Kompaniyaning etikasi va ijtimoiy mas’uliyatini boshqarish
Etik iqlim va ijtimoiy mas’uliyat muammolari juda ko‘pgina menejerlarni notinch axvolga solmoqda. Etika muammosi bo‘yicha bir ekspertning aytishicha: “Menejmentning vazifasi – kishilar kimningdir aytishini kutmasdan o‘zlari etik jixatdan to‘g‘ri yo‘l tutishlari mumkin bo‘lgan sharoitlarni yaratish va ushlab turishdir”7. Kompaniyada etik tamoyillarni ushlab turish raxbarlar tomonidan faol xarakatlarni talab qiladi. Avval ta’kidlaganimizdek, etikaga asoslangan biznes aloxida menejerlar tomonidan, xamda tashkilotning qadriyatlari, siyosati va amaliyotida ta’minlanib turiladi. 5.6-rasmda etik tashkilot “turuvchi” (tayanadigan) uch ustun tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |