o‘zatuvchi va qabul qilib oluvchi orasidagi signallarni yezish uchun signallarni kodlash-dekodlashtirish tizimi yerdamida, o‘zaro signal almashinuvini nazarda tutadi. Bundan kelib chiqadiki, kommunikatsiya samaradorligining asosiy shartlari kelib chiqadi:

Kommunikatsiya maqsadi: kuzatuvchi qanday auditoriyaga yetib bormoqda ekan va qanday javob olmokchi ekanini aniq bilishi lozim.

Ma’lumot tayerlash. Pivbar, haridorlarning tajribasini va ko‘zda tutilgan auditoriyaning ma’lumotlarini dekodlash usulini hisobga olmok kerak.

Kanallarni rejalashtirish. kuzatuvchi o‘z ma’lumotlarini ko‘zlagan auditoriyaga eng yaxshi yetkazib bera oladigan kanallar orqali o‘zatish kerak.

Ma’lumot samaradorligi-uzatuvchining aks aloqa signallari bo‘yicha ko‘zlangan auditoriyaning o‘zatilgan ma’lumotlarga javobini baholay olishi kerak.

Yuqorida sanab utilgan samaradorlik shartlari har qanday marketing kommunikatsiya dasturiga kiruvchi qarorlar tuplamini belgilaydi.

Marketing kommunikatsiyasining ikki asosiy vosita-bu savdo xodimlari orqali shaxsli mulokatlar va reklama kanallari orqali shaxssiz mulokatlardir.

SHaxsiy savdo samaradorligi reklamadan ancha ko‘pdir. Reklamaning yutugi uning narxida: reklama yeradamida bitta mulokat savdo agentining vizitidan ancha arzon.

Reklama qisqa vaqt oraligida qayta auditoriyalar bilan mulokat qilishga imkon bersa, agent esa oz sondagi kliyent (mijoz)larga bera oladi.

Tor doiradagi haridorga kerak bo‘lgan murakkab holi keyin ishlatiladigan tovarga nisbatan umumiy tarzdagi soddalashtirilgan reklamadan ko‘ra savdo agentining tasviri kuchlirok.

Agent bevosita ta’sir etib haridordan darhol buyurtma olishi mumkin holda, reklamalarning taniqliligi va imidji orqali tavsir etish natijasi ancha vaqtdan so‘ngolinadi.

SHuning uchun kommunikatsiyaning shaxsiy ta’siri ikkinchi darajali bo‘lgan hollarda iqtisod va ishlab chiqarishi nuktai nazaridan reklamadan foydalanish maqsadga muvofik.

Kommunikatsiyaning asosiy shakli bu reklamadir.

Reklama agentligi-bu reklama beruvchilar uchun ixtisoslashtirilgan xizmat turlarini taklif etuvchi vositadir. Boshqacha qilib aytganda reklama agentligi bu ijodiy xodimlar va tijoratchilardang iborat, mustaqil korxonadir. U o‘z tovari uchun haridor kidiraetgan buyurtmachilarga reklama tayerlaydi va uni reklama vositalarida joylashtiradi.

Reklama vositalari-ommaviy axborot (televizor, radio, ro‘znoma, jurnal), kaysiki reklama murojaatlarini keng tinglovchilar ommasiga yetkazuvchi reklama mutaxassislaridir. Jurnal, ro‘znomalar, televideniye va radiostantsiyalar o‘zlarining noreklama mazmuniga kerakli tinglovchilarni jalb kiladi, reklama beruvchilar esa ularga murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Boshqa reklama vositalari esa ma’lum darajadagi kishilarni o‘ziga jalb etish maqsadida reklama murojaatlariga (to‘g‘ri aloqa reklamasi, maketlar, jamoat transportidagi turli yezuvlar, savdo binolarini reklama jihatidan bezash) tayanadilar. Reklama- bu ommani xabardor qilish usulidir. Iste’molchilar bilan yaqin aloqa urnatishda ommaviy axborot vositalari unga yerdam kiladi.

Savdo reklamasining o‘ziga xos xususiyati haridorni chorlash va chakirishdan iborat. SHu bilan birga, savdo reklamasi aholi salomatligi yo‘lida tovarlarning ayrim turlarini iste’mol qilishni ko‘paytirish maqsadida ularga ta’sir utkazish vositasidir.

Halkning turmush darajasi osha borishi, savdoga bo‘lgan talablar kuchayishi va ko‘pincha yangi talablar quyilishi reklama bilan bog‘liqdir, chunki savdo halk iste’molini qondirish jaraenidir.

Reklama savdo madaniyatini oshirishga kumaklashmogi lozim. Reklama yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, haridorlar o‘zlariga zarur tovarlarni tez topib, oson va ko‘p vaqt sarflamay sotib oladigan bo‘ladilar. SHu tarika tovarni sotish tezlashadi, savdo xodimlari mexnatining samaradorligi ortadi, muomala chiqimlari kamayadi.

Savdo reklamasi aloxida hammaga ma’lum bo‘lgan ba’zi bir tovarlar to‘g‘risida foydali ma’lumotlar berish, shu tovarlarning xususiyatlari, kimmatli jihatlari, ularni ishlatish usullarini tushuntirishi kerak.


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish