Менежмент. Маркетинг


Tashkilotning faoliyatidan manfaatdor bo‘lgan guruxlar



Download 8,34 Mb.
bet125/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

Tashkilotning faoliyatidan manfaatdor bo‘lgan guruxlar.

Umuman, korporatsiya kimning oldida mas’uliyatga ega? Tashkilotning tashqi muxiti umumiy darajada xam, vazifalar darajasida xam turli elementlarni o‘z ichiga oladi (3-bobga qarang). Eng ilg‘or tashkilotlar ijtimoiy mas’uliyat nuqtai nazaridan o‘z tashqi va ichki muxitlarini ko‘pgina manfaatdor guruxlar sifatida ko‘radilar.



Manfaatdor gurux deb, kompaniya faoliyati natijalariga ma’lum talablar qo‘yadigan va aks ta’sir etishning ma’lum tezligiga ega, tashkilotning ichidagi yoki tashqarisidagi xar qanday xamjamiyatga aytiladi. Masalan, Wal-Mart o‘z xaridorlariga past narxlarda tovarlarni taklif qilish imkoniga ega bo‘lish uchun o‘z ta’minotchilariga nisbatan narx bo‘yicha tajovuzkor muzokaralar taktikasini qo‘llaydi. Ba’zi manfaatdor guruxlar bunday xatti-xarakatlarni ijtimoiy mas’uliyatli deb xisoblaydilar, chunki bu xol iste’molchilarga foydalidir va ta’minotchilarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan xarakatlarga undaydi. Boshqalari, aksincha, tajovuzkor taktikani Wal-Mart tomonidan bozor xokimligi bilan suiste’mol qilish deb qaraydilar, buning natijalaridan biri – ta’minotchi-firmalarning xodimlari mexnatiga xaq to‘lash darajasining pasayishi deb xisoblaydilar.

5.3-rasmda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyaning eng muxim manfaatdor guruxlari keltirilgan. Uning asosiy manfaatdor guruxlari (ularsiz kompaniya faoliyat ko‘rsata olmaydi) bo‘lib investorlar, aktsiyadorlar, xodimlar, xaridorlar va ta’minotchilar xisoblanadi. Investorlar, aktsiyadorlar va ta’minotchilarning talablari eng avvalo firmani boshqarish samaradorligiga (ya’ni, resurslarni foydali ishlatishga) qaratilgan. Tashkilot xodimlari mexnatdan qoniqish, unga munosib xaq to‘lash va yaxshi raxbariyatni kutib qoladilar. Xaridorlarni tovar va xizmatlarning sifati, xavfsizligi va arzonligi qiziqtiradi. Agar qaysidir manfaatdor shaxslar guruxi tashkilotning faoliyati bilan qoniqmasa, uning aks ta’sir etishi kompaniyaning keyingi faoliyatini xavf ostiga solishi mumkin.

Ta’siri kuchli manfaatdor guruxlar qatoriga Xukumat va kompaniya korxonalari joylashgan mintaqalar axolisi xam kiradi. Ko‘pgina korporatsiyalar faoliyati litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi xujjatlar asosida amalga oshiriladi, shuningdek, mexnat xavfsizligi to‘g‘risidagi, atrof-muxitni ximoya qilish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar bilan cheklanadi. Mintaqa axolisining manfaatdor guruxiga (ularni xamjamiyat deb atasak to‘g‘riroq bo‘ladi) biz faqatgina u yerda yashayotgan insonlarni emas, balki maxalliy xokimiyatni, tabiat muxitini va jismoniy borliqni, insonlar xayoti sifatini xam kiritamiz. Maxsus manfaatdor guruxlar o‘z ichiga savdo va professional assotsiatsiyalarni, xamda iste’molchilar xuquqini ximoya qilish komissiyalarini olishi mumkin. Oxirgi paytlarda jamoat tashkilotlarida manfaatdor guruxlarni tashkil qilish va korporatsiyalarga ta’sir o‘tkazishning yangi vositasi – Internet paydo bo‘ldi. Faoliyati korporatsiyalarda Internet tarmog‘i vositasida ijtimoiy isloxotlarni amalga oshirishga qaratilgan tashkilotlardan biri bu As YOu Sow fondidir.




Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish