Etik tuzilmalar. Etik tuzilmalarga turli tizimlar, lavozimlar va dasturlar kiradi, ularning yordamida kompaniya xodimlarning axloqiy tamoyillarga mos keluvchi xulq-atvorini rag‘batlantirishga intiladi. Kompaniyaning etika bo‘yicha ko‘mitasi tarkibiga, qoidaga ko‘ra, eng yuqori raxbarlar guruxi kiradi, ularning zimmasiga xodimlar tomonidan etik tamoyillarga amal qilinishini kuzatib borish va munozarali vaziyatlar paydo bo‘lganda qarorlar chiqarish majburiyati yuklatilgan. Bundan tashqari, ko‘mita etika qoidalarini buzayotgan shaxslarning jazolanishi uchun xam javob beradi, agar tashkilot xodimning xulq-atvoriga bevosita ta’sir qilmoqchi bo‘lsa, bu juda muximdir. Masalan, Motorola kompaniyasining etika bo‘yicha ko‘mitasi axloqiy kodeksining asosiy bandlarini izoxlash va tuzatish, xodimlarga kodeksdagi o‘zgarishlar xaqidagi axborotni yetkazish, xamda uni buzayotgan xodimlarga nisbatan qarorlar chiqarish xuquqlariga ega. Undan tashqari, ko‘pgina kompaniyalarda, masalan, Sears, Northup Grumman va Solumbia/HSA Healthsare da kompaniya faoliyatida axloq va etika me’yorlariga amal qilinishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi doimiy bo‘limlar tuzilgan. Bunday bo‘limlarni komissar yoki etika bo‘yicha direktor – tashkilotda qonun va etika me’yorlariga amal qilinishini ta’minlovchi, kompaniyaning yuqori raxbarlaridan biri boshqaradi. U kommunikativ standartlarni belgilab beradi, etika bo‘yicha o‘qitishni nazorat qiladi, muammolarni va turli murakkab vaziyatlarni yechadi, qabul qilinayotgan qarorlarning etik jixatlari bo‘yicha menejerlarga maslaxat beradi. O‘n yil oldin bunday lavozimning o‘zi yo‘q edi, lekin shu davr ichida amerika kompaniyalarida etik-xuquqiy mazmundagi shunchalik ko‘p mojarolar ro‘y berdi-ki, bugungi kunda etika bo‘yicha direktorning zarurati bo‘yicha xech kimda shubxa qolmadi. Bugungi kunda xattoki etika bo‘yicha direktorlar Assotsiatsiyasi xam mavjud, uning a’zolari bo‘lib 700 dan ortiq kompaniyalarning vakillari xisoblanadi (1992 yili ularning soni 12 nafar edi). Xodimlar bepul konfidentsial “ishonch telefonlari” yordamida shubxali xulq-atvor xaqida, kutilayotgan o‘g‘irliklar, zararlar xaqida, menejerlarning adolatsiz munosabati xaqida va boshqa turli mojaroli vaziyatlar xaqida xabar berishlari mumkin. Undan tashqari, xodimlar Assotsiatsiya vakillaridan shaxsiy maslaxatlarni olish imkoniga ega.
Bunday vaziyatlar ozroq bo‘lishi uchun, xamda axloqiy kodeksda yozilgan bandlar faqat so‘zlarda emas, balki amalda xam mavjud bo‘lishligi uchun etika bo‘yicha o‘qitish dasturlari amalga oshirilmoqda. Masalan, Boyeing korporatsiyasining barcha xodimlari bunday o‘qishga yiliga kamida 1 soat, katta menejerlar esa 5 soat vaqt ajratishlari lozim. Murray Publishing kompaniyasida xodimlar xar xafta ishchi munosabatlar etikasi bo‘yicha seminarlarda qatnashadilar. Bu seminarlarda ular u yoki bu etik dilemmalarning turli yechim variantlarini xamda manfaatlar to‘qnashuvi ro‘y berganda mumkin bo‘lgan xarakatlarni muxokama qiladilar.
Lekin etik qo‘llab-quvvatlashning eng kuchli dasturi xam xodimlarni yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolardan kafolatlamaydi. Dow Sorning kompaniyasi (uning nomukammal silikonli implantantlar bo‘yicha muammosi butun dunyo ishbilarmonlarini seskantirdi) birinchilardan bo‘lib (1970-yillar o‘rtalari) namunali deb xisoblangan etik dastur ishlab chiqdi. Dasturda etika bo‘yicha ko‘mitani tuzish, xodimlar uchun kurslar, davriy tekshiruvlar va menejerlarning ko‘mita oldidagi xisobotlari ko‘zda tutilgan. Xato nimadan iborat edi? Gap shunda-ki, dastur muxitni faqatgina to‘laligicha xisobga olgan, maxsulotning xavfsizligi kabi aloxida unsurlari esa standart usullar bilan tartibga solingan. Dow Sorning bilan ro‘y bergan xolatda AQSH tibbiyot bo‘yicha Milliy kengashi xaqida gap ketgan, undagi ilmiy-izlanish ishlari anchagina uzoq vaqtni egallaydi. Dow Sorning ning muammolari boshqa ko‘pgina tarmoqlar uchun ogoxlantirish qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi.
Kompaniyada kuchli etik dasturning mavjud bo‘lishi kifoya emas. Dastur barcha kundalik operatsiyalarda mavjud bo‘lishi lozim, xodimlarni xar qanday vaziyatda axloqiy jixatdan to‘g‘ri qaror qabul qilishga undashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |