5.6-rasm. Etik tashkilotning “uch ustuni”.
Lekin menejer axloqli kishi bo‘lishi va etik jixatdan to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishning o‘zigina yetarli emas. U jamoada etik iqlimni shakllantirishga bor kuchini yo‘naltirishi lozim. Butun tashkilotning diqqat-e’tiborini etik qadriyatlarga jamlash lozim, boshqa xodimlarda xam etik odobli xulq-atvorni rag‘batlantiradigan va ushlab turadigan muxitni yaratish lozim. SHuning uchun etik tashkilot yana ikki “ustun”da turadi: etik sardorlikda xamda tashkiliy tuzilmalar va tizimlarda.
Etik sardorlik
Boyeing, CHemisal Bank, General Mills, GTE, Xerox va Johnson & Johnson kabi etik jixatdan namunali kompaniyalarning siyosati va amaliyotini o‘rganishda sardorlikning o‘ta muxim roli borligi aniqlangan. Masalan, «The Sesretary» jurnalining o‘quvchilari o‘rtasidagi so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdi-ki, xodimlar o‘z boshliqlarining etik “xatoliklari” xaqida yaxshigina ma’lumotga egalar. Kompaniyaning “yashirin telegrafi” top-menejerlar etik jixatdan to‘g‘ri bo‘lgan qarorlarni emas, balki o‘zining foydasini ko‘zlab qarorlar qabul qilishi xolatlari xaqidagi axborotni juda tez uzatadi. Sardorlarning amallari, xatti-xarakatlari butun tashkilotga turtki beradi, shu jumladan, etika masalasida xam. O‘zining xarakatlari bilan menejer etik qadriyatlarga sodiqligini ko‘rsatishi va shu orqali tashkilotning boshqa a’zolariga bu qadriyatlarni qabul qilishda yordam berishi mumkin.
Agarda “yuqoridagilar” da etik xulq-atvor sezilmagan bo‘lsa, oddiy xodimlarda ularning tashkilotida axloqning unchalik axamiyati yo‘q, degan fikr paydo bo‘ladi. Holt Sompaniyes ning boshlig‘i Piter Xolt ishonadi-ki, u bir vaqtning o‘zida etika bo‘yicha direktor vazifasini xam bajarmoqda. Axloqiy qadriyatlar uning tashkiloti madaniyatining ajralmas qismini tashkil qiladi, bunda P.Xoltning o‘zi etik xulq-atvor me’yorlariga sodiqligini namoyon qilish imkonini qo‘ldan chiqarmaydi. Yiliga ikki marta u firmaning xar bir bo‘limiga tashrif buyuradi: xodimlar bilan uchrashadi, savollarga javob beradi, xar kuni, xar bir xatti-xarakatda o‘rnatilgan qadriyatlarga amal qilish muximligi xaqida gapiradi. Holt dagi mexnatga xaq to‘lash va mukofotlash tizimi xam etika tamoyillariga amal qilish bilan bog‘liq. Aytish lozim-ki, menejer uchun faoliyatni tegishli mukofotlash bilan baxolash bu qo‘l ostidagilarga etik masalalarning muximligini namoyon qilishning eng yaxshi usullaridan biridir. Tashkilotning barcha bo‘g‘inlarida odobli xulq-atvorni doimiy rag‘batlantirib turish va etik bo‘lmagan xulq-atvor uchun intizomiy jazolash etik sardorlikning o‘ta muxim unsurini tashkil qiladi.
Venesuelaning yirik konglomerati bo‘lmish Sisneros Group korporativ strategiyalar bo‘yicha katta vitse-prezidenti Beatris Rendjel kompaniyaning ixtiyoriy qabul qilingan mas’uliyatini xayotga tadbiq qilmoqda. Kompaniya Lotin Amerikasi mamlakatlarining xalq ta’limi soxasini yuridik shaxslarning qo‘shimcha ajratmalari xisobiga moliyalashtirishga bo‘lgan intilishini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. B. Rendjelning so‘zlariga qaraganda, Sisneros korporativ byudjetining 8 foizi ta’lim soxasiga sarflanmoqda. Undan tashqari, kompaniya Galaxy Latin Amerisa bo‘sh yo‘ldoshli kanallaridan foydalanib, bu mintaqaning yetti mamlakati o‘qituvchilari uchun ta’lim olish dasturlarini uzatishni mo‘ljallamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |