Menejment amaliyoti: etik dilemma
“YAxshi” yo‘l qaysi?
Ba’zan menejerga aniq bir vaziyatda “yaxshi” yo‘l qaysiligini aniqlash juda xam osonmas bo‘ladi. Bu “yaxshi” variantni xayotga tadbiq qilish yana xam qiyinroq. Quyida shunday etik dilemmalar keltirilgan. Bu vaziyatlarning xar birida siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
1. Xodimlaringizdan biri, barcha yoqtiradigan va xurmatli, zo‘r xodim sizga OITS bilan kasallanganligini aytdi. Garchand uning kasalligi uning ishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasa-da, sizni bu xodimning kelgusi xolati va boshqa xodimlarning aks-sadosi o‘ylantirmoqda. Siz:
a) bu xodimdan uning sog‘ligi xaqida muntazam axborot berib turishini so‘raysiz va boshqa xodimlarga xech narsani aytmaysiz;
b) uni boshqa bo‘limga o‘tkazishni tashkillashtirasiz, u yerda u yakka o‘zi ishlash imkoniga ega bo‘ladi;
v) umumiy majlis o‘tkazasiz va xodimlarga kasalning jamoada qolish-qolmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilishni taklif qilasiz;
g) xodimlar bo‘yicha direktor bilan maslaxatlashasiz.
2. Kompaniyada qayta tashkil etish ishlari bormoqda, va siz o‘zingizning bo‘limingizda xodimlarni qisqartirish xaqida buyruqni oldingiz. Lavozim yo‘riqnomalarini taxlil etib chiqqach, siz tushundiz-ki, eng maqbul yo‘l bu pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan ikki tajribali xodimning xizmatlaridan voz kechishdir. Siz:
a) xech kimga xech nimani aytmasdan, ishdan bo‘shatiladiganlarni faqat mexnatining natijalari va kompaniyadagi stajiga qarab aniqlaysiz;
b) qisqartirilishga “da’vogarlar” bilan suxbat o‘tkazasiz va ularning muddatidan oldingi ishdan ketishlari bo‘yicha fikri bilan qiziqasiz;
v) xodimlarning yig‘ilishini o‘tkazasiz, unda xodimlardan birontasi kompaniyadan ketmoqchi yoki pensiyaga chiqmoqchi emasligini aniqlashga xarakat qilasiz;
g) ikki nafar “pensionerlar”ning xizmatidan voz kechasiz.
3. Xamkasb ayollaringizdan biri yaqinda shaxsiy xayotidagi ikki musibatni boshdan kechirdi: uning eri ajralishga ariza berdi, onasi esa vafot etdi. Sizning unga chin dildan raxmingiz kelmoqda, lekin u yomonroq ishlay boshladi (shu xodim tayyorlagan ma’lumotlar asosidagi xisobot raxbariyatning keskin tanqidiga uchradi). Sizning menejeringiz sizdan tushuntirib berishni talab qilmoqda. Siz:
a) anglashmovchilik uchun uzr so‘raysiz va xatolarni to‘g‘rilab qo‘yasiz;
b) menejerga xamma ish xamkasb ayol bergan ma’lumotlarda ekanligini aytasiz;
v) menejerga sizning xamkasbingizda muammolar borligini va unga dalda, ko‘mak kerak ekanligini aytasiz;
g) ish o‘ta ko‘payib ketganligi va shuning uchun xisobotdagi raqamlarni tekshirishga ulgurmaganingizni aytasiz.
4. Sizning firmangiz yaqinda yangi menejerni ishga yolladi, u siz bilan bir xil mansab darajasida. Inson sifatida u sizga yoqmadi, siz uni o‘z raqobatchingiz deb xisoblaysiz. Tasodifan siz raqibingizni yaxshi taniydigan do‘stingizni uchratib qoldingiz, uning aytishicha, yangi xamkasbingiz nafaqat Garvard universitetini tugatmagan (uning rezyumesida Garvardni tugatganligi yozilgan), balki u oliy ma’lumotga umuman ega emas. Siz:
a) olingan axborotni raxbariyatga yetkazasiz;
b) xodimlar bo‘yicha menejer bilan maslaxatlashasiz va ismlarni keltirmasdan, maslaxat so‘raysiz;
v) xech kimga xech nimani aytmaysiz; aniq-ki, shunchaki kompaniya yangi menejerni tekshirmagan, va yolg‘on yaqinda o‘zidan-o‘zi fosh etiladi;
g) bilganlaringiz xaqida yangi menejerga aytib berasiz va unga mustaqil qarorni qabul qilish imkoniyatini taqdim etasiz.
5. Buxgalteriyada ishlarni qabul qilish chog‘ida siz shuni bildingiz-ki, kompaniya uzoq vaqt davomida xizmatlar narxini asossiz oshirib ko‘rsatgan. Raxbaringiz aytishicha, pullarni qaytarish anchagina salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Kompaniyangiz faoliyati davlat komissiyasi tomonidan nazorat qilib turiladi, u xatoni sezmagan. Raxbariyatingiz aytishicha, xech kim xech qachon xech nimani bilmaydi, muammoni yo‘qotish uchun tegishli choralar ko‘riladi. Siz:
a) davlat komissiyasi bilan bog‘lanasiz;
b) ishni ommaga oshkora qilasiz, buni anonim ravishda qilishingiz xam mumkin;
v) xech kimga xech nimani aytmaysiz, chunki mas’uliyat sizning raxbariyatingiz bo‘ynida;
g) raxbariyat bilan birgalikda xatoni to‘g‘rilash rejasini ishlab chiqasiz va kompaniyaning joriy byudjetiga ta’sir etmaydigan qilib to‘lovlar grafigini belgilab olasiz.
6. Pochtani ko‘rayotib, bir xatni topdingiz, unda raqobatchilar tomonidan ishlab chiqarilmoqchi bo‘lgan yangi tovar xaqidagi muxim axborot keltirilgan. Uni raqobatchi –firmaning o‘z xolatidan norozi bo‘lgan bir xodimi jo‘natgan. Siz:
a) xujjatlarni qog‘ozni maydalagich (axlat qutisi)ga tashlaysiz;
b) ularni taxlil qilish uchun ilmiy izlanish bo‘limiga jo‘natasiz;
v) raqobatchini bu xolat bo‘yicha xabardor qilasiz;
g) xuquqni ximoya qilish organlariga qo‘ngiroq qilasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |