Менежмент. Маркетинг


-rasm. Dasturiy ta’minotning yirik yaratuvchisi bo‘lgan kompaniya faoliyatidan manfaatdor bo‘lgan guruxlar



Download 8,34 Mb.
bet126/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

5.3-rasm. Dasturiy ta’minotning yirik yaratuvchisi bo‘lgan kompaniya faoliyatidan manfaatdor bo‘lgan guruxlar.
ONLAYN-SARDORLIK

INTERNET – IJTIMOIY MAS’ULIYATNI TARG‘IB QILISH VOSITASI SIFATIDA

Internet - korporatsiyalarning ijtimoiy mas’uliyatli faoliyati uchun kurashda asosiy qurollardan biriga aylandi. Umuman, kompaniya aktsiyadorlarini o‘z manfaatlarini qondirish uchun jalb qilish amaliyoti faol jamoatchilar tomonidan anchadan beri qo‘llaniladi. Endilikda, Internet rivojlanishi bilan, As YOu Sow kabi notijorat, nodavlat tashkilotlarida axborotni tezlik bilan tarqatish imkoniyati tug‘ilganda, “mas’uliyatsiz” firmalarga qarshi kampaniya o‘tkazish muammosi amalda mavjud emas.



As YOu Sow (AYS) – notijorat tashkiloti, uning maqsadi korporativ mas’uliyatni targ‘ib etish va “kompaniyalarni iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish, mexnat to‘g‘risidagi qonunlarga va ekologik me’yorlarga amal qilishga chaqirish”dan iborat. Uning asosiy qurollari – aktsiyadorlar vakillari ishtirokida turli ijtimoiy yoki ekologik masalalar bo‘yicha kampaniyalarni o‘tkazish va boshqa jamoat tashkilotlari bilan yaqindan xamkorlik qilish. Bunday kampaniyalardan biri shu bilan yakunlandi-ki, Note Depot magazinlar tarmog‘i o‘rmon maxsulotlaridan yaratilgan materiallarni sotishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. YAna bir kampaniya Wal-Mart, Nike kompaniyalari uchun maxsulot yetkazib beruvchi zavodlarda inson xuquqlarining va mexnat sharoitlarining buzilishiga qarshi yo‘naltirilgan edi. YAqinda esa genetik jixatdan modifikatsiyalashgan oziq-ovqat maxsulotlariga qarshi kampaniya boshlandi. Bu kampaniya DuPont, Hershey, Kelloggi Sysso kabi tashkilotlarga qarshi qaratilgan va aktsiyadorlarning tarixdagi eng ommabop xarakati bo‘lib qolishga ulgurdi. Bu kampaniya SHareholder Astion Network axborot markazi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Uning veb-sayti aktsiyador bo‘lmagan sayt mexmonlarini genetik jixatdan o‘zgartirilgan maxsulotlarni ishlatilishiga norozilik bildirib, do‘konlar va restoranlar menejerlariga murojaat etishga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniya boshliqlariga elektron xat orqali chiqishga chaqirmoqda. Bu loyixaning boshlig‘i Treysi Rembert ijtimoiy mas’uliyat uchun kurashdagi Internetning rolini shunday tushuntiradi: “Avvalari xodimlarimning xar biri 20 nafardan tanishlariga qo‘ngiroq qilib, xat yozishga chaqirar edi... Bugungi kunda bir donagina xabarni yozib, ancha ko‘p odamlarni jalb qilish mumkin. Avvalari 10 yillik ko‘cha namoyishlari va norozilik chiqishlari evaziga olinadigan natijani xozirda bir yil ichida qo‘lga kiritish mumkin”2.

Ijtimoiy mas’uliyatli tashkilotlar barcha manfaatdor guruxlarga o‘z xatti-xarakatlarining ta’siri borligini xisobga oladilar va ularning extiyojlariga mos xolda pul mablag‘larini yo‘naltirishga “uyalmaydilar”. Masalan, engage Media onlayn marketing kompaniyasi kambag‘allar uchun qon to‘plash va kiyim-kechak yig‘ishda qatnashadi, yaqinda esa uning xodimlari ko‘krak raki bilan kurashga bag‘ishlangan, San-Frantsiskoda o‘tgan namoyishda qatnashdilar. Xar chorakda bir marta shunday tadbirlarda qatnashish uchun engage Media xodimlariga maxsus dam olish kuni beriladi. Body SHop magazinlar tarmog‘ida ijtimoiy mas’uliyat va atrof-muxit to‘g‘risida g‘amxo‘rlik bilan faoliyatining xar bir qirrasi “sug‘orilgan”. Masalan, Body SHop kakao-donidan olinadigan yog‘ni an’anaviy tovar birjalarida emas, balki kambag‘al mamlakatlardagi bevosita fermerlardan sotib oladi. Body SHop magazinlari ishlaydigan mintaqalarda bu kompaniya maktablar va tibbiyot muassasalarini qurish uchun maxsus yordam fondlarini ochmoqda. YUqorida ko‘rsatilgan kompaniyalarda ijtimoiy mas’uliyat manfaatdor guruxlarga yordam berish tariqasida namoyon bo‘lmoqda.

Xozirgi paytda maxsus extiyojli manfaatdor guruxlarning axamiyati oshmoqda va birinchi o‘ringa tashkilotlarning tabiat muxitini ximoya qilishga qaratilgan faoliyati chiqmoqda.


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish