Менежмент. Маркетинг



Download 8,34 Mb.
bet147/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

Tanqidiy taxlil

Massengil’s univermaglaridagi ishdan bo‘shatishlar

Massengil’s univermaglari 75 yildan beri AQSHning janubi-sharqidagi kichik va o‘rta shaxarlarida katta mashxurlikka ega. Lekin Atlantadagi bu kompaniyaning ishlari oxirgi yigirma yilda orqaga ketmoqda. O‘z vaqtida uning magazinlari juda zamonaviy kiyimlar sotgan va juda mashxur bo‘lgan. Asta-sekin ular chiroysiz, jozibador bo‘lmagan kiyimlarni taklif eta boshladilar. Xamma bildi-ki, kompaniya bankrotlik yoqasida joylashib qoldi. Bu xol kompaniyaga avval Dallasning Forta-Uort umummilliy savdo tarmog‘ini boshqargan Marv Xeymler kelguniga qadar davom etdi. Massengil’s univermaglari mavqeining tiklanishi tarixi xozirda barcha mutaxassilar og‘zida, va bu bejiz emas: kompaniyaning sotuv xajmlari ancha o‘sdi, shu bilan bir vaqtda kompaniyaning aktsiyalari kotirovkalari xam o‘sdi.

Kompaniya yangi raxbarining tezkor o‘zgartirishlar zarurligida ishonchi komil edi, chunki o‘ylanishga vaqt qolmagan edi. U o‘zgartirishlarning tajovuzkor rejasini taklif etdi, unda texnik jixatdan eskirgan magazinlarni modernizatsiya qilish, noo‘rin xarajatlarni kamaytirish, zamonaviy tovarlarni malakali sotuvchilar tomonidan taklif qilinishi kabi masalalar bor edi. Yangi strategiyaning muxim qismi bo‘lib “bog‘langan sotishlar” xisoblanadi, bunda xaridor magazinga bir tovarni xarid qilish uchun keladi, chiqib ketishda esa 3-4 tovar bilan ketadi. Lekin xarakatlar rejasining asosiy qismi bo‘lib ko‘p sonli ishdan bo‘shatishlar xisoblanadi. Massengil’s raxbariyati tarkibiga eski, an’anaviy, patriarxal menejerlar kirar edi, ular ishdan bo‘shatishdek vositadan foydalanishni bilishmas edi. Lekin xarajatlarning kamaytirilishi, tejalgan mablag‘larni magazinlarni jixozlash, tovar assortimentini yangilash, o‘qitish dasturlariga sarflashga kompaniyaning xayot-mamot masalasi bog‘liq edi. Birinchi qadam, magazinlardagi snek-barlarning yopilishi va taqsimlash markazlarining qo‘shib yuborilishi 500 ish joyining qisqarishiga olib keldi. Undan tashqari, Massengil’s ning ko‘pgina keksa sotuvchilari yoki “bog‘langan sotishlar” nimaligini bilishmagan, yoki didi yetarli bo‘lmasdan, yangi zamonaviy kiyimlarning farqiga borishmas edi. Marv Xeymler bu didsiz sotuvchilardan qutulish va yosh, shijoatli sotuvchilarning yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotish lozimligini juda yaxshi tushunar edi.

500 nafardan ortiq keksa sotuvchilar va nazoratchilarni ishdan bo‘shatish xaqida juma kuni tushlikdan oldin e’lon qilindi. Ish kunining oxirigacha xodimlar o‘z narsalarini yig‘ishtirib, xamkasblari bilan xayrlashishlari lozim edi. Qolgan xodimlarda esa vaziyatni baxolash uchun oldinda ikki dam olish kuni bor edi.

M.Xeymler, albatta, xodimlar ishdan bo‘shatilish xaqidagi xabarni eshitgach, kayfiyatlari tushib ketishini kutgan edi, lekin bunchalik darajadagi aks-sadoni kutmagan edi. Nafaqat ishdan bo‘shatilganlar, balki qolgan yangi sotuvchilarning kayfiyati xam tushib ketgan edi. Jurnallardan birida bir maqola chiqdi, unda, agar Massengil’s kompaniyasida axloqiy kayfiyat bundan keyin xam pasaya borsa, kompaniya tez orada tugashi xaqida bashorat qilingan edi. “Kompaniyaga ishonch yo‘q, -deb yozgan edi muallif. - Odamlarning fikricha, raxbariyat ular bilan nopok o‘yin olib bormoqda, odamlarni inobatga olmasdan xamma narsani bir zumda to‘g‘rilab olmoqchi”.

Xodimlar bo‘limi boshlig‘i Kler Sparks tasdiqlashicha, maqola muallifi aynan nishonga tekkan. “Odamlarning xaqiqatda jaxli chiqqan, -dedi u.- Ularning fikricha, raxbariyat kompaniya bilan nima ishlar bo‘layotganligini tushuntirishi lozim edi, odamlarni oldindan ogoxlantirishi lozim edi.”

“Lekin Massengil’s moliyaviy inqirozni boshdan kechirayotganligini xamma biladi-ku, - o‘zini tuta olmadi M. Xeymler. – Inqiroz paytida yangi boshqaruvchi yollanilganda, tez orada ishdan bo‘shatishlar boshlanishini xamma biladi-ku. SHunday ekan, bu xaqida ortiqcha gapirishdan ne xojat? Agar shu ishni men qilmaganimda, tez orada xamma o‘z ishidan quruq qolar edi. Magazinlar yopilar edi, va shunda xozirgi mingta ishdan bo‘shatishlar o‘rniga 5 ming nafar ishchi-xodimlar ishsiz qolar edi. SHu sizga yoqadimi?”.

Keyinroq M.Xeymler vaziyat rivojlanishini taxlil qilib chiqdi. SHak-shubxasiz, Massengil’s ishi yaxshilana boshladi. Magazinlarga xaridorlar oqib kela boshladi, sotish va foyda ko‘rsatkichlari yuqoriga qarab siljidi, Uoll-strit esa M.Xeymlerni qaxramon deb xisoblay boshladi. U tomonidan olingan mukofot 1mln $ dan ortib ketdi, ustiga-ustak, oylik ish xaqini oshirishdi va u bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirishdi. Menejer pensionerlar uchun makon bo‘lib qolgan Massengil’s magazinlar tarmog‘ini zamonaviy (va boy) yoshlar uchun jozibali joyga aylantira olganini tushunardi. Oxirgi chorak uchun xisobotga qarab, u yana bir bor amin bo‘ldi-ki, sotish va foyda ko‘rsatkichlari o‘sishda davom etmoqda. Modomi-ki, shunday ekan, axloqiy kayfiyatning pasayishi xaqidagi gap-so‘zlar nechun xaligacha to‘xtamayapti?


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish