Maxsus pedagogika


Yordamchi maktab o'quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash


bet88/134
Sana04.03.2022
Hajmi
#481907
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134
Bog'liq
fayl 182 20210326

Yordamchi maktab o'quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash
N ogiron va alo h id a yordam ga m uhtoj b olalarni k asb -h u n arg a 
tayyorlashning avvalo 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘gkrisida»gi 
Q onun talablaridan kelib chiqqan holda hozirgi zam on ishlab chiqarish 
asoslari, xalq xo‘jalik tarmoqlari haqida yetarli darajada chuqur bilim 
berishga asoslanish ham talab etiladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
ijrosi ham ana shundan kelib chiqadi.
Ayni paytda nogiron va alohida yordamga muhtoj o lquvchilarni kasb- 
hunarga tayyorlashda erkin, mustaqil fikrlashga o ‘rgatish, ularda o ‘z 
kuchiga, o ‘ziga xos qobiliyatiga ishonish kabi xislatlarni shakllantirish 
kabi masalalar ham dolzarbdir.
Y o rd am ch i m ak tab o ‘q u v c h ila rin i k a sb -h u n a rg a tay y o rlash d a
defektolog mutaxassislar oldida nogiron va alohida yordamga muhtoj 
bolalarning psixik ham da jismoniy nuqsonlarini inobatga olgan holda yangi 
d a stu r va d arslik larn i 
o Lz
v aqtida ishlab ch iqish, t o ‘g arak lar ishi 
samaradorligini oshirish, turli kasblarga oid axborotlar, kasblar bo'yicha 
maslahatli ishlarni to ‘g‘ri yo‘lga qo ‘yish, kasbga yo‘llash markazlarining 
ishini takomillashtirish orqaligina erishish m umkin b o ‘ladi.
Mustaqil davlat ravnaqi va taraqqiyotida mutaxassislaiga, ishbilarmonlarga, 
umuman insonga o ‘z imkoniyatlarini namoyon qilish, shart-sharoit yamtib 
berish muhim ahamiyat kasb etadi.Ruhiy va jismoniy nuqsonga ega boigan 
nogiron bolalar kasb-hunar o ‘rganishga, biron-bir kasb egasi bolishga 
chanqoqdirlar.
0 ‘zbeklar azaldan m ehnatkash xalq. A jdodlarim iz « M eh nat — 
m ehnatning tagi rohat», «M ehnating — ziynating», «M ehnat qilsang
152


yasharsan, katta-katta osharsan» kabi xalq hikmatlariga to ‘la amal qilgan 
holda m ehnat qilib yashagan, chunki ijtim oiy-iqtisodiy m uam m olar 
birinchi navbatda m ehnat orqali yechiladi.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishdi deb qayta-qayta gapiramiz. Albatta 
har bir inson bundan faxrlanish va g‘ururlanishga haqli, lekin uning 
gullab-yashnashiga, ravnaqiga, taraqqiyotiga, mustahkamlanishiga, uning 
suvini, yeru osmonini, o ‘simlik, hayvonot olamini, tabiatini asrash bilan, 
o‘z mehnati bilan o ‘z hissasini qo‘shish lozim ekanligini maxsus maktab 
o‘quvchilari ongiga har soniya singdirib borish lozim. Ana shundagina yordamchi 
maktab o ‘quvchilarining mustaqillikdan g‘ururlanishi to4a oqlanadi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash
ya’ni ularda mehnat qilish odobini, istagini shakllantirish va ko‘nikmalarini 
hosil etishning juda ko‘p shakllari mavjud.
Bu o ‘rinda zardushtiylam ing m uqaddas kitobidan, Q ur’oni karim, 
hadislardan foydalanish ham kutilgan natijalarni beradi. «Avesto»da 
zardushtiylaming chorvachilik va dehqonchilik bilan mashg‘ul bolganini, 
ularning doimiy mehnat bilan shug‘ullanganini, shuningdek, mehnat tufayli 
baxt-saodatga erishish, bog‘-rog‘lar yaratish mumkinligi haqidagi fikrlari 
misol qilib keltiriladi. Xuddi shuningdek, Q ur’oni karimda atrof-olamni 
asrash, mehnatga munosabat kabi yaxshi mavzulardan foydalanish mumkin.
Ayniqsa, nogiron kishilarni joylardagi m ehnat qahram onliklarini 
ko‘rsatayotganlar bilan uchrashuv kechalari uyushtirish, ular bilan mehnat 
mavzuida suhbatlar tashkil qilish yordamchi maktab o ‘quvchilarining kasb 
tanlashiga samarali ta ’sir etadi.
U m um an olganda, yordam chi m aktablarda 1-sinfdan 9-sinfgacha 
yordamchi maktab o ‘quvchilarini mehnat va turmushga tayyorlash birinchi 
galdagi vazifadir. Hayot va turmushni mehnatsiz tasavvur etish aslo mumkin 
emas. Maxsus maktablarda mehnat tarbiyasini faqat mehnat darslarida emas, 
balki boshqa fanlar darslarida ham hal etish ularni kelgusi hayotda ongli 
mehnatga tayyorlashda m uhim ahamiyat kasb etadi.
Maxsus ta’limda mehnat tarbiyasining hech bir turini nazardan qochirmaslik 
kerak. Uy-ro‘zg‘or mehnatlari (ishlari), qo‘ni-qo‘shnilaiga yordam, hashar, 
ota-onaga barcha ishlarida qarashish, tomorqadagi mehnat, chorvachilikdagi 
m ehnat, qishloq xo‘jaligidagi m ehnat, korxonalardagi m ehnat, shahar 
obodonchiligidagi mehnat — bulaming barchasida jismoniy mehnat mavjud. 
Yordamchi maktab o‘quvchilari 40 dan ortiq mehnat turlarini bajara olishi 
ilmiy asoslangan (Ya.Ya.Karvalis, S.ShAytmetova). Uqtirilgan fikrlami amalda 
sinab ko‘rib, mehnatni malaka va ko‘nikmaga aylantirishga yordam berish 
yordamchi maktab o‘qituvchi va tarbiyachilarining asosiy vazifasidir. Bunda 
oila, maktab va bevosita mehnat o‘qituvchilari, korxona, muassasa va tashkilotlar, 
jam oatchilikning birgalikdagi faoliyati m uhim aham iyatga ega.
153


Dem ak, yordam chi m aktabda m ehnat tarbiyasi ham kechiktirib 
b o ‘lm aydigan, kundalik va doim iy bajarilishi shart b o ‘lgan m uhim
vazifalardandir. Yangi mustaqil 0 ‘zbekiston davlatining olib borayotgan 
siyosati va ilgari surilayotgan milliy g‘oyalar negizida u m u m ta’lim bilan 
bir qatorda maxsus ta ’lim ham da yordam chi maktab o ‘quvchilarini kasb- 
hunarga tayyorlash borasidagi sa’y-harakatlarda m ehnat qilishga diqqat- 
e ’tibor qaratilishi ham taqozo etiladi.
Y ordam chi m aktabda o ‘q uvchilarni k asb -hunarga tayyorlashda 
o ‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari va ularning nogironlik 
turiga qarab kasb tanlash kutilgan natijalar berishi haqida fikr bildirganlar. 
Bunda ular yordam chi m aktab o ‘quvchilariga differensial yondashuvga 
birm uncha e ’tibor beradilar. Bunda yordam chi m aktab o ‘quvchilarni 
intellektual, jism oniy va em otsional, iroda xususiyatlari, qiziqishlari, 
ularning matorikasi, harakat koordinatsiyasining o ‘ziga xos xususiyatini 
inobatga olgan holda m ehnat ta ’limi berilishi, kasb-hunarga o ‘rgatilishi 
taqozo etiladi.
Y ordam chi m aktabda o ‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning 
sam arali yo ‘llaridan biri — o ‘quvchilar maxsus m aktabni bitirgach, 
tanlagan kasbini m ukam m al o ‘rganish uchun kasb-hunarga tayyorlovchi 
maxsus kollejlarga tanlov asosida o ‘qishni davom ettirishga yuboriladi. 
Chunki yordam chi m aktab o ‘quvchilari 9-sinfni tugatgach, ularni yoshi 
yetmaganligi, kasb-hunarining chegaralanganligi tufayli ishga joylashishi 
m uam m o bo‘ladi. Aynan ana shuning uchun ham yordam chi m aktab 
o ‘quvchilari kasb-hunarga oid 
bilimlarini maxsus kollejlarda davom 
etirishlariga to ‘g‘ri keladi.
Shundagina yordam chi m aktab o ‘quvchilari ko‘chada bekor, ishsiz 
qolmaydilar. Hayotda o ‘z o ‘rinlarini topa oladilar. Jam iyatim izga ishchi 
kuchi sifatida foyda keltiradilar. K o‘chadagi b a ’zi yom on taassurotlar 
ta ’siriga tushib qolm aydilar. Yordam chi m aktabda o ‘quvchilarni iloji 
boricha ko‘proq ijtimoiy foydali m ehnatga faol ishtirok ettirish kerak. 
M a’lumki, yordam chi m aktabda ijtimoiy foydali mehnatga faol ravishda 
tayyorlash har xil yo‘nalishlar (ekologik, huquqiy, m ehnat, axloqiy) 
b o ‘yicha olib boriladi. Y ordam chi m aktab o ‘quvchilarining ijtimoiy 
foydali m ehnat jarayonida har tom onlam a diagnostik nuqtai nazardan 
y o n d ash ish , s.iaxsning b u n d a n keyingi rivojlanishini quyid agicha 
prognozlashni nazarda tutadi:
1. Tanlangan ixtisosi b o ‘yicha m ehnat qilish jarayonining asosiy 
qonuniyatlarini bilish kerak, m azkur kasb b o ‘yicha tajriba orttirish 
y o‘llarini mustaqil izlashga, zarur m alaka, ko‘nikm alarni egallashga 
o ‘rgatish kerak.
2. Burch va m as’uliyat. Y ordam chi m aktab o ‘quvchisi jam iyat va 
jam oa oldidagi burchini anglab yetish malakasini shakllantirish, jam oat
154


ishlari va hodisalariga qiziqtirish, ularda faol ishtirok etishga ishtiyoq 
uyg‘otish.
3. Ongli intizom .Y ordam chi m aktab o ‘quvchisi har doim va har 
to m o n la m a in tizo m li b o ‘lishi va bunga am al qilish k o ‘nikm asini 
shakllantirish.
4. Baham jihatlik va birodarlik. Yordam chi m aktab o ‘quvchilarini 
m uom ala qilishda dilkash va andishali b o lish g a, bir-biriga sidqidildan 
beg‘araz yordam berishga o ‘rgatish.
5. M ehnatsevarlik, insonparvarlik, boshqalarning halol m ehnatlarini 
hurm at qilishni har doim bolalar ongiga singdirib borishdan iborat.
Yuqorida aytib o ‘tilganlarni amalga oshirishda axloqiy tarbiya bilan birga 
mehnat tarbiyasi barcha tarbiya turlaridan ustunligi bilan ajralib turishi kerak. 
Ayni paytda m eh nat yordam chi m aktab o ‘quvchilaridagi psixofizik 
yetishmovchiliklami korreksiyalaydi. Yordamchi maktabda o‘quvchilami kasb- 
h u n a rg a ta y y o rla sh n in g asosiy vazifasi m ak ta b n i ta m o m la y o tg a n
o ‘quvchilaming o ‘z mayllari hamda qobi 1 iyatlariga muvofiq keladigan kasbni 
to ‘g‘ri, ongli ravishda tanlashlariga yordam berishdan iboratdir.
Yoshlarni mehnatga o ‘rgatish borasida 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish