5.1-jadval.
Kompaniya etikasiga kompaniya madaniyatining ta’sir etishini taxlil qilish uchun savollar.
1
|
Tashkilotning qaxramonlarini aniqlang. Ular qanday qadriyatlarni namoyon qiladilar? Agar ular murakkab etik dilemmani xal qilmoqchi bo‘lganda, ular qanday qarorni qabul qilardilar?
|
2
|
Kompaniyada qanday muxim rituallar yo‘lga qo‘yilgan? Ular etik jixatdan to‘g‘ri bo‘lgan xulq-atvorni rag‘batlantiradimi (yoki aksincha, bo‘g‘adimi)? Kim mukofotlar oladi (xalol xodimlarmi yoki muvaffaqiyatga noetik usullar bilan erishadigan xodimlarmi)?
|
3
|
Tashkilotning yangi a’zolari xulq-atvor etikasi to‘g‘risidagi qanday signallarni oladilar? Ular buyruqlarga so‘zsiz itoat etishlari lozimmi yoki kompaniyada u yoki bu xarakatlarni muxokama qilishga ruxsat etilganmi yoki muxokama qilish xatto rag‘batlantirilar?
|
4
|
Kompaniyadagi xikoya va afsonalar taxlili, ularning qaxramonlari o‘zining etik jixatdan to‘g‘ri bo‘lgan nuqtai nazarini ximoya qilgan insonlardir, degan xulosa qilish imkonini beradimi, yoki ularning “qaxramonligi” bu bo‘ysunishga layoqatdan iboratmi? Bu xikoyalarda ishdan bo‘shatish va mansab pillapoyasidan yuqorilash xolatlari bormi?
|
5
|
Kompaniyada etik muammolarni muxokama qilish yo‘lga qo‘yilganmi? Bu xol qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir qiladimi?
|
6
|
Kompaniyada “sotsializatsiya”ning qanday norasmiy jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan, etik/noetik xulq-atvorning qanday me’yorlarini ular targ‘ib qiladilar?
|
Manba: Linda Klebe Trevino, «A Sultural Perspestive on CHanging and Developing Organizational ethiss», in «Research in Organizational CHange and Development», ed. R. Woodman and W. Pasmore, (Greyenwich, Sonn.: JAI Press, 1990), 4.
Kommunikatsiyalar va yuqori etik standartlarni ushlab turish taqdirlash marosimlari yoki boshqa ommaviy tadbirlarda amalga oshirilishi mumkin. Korporativ qaxramonlar (ya’ni, taqlid qilish uchun namunalar) etik jixatdan to‘g‘ri qarorlar qabul qilinishini rag‘batlantirishlari xam mumkin, ularga to‘sqinlik qilishi xam mumkin. Masalan, Wendy’s fast-fud tamaddixonalar tarmog‘ining asoschisi Deyv Tomas xaqiqiy pok ko‘ngillik va xalolik timsoli edi, u kompaniyaning yuzi edi. Wendy’s menyusi xaridorlarga yoqishining sababi shu edi-ki, uni xalol va samimiy Deyv Tomas tuzgan edi. 2002 yilning yanvarida u vafot etganida, butun mamlakat bo‘ylab Wendy’s afishalari yonida “bizning asoschimiz va do‘stimiz” bilan xayrlashuv so‘zlari bitilgan plakatlar osilgan edi.
Tashkilotning madaniyati bu- etikaga ta’sir qiluvchi yagona manba emas, lekin bu kuchlarning eng baquvvati xisoblanadi, chunki kompaniyaning qadriyatlarini belgilab beradi. Boshqa kuchlar qatoriga kompaniyada qabul qilingan qoidalar va siyosat, mukofotlash tizimi, tashkilotning xodimlari xaqida qayg‘urish darajasi, ishga olish tizimi, mexnatni tashkil qilish tamoyillarining qonunchilik va professional talablarga javob berishi, sardorlik va qarorlar qabul qilish jarayoni kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |