Etik tanlovni belgilab beruvchi omillar.
Agar menejerni yolg‘onchilikda, aldovda yoki o‘g‘irlikda shubxalashsa, odatda ayb yoki boshqa odamga, yoki vaziyatga yuklanadi. Ko‘pchiligimiz xisoblaymiz-ki, etik jixatdan to‘g‘ri qarorlar vijdon amri bilan qabul qilinadi. Bu, albatta, to‘g‘ri, lekin to‘liq xaqiqat emas. Biznesning etik yoki axloqiy amaliyoti bu – tashkilot madaniyatida qabul qilingan, qadriyatlar, qarashlar, an’analar va axloqiy urf-odatlar tizimini ifodalash shaklidir. SHunday qilib, etik muammolar aslida shaxsga tegishli emas, balki tashkilotga tegishlidir.
Menejer
Menejer ish (ofis) ga o‘zining shaxsiy belgilari va yurish-turish tarzini olib keladi. SHaxsiy extiyojlar, oila, diniy qarashlari – bu barcha omillar menejerning qadriyatlar tizimini shakllantiradi. Etik jixatdan to‘g‘ri bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda menejer eng avvalo o‘zining “men”i, o‘z kuchlariga ishonch, mustaqillik xissi kabi aloxida shaxsiy xarakteristikalariga tayanadi.
Menejerning muxim shaxsiy xarakteristikalaridan biri – uning axloqiy rivojlanish bosqichidir. Individual axloqiy rivojlanishning soddalashtirilgan modeli 5.2-rasmda keltirilgan.
Oldingi rivojlanish bosqichida insonlarni eng avvalo tashqi foydalar (va jazolar) qiziqtiradi. Xokimiyatga bo‘ysunish bo‘ysunmaslik xolatida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar xavfiga asoslanadi. Tashkiliy jixatdan bu bosqichga boshqarishning avtoritar yoki majburlash stilini qo‘llaydigan menejerlar, shuningdek, ba’zi vazifalarni ijro etish kafolatlariga suyanadigan menejerlar mos tushadi. Umumiy rivojlanish bosqichida insonlar xamkasblar (oila, do‘stlar, jamiyat) ning ijobiy xulq-atvori kutishlariga moslashadilar. Maqsadga erishining ustuvor usuli bo‘lib guruxlarda birgalikda ishlash xisoblanadi. Sardorlikning eng mos stili bo‘lib o‘zaro xamkorlik va kooperatsiyani rag‘batlantirish xisoblanadi. Keyingi rivojlanish bosqichida insonlar eng avvalo o‘zining ichki qadriyatlar va me’yorlariga asoslanadilar, bunda ko‘p xollarda bu me’yorlarga amal qilmaslikka undovchi qoida va qonunlarni pisand qilmaydilar. Ichki qadriyatlar tashqi axamiyatli qadriyatlardan xam muximroq bo‘lib qoladi. Masalan, 2-Jaxon urushi davrida AQSH Xarbiy dengiz flotining «Indianapolis» kemasi torpedolar bilan o‘qqa tutildi va cho‘kib ketdi. SHunda amerikalik xarbiy uchuvchilardan biri buyruqqa bo‘ysunmasdan, o‘z xayotini xavf ostiga solib, aqulalar xujum qilgan bir necha kishilarni qutqargan. Raxbariyatining gapiga kirmagan bu inson axloqiy rivojlanishning eng oliy darajasidagi fikrlarga amal qilgan. Bu rivojlanishning eng oliy darajasida menejerlar moslashuvchan yoki xizmat qiluvchi raxbarlik stilini qo‘llaydilar, ularning e’tibori izdoshlarining extiyojlariga va atrofdagilarni mustaqil fikrlashga undash, vujudga kelgan muammolarni axloq tamoyillaridan kelib chiqib xal qilishni rag‘batlantirishga mujassamlangan. Bu bosqichga xodimlarning tashkilotni boshqarishda samarali ishtirok etish xuquqini olishi xosdir.
Individlarning aksariyati rivojlanishning ikkinchi bosqichida turadilar, axloqiy rivojlanishning uchinchi bosqichiga esa amerikalik kattalarning 20 foizi yetishadi xolos. Ularning xarakatlari, amallari avtonom tusga ega, tashkilotning ichidagi va tashqarisidagi atrofdagilarning kutishlaridan qat’iy nazar doimo etik tamoyillarga asoslanadi. Bunday insonlar etik jixatdan to‘g‘ri qarorlar qabul qiladilar, garchi bunday qarorlar eng avvalo o‘zlari uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarsa xam. Masalan, Greyston Bakery ning ijrochi direktori YUliy Uolls axloqiy rivojlanishning keyingi darajasini namoyon etmoqda. Greyston Bakery oliy sifatli mazali pechene, tort va pishiriqlar ishlab chiqaradi. YU.Uolls xodimlarni “ko‘chadan” yollaydi – kim birinchi kelsa, shuni ishga oladi, - chunki u xar kim ishlash xuquqiga ega, deb xisoblaydi. U shuningdek, xodimlariga ularning muammolarini yechishda yordam beradi, bu muammolar ishga bog‘liq bo‘lsa yoki bo‘lmasa xam. Boylarni boqqan xolda Greyston Bakery kambag‘allarga xizmat qiladi. Kompaniya daromadining asosiy qismi, bu esa yiliga 4 mln $ ni tashkil qiladi, muzqaymoq va muzlatilgan yogurt ishlab chiqaruvchi Ben & Jerry’s kompaniyasiga konditer yarim tayyor maxsulotlarini yetkazib berishdan kelib tushadi. Barcha foyda kambag‘allarga xayr-exson qilinadi.
Ko‘p olimlar nega ayollar ijtimoiy voqe’likni erkaklardan boshqacharoq qabul qilishlarini tushuntira olmaydilar, shuning uchun ularni ko‘pincha pastrok rivojlanish darajasiga tegishli qilib ko‘rsatadilar. Izlanuvchi Kerol Djillian axloqiy xatti-xarakat soxasini kengaytirishni va unga oila yaqinlari uchun mas’uliyat va g‘amxo‘rlikni kiritishni taklif etdi. Ayollar murakkab axloqiy qirralarni erkaklardan ko‘ra nozikroq va sermazmun xis qiladilar va axloqiy qarorlarni “yaxshi-yomon” tamoyiliga asoslanib emas, balki “ziyon yetkazib qo‘yma” nuqtai nazaridan yondashib qabul qiladilar1.
Menejerlarning xatti-xarakatlari tobora yuqoriroq etik darajaga mos kelishi zarurligini asoslovchi omillarga tashkilotlarning axloqi va madaniyatiga globallashuv jarayonlarining ta’siri omili kiradi. Globallashuv jarayonlari biznesdagi etika muammolarini murakkablashtirib yubormoqda. CHet elda ishlovchi menejerlar ularga tanish bo‘lmagan tizimlarga nisbatan sezuvchanlik va ochiqlikni o‘zlarida topishlari kerak. Undan tashqari, menejerlar madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarga nisbatan bag‘rikengli, sabrli bo‘lishlari kerak. Masalan, ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda rasman ta’qiqlangan poraxo‘rlik biznes yuritishning normal amaliyoti xisoblanadi. CHet ellik menejerlar amerikaliklarning go‘yoki barcha chet ellik raxbarlar pora olishadi, degan fikridan g‘azablanadilar. Xalqaro tusdagi etik muammolarning yechimini topish g‘oyat murakkab, lekin bu soxada xam ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Tobora ko‘proq kompaniyalar Xalqaro axloqiy kodeksning joriy etilishiga chaqirmoqdalar, ularning fikricha, bunday xujjatning joriy etilishi chet elda ishlovchi menejerlar xayotini anchagina yengillashtirar edi. 1999 yili BMT tomonidan inson xuquqlari, mexnat standartlari va atrof-muxitni ximoya qilish soxalaridagi butunjaxon etik tamoyillarni belgilab beruvchi “Global pakt” qabul qilindi. Bugungi kunda ushbu tamoyillarga rasman 44 ta yirik korporatsiyalar amal qilmoqda. Quyida “Otning og‘zidan” ruknida bir necha umumiy tavsiyalar keltirilgan, ular menejerlarga xam o‘z mamlakatida, xam chet elda etik jixatdan to‘g‘ri bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda ko‘mak beradi.
“OTNING OG‘ZIDAN”
Do'stlaringiz bilan baham: |