MENEJMENT USTALARI
REYEBOK KOMPANIYASI INDONEZIYA ISHCHILARINING MANFAATLARI XIMOYASIDA
1998-1999 yy Insan Hitawasana Sejahtera (HIS, Indoneziya) konsalting firmasining xodimlari ikkita indoneziya fabrikalari ishchilarining mexnat sharoitlarini o‘rganishga va muloqotga 1400 soat vaqt sarfladilar, bu fabrikalarda Reyebok amerika kompaniyasi uchun chiqariladigan oyoq kiyimining 75 foizi ishlab chiqariladi. Ularning xisobotida bir necha salbiy faktlar bor edi, jumladan, mexnat xavfsizligi tizimi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, raxbar va oddiy ishchilar o‘rtasidagi munosabatlarga tegishli faktlar.
Xorijiy korxonalardagi mexnatning og‘irligi xammaga ma’lum. SHunisi xayratlanarli edi-ki, Reyebok o‘zi bunday ilmiy izlanishni uyushtirdi va keyin salbiy natijalarni matbuotga berdi. Kompaniya mexnat sharoitlarining mustaqil baxolanishini o‘tkazmoqchi edi, bundan maqsad – kompaniya menejerlari indoneziya ishchilariga yangicha qarash bilan qarasin, ularning manfaatlariga yon bossin, ro‘para borsin. O‘tkazilgan izlanish asosida, xususan, Indoneziyaning beshta fabrikalarida ishchilarning xaq-xuquqlarini ximoya qilish uchun kurashda kasaba uyushmalarining rolini oshirish loyixasi ishlab chiqildi. Albatta, fabrikalarda kasaba uyushmalari avval xam faoliyat ko‘rsatgan, lekin amerika tred-yunionlari bilan solishtirganda ular amalda faoliyat yuritmagan.
Korporatsiya o‘z ishchilarini kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lishni o‘rgatayotganiga ishonish qiyin, lekin Reyebok buni o‘z axloqiy burchi deb xisobladi. Aksariyat indoneziyalik ishchilar savodsiz va ko‘pincha o‘z xaq-xuquqlarini bilmagani yoki ximoya qila olmagani uchun ularning manfaatlarini ximoya qila oladigan kasaba uyushmasi ancha kuchli bo‘lishi lozim. Undan tashqari, Reyebok da kommunikatsiyalarning innovatsion tizimi joriy qilingan, uning yordamida xodimlar o‘z e’tirozlarini qo‘rqmasdan aytishlari mumkin. Maxsus pochta qutilari nafaqat fabrikalarda va yotoqxonalarda, balki boshqa xoliroq joylarda, masalan, jamoat xojatxonalarida, masjidlarda o‘rnatilgan. Xar bir quti yonida maxalliy tildagi blankalar yotadi, ularning orqa tomonida Reyebok ning inson xuquqlariga tegishli me’yorlari yozilgan.
Inson xuquqlarini ximoya qilish dasturlari bo‘yicha kompaniyaning vitse-prezidenti Dug Kan yakinda indoneziya fabrikalariga tashrif buyurdi, bundan maqsad – qilingan ishlarning samaradorligiga shaxsan guvox bo‘lish. “Men xomilador ayollar uchun maxsus o‘rindiqlarni ko‘rdim. Men kadrlarni joy-joyiga qo‘yish tizimini ko‘rdim, ishchilarga suvni xoxlaganicha ichishlari mumkinligini eslatuvchi, maxalliy tildagi plakatlarni ko‘rdim, - deb xikoya qiladi menejer. – Men yong‘inga qarshi asbob-uskunalarni qo‘llash bo‘yicha seminarda bo‘ldim, tutun trubalarida gazni tozalash moslamalarini ko‘rdim, ximikatlar bilan ishlashning xavfsiz jarayonlarini ko‘rdim. O‘tgan yil davomida fabrikalar keskin ravishda yaxshi tomonga o‘zgargan”.
Manba: Doug Sahn, «Reyebok Takes the Sweat out of the Sweatshops», Business ethiss (January-February 2000), 9.
“Bo‘yinga olingan mas’uliyat”
O‘ziga qo‘shimcha mas’uliyat olish korporatsiya uchun o‘ta ko‘ngilli tusga ega va jamiyatning rivojlanishiga o‘zining xissasini qo‘shish istagi bilan bog‘liq, bu qadamga uni iqtisodiy maqsadlar xam, qonunlar xam, etika xam majburlamaydi. Odatda, bunda xech kim talab qilmaydigan va kompaniyaga bir sezilarli naf keltirmaydigan, ixtiyoriy tusdagi turli xatti-xarakatlar nazarda tutiladi. Bunga misol - Pittsburgh Brewing Sompany kompaniyasi, u ommaviy ishdan bo‘shatishlar davrida po‘lat quyuvchi zavodlarning sobiq ishchilari uchun bepul ovqatlanishni tashkil qildi. O‘ziga qo‘shimcha mas’uliyat olish bu – kompaniya ijtimoiy mas’uliyatining eng yuqori ko‘rinishi va eng yuqori baxolash me’zonidir, chunki u jamiyatning kutishlari doirasidan tashqariga chiqadi va jamiyatning farovonligiga ijobiy ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |