Axloqli individlar
Birinchi “ustun” bu kompaniyaning axloqiy xulq-atvor tamoyillariga amal qiluvchi menejerlaridir. Bunday individlar sofdilligi va adolatliligi bilan ajralib turadi, bu xol ular qabul qilayotgan qarorlar va ularning xulq-atvorida aks etadi. Ularga tashkilotning xodimlari xam, tashqaridagilar xam ishonishadi, chunki bunday menejerlar sofdillik nimaligini, boshqa odamlar bilan qanday muomala qilish lozimligini biladilar, axloq me’yorlariga amal qiladilar. Odobli kishilar axloqiy rivojlanishning yuqori bosqichiga erishishga intiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |