O'quvchi-yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida



Download 34,96 Kb.
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi34,96 Kb.
#242261
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kasbga yo'naltirish


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O'zbekiston Respublikasi prezidentining “O'quvchi-yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo'yildi.

Hujjat bilan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchi yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.

ususan:
— umumiy o'rta ta'lim muassasalari mutaxassislari tomonidan o'quvchilarni 7-sinfdan boshlab kasb-hunar egallash va Internet tarmog'i orqali xizmatlar ko'rsatish (ishlar bajarish) yo'li bilan o'zini o'zi band qilish (frilansing) yo'nalishlariga qiziqishlarini aniqlash va bunday o'quvchilarning ma'lumotlari bazasi yaratiladi;
— kasb-hunar egallash va frilansingga qiziqishi yuqori bo'lgan o'quvchilar ma'lumotlar bazasini umumiy o'rta ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligi elektron bazasi bilan integratsiya qilish hamda onlayn monitoring olib boruvchi axborot tizimini yaratish ko'zda tutilgan;
— umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining kasbiy moyilligi bo'yicha o'tkazilgan tahlillar asosida 9-sinfdan so'ng kelgusida aniq ishchi kasblar bo'yicha kasb-hunar maktablarida ta'lim olishi mumkin bo'lgan o'quvchilar o'rtasida kasbga yo'naltirish ishlarini olib boriladi;

- Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro'yxatlar asosida kam ta'minlangan oilalar farzandlari bo'lgan 10-sinf o'quvchilariga ularning qonuniy vakili roziligi asosida kasb-hunar va frilansingga o'rgatuvchi barcha davlat va nodavlat tashkilotlarda o'qish xarajatlarini qoplovchi hujjatlar (vaucherlar) beriladi;



- bitiruvchilar uchun tegishli kasblar bo'yicha o'quv reja va dasturlar, amaliyotlar o'tash tartibi, o'quv-metodik qo'llanmalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etish;
- Loyiha asosida Yangi tizim asosida o'quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish hamda Yangi tizim asosida 10–11-sinf o'quvchilarini kasb-hunarga o'rgatish mexanizmlari tasdiqlanadi.
Hujjat asosida Xalq ta'limi vazirligi Yoshlar ishlari agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Namangan viloyati va Toshkent shahar hokimliklari bilan Mehnat insonning hayotida muhim o‘rin tutibgina qolmay, turmushni mehnatsiz, yaratuvchiliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mehnat tarbiyasi tarbiyaning mag‘zini, mazmunini tashkil etadi. Barcha xalqlarning eng ilg‘or an’analari mehnat jarayonida paydo bo‘lib takomillashadi. Mehnat an’analarining tayanchi sifatida yoshlarni hayotga, ijtimoiy mehnat faoliyatida ishtirok etishga tayyorlash ham muhim rol o‘ynaydi.

Prezidentimizning “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga binoan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualari (O‘ICHM) yoshlarimizni kasbga o‘rgatish vazifasini lozim darajada bajarmaganligi sababli haqli ravishda tugatilmoqda.

Nega? Chunki, ayrim hududlarda tashkil etilgan O‘ICHM bilan biriktirilgan maktablar o‘rtasidagi masofa o‘rtacha 8-12 km, ba’zilari 40 km masofagacha uzoqlikda joylashgan edi. Bu esa o‘z navbatida transport qatnovida ham muammolarni keltirib chiqarardi.

O‘ICHMlaridagi yana bir salbiy holat bu, pedagog-xodimlarning yetishmasligida edi, ya’ni ayrim kasblar bo‘yicha joylarda nomutaxassis kadrlarga o‘quv yuklamalari asossiz ravishda belgilandi yoki umuman darslar o‘tilmagan holatlar ham kuzatildi.

Bundan tashqari, O‘ICHMda kasblar bo‘yicha moddiy-texnik baza talabga javob bermas edi. Ayrim O‘ICHMlarida “Qandolatchilik”, “Milliy taomlar oshpazi”, “Sartaroshlik”, “Shinomontajchi”,“Mebel ishlari ustasi”, “Duradgor” va boshqa kasblar bo‘yicha zarur jihozlar bo‘lmaganligi, mavjudlari ham ma’nan eskirganligi sababli barcha kasbiy fanlar va amaliy mashg‘ulotlar faqat auditoriyalarda nazariy shaklda olib borilishi, o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari hamda dars mashg‘ulotlariga qatnashish davomatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. O‘ICHMlarida pedagog-xodimlar tomonidan “Tikuvchilik” kasbi bo‘yicha qo‘l tikuv mashinalari, “Milliy taomlar oshpazi” bo‘yicha “qozon-kapgir” keltirilganligi ham kuzatildi. Respublika bo‘yicha o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarni bajarishlari uchun xomashyo materiallari ajratilmagan edi. O‘ICHMlarida imkoniyatga qarab, o‘quvchilar o‘zlari bilan olib kelgan materiallar hisobidan yoki pul yig‘ib amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinar edi. Ammo davr talabidan kelib chiqib, hozirgi kunda bu tartib asosidagi ta’lim tizimi talabga javob bermasligi hech kimga sir emas.

Bugungi kunda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarni chuqur bilim olishlari, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birgalikda ularning mustaqil hayotga tayyorlash ko‘nikmalarini ham shakllantirib borish ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Aynan shuning uchun zamonaviy bilim olish bilan bir qatorda o‘quvchi yoshlarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirib borish, oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, yoshlarni kasb tanlashga, ularni ijodiy fikrlashga, yoki konstruksion buyumlardan materiallar yasash, oddiygina elektr chirog‘i patronini o‘rnatish, uydagi suv tarmoqlari tizimlari to‘g‘risida, shuningdek, oddiy yog‘ochga ishlov berish, uy ro‘zg‘orda kichik ta’mirlash ishlari va hokazolar kabi hayotiy kasbiy ko‘nikmalarni to‘liq yetkazib berolmayotganligimiz hech kimga sir emas.

Biz yoshlar tarbiyasida “Texnologiya” faniga hayotiy ehtiyoj sifatida qarashimiz bilan o‘quvchini betartiblik va dangasalik kasalliklariga chalinishini oldini olibgina qolmay, uning kelajakdagi ma’lum bir kasb egasi bo‘lishiga zamin yaratamiz. Aks holda o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘z holiga tashlab qo‘yilganda mehnatga bo‘lgan tabiiy intilishi so‘nadi va o‘z mehnatidan qanoat hosil qilishni esa o‘yin-kulgidan qidira boshlaydi. O‘yin-kulgida rivojlangan ehtiyoj mehnatga bo‘lgan tabiiy ehtiyojni batamom siqib chiqarishi moddiy va ma’naviy qashshoqlikka olib keladi.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 9 500 dan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarini har yili 500 000 ga yaqin o‘quvchi-yoshlar bitirib, ularning 10-15 foizi ta’limning keyingi bosqichlarida (oliy ta’lim muassasalarida) o‘qishlarini davom ettirishadi. Qolgan 85-90 foiz bitiruvchilar o‘zlarining mehnat faoliyatlarini boshlashlari yoki professional ta’lim muassasalarida kasb-hunar o‘rganishlari uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Texnologiya” faniga ajratilgan soatlar hajmi, o‘quv dasturi mazmunini xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari asosida tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni taqozo qiladi.

Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida o‘qitilayotgan ushbu fan dasturi mazmuni o‘quvchilarga dastlabki hayotiy kasbiy ko‘nikmalarni egallashlari uchun talabga javob beradimi?

Ushbu dolzarb yo‘nalishda xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida (10-11-sinflar) o‘qitilayotgan “Texnologiya” fanining o‘qitilishi bo‘yicha bir qator xorijiy mamlakatlarning, jumladan, Rossiya, Belarus, Germaniya, Bolgariya, Qozog‘iston kabi davlatlarning tajribalari qiyosiy tahlil qilindi.

O‘rganilgan 16 ta mamlakatlarning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Texnologiya” fani majburiy fan sifatida o‘qitilib, yillik rejadagi fanning ulushidan 7 foizdan 12 foizgacha soatlar hajmi belgilangan. Jumladan, Germaniyada 11 foiz, Italiyada 7 foiz, Bolgariyada 9 foizni tashkil etsa, ushbu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 5-9-sinflarda 5 foizni tashkil etadi, xolos.

Shu bilan birgalikda o‘quvchi yoshlarga kasb ko‘nikmalarini shakllantirib borishda ayrim rivojlangan mamlakatlarda jumladan, Finlyandiya, Avstriya, Latviya, Norvegiya, Rossiya, Turkiya kabi davlatlarda qo‘shimcha ravishda “Amaliy va kasbiy ko‘nikmalar” nomli fan o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda “Texnologiya” fani o‘quv dasturi mazmuniga 6 soatlik “Kasb tanlashga yo‘llash” mavzulari bilan chegaralanib qolingan.

Shuningdek, xorijiy mamlakatlardan Janubiy Koreyada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv rejasida “Texnologiya” fani 5-6-7-sinfdan bir o‘quv yiliga 68 soatdan, 8-9-10-sinflarda 102 soatdan ajratilgan.

Rossiyada esa “Texnologiya” fani 8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan yiliga 36 soat, shuningdek, 10-sinfda 36 soat, 11-sinfda 34 soat dars o‘tilsa, 10-11-sinflar uchun o‘quv rejada “Kasbiy istiqbolga erishish texnologiyasi. Mehnat bozorida samaraga erishish” fani ham mavjud bo‘lib 10-sinfda 36 soat, 11-sinfda 34 soat o‘qitiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, 10-11-sinflarda “Texnologiya” va “Kasbiy istiqbolga erishish texnologiyasi. Mehnat bozorida samaraga erishish” fanlari yiliga 70 soatdan 140 soat jami 2 yilda 280 soat kasbiy ta’limga yo‘naltirishga ajratilgan.

Belarusda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Mehnat ta’limi” 8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 10-11-sinflarda esa haftasiga 6 soatdan umumta’lim fanlar hamda qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘quvchilar uchun maxsus madaniyat va san’atga chuqurlashtirilib o‘qitiladigan maktablarning maxsus fanlaridan fakultativ soatlar asosida ham o‘qitiladi.

8-9 sinf o‘quvchilari uchun kasbga yo‘naltirish, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun kasb-hunarga tayyorlash bosqichlari asosida amalga oshiriladi.

Bunda 8-sinf o‘quvchilari haftasiga 2 soatdan, 9-sinf o‘quvchilari haftasiga 4 soatdan, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun haftasiga 6 soatdan (2 soat nazariy, 4 soat amaliy) kasbga yo‘naltirish fakultativ soatlari hisobidan amalga oshiriladi.

O‘quvchi yoshlarga mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirib borish maqsadida Rossiyada “Texnologiya” fani o‘quv dasturi mazmuniga “Konstruksion buyumlardan materiallar yasash” (22 soat), “Chizmachilik va grafika” (10 soat) kabi mavzularni o‘qitish orqali kasbiy ko‘nikmalari shakllantirilsa, Belarus maktablarida esa ”Veb-saytlarni yaratish va konstruksiyalash” (6 soat), “Tadbirkorlik asoslari” (10 soat) kabi mavzular, Qozog‘istonda “Yog‘ochga qo‘lda ishlov berish” (7 soat), “Metallarga qo‘lda ishlov berish” (8 soat) kabi mavzularni o‘qitish orqali kasbga yo‘naltirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

O‘zbekistonda esa “Texnologiya” fani 8-9-sinflar uchun haftasiga 1 soatdan o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 10-11-sinflarda esa joriy etilmagan.

Rivojlangan xorij mamlakatlari tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim tizimida 10-11-sinf o‘quvchilari uchun “Texnologiya” fanini kiritish hamda unga haftasiga kamida 2 soatdan jami 136 soat ajratish, o‘quv dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.birgalikda Kasbga tayyorlash namunaviy markazlarini tashkil qilinadi.

Ta'lim eng murakkab ijtimoiy jarayonlardan biridir. Uning murakkabligi cheksiz ko'p qirralilikda, boshqariladigan va elementarlarning doimiy o'zaro ta'sirida. Shaxsga aylanish jarayonida bola maktab, oila, tengdoshlari va ommaviy axborot vositalarining o'zaro ta'sirini boshdan kechiradi.


Tarbiya bevosita ta'sirida emas, balki o'qituvchi va o'quvchining ijtimoiy o'zaro ta'sirida.
Tarbiya tarbiyachilar tomonidan o'tkazilgan tajribani o'quvchilar tomonidan passiv o'zlashtirilishi sifatida emas, balki tarbiyachilar tomonidan tashkil etilgan o'quvchilarning faol faoliyati sifatida emas, balki tarbiyachilarsiz o'quvchilarning faol faoliyati sifatida emas, balki o'rganish jarayonida va ularning har birining shaxsiyatini har tomonlama rivojlantirish uchun jamiyat a'zolarining umumiy ijodiy manfaatsiz va fidoyi tashvishi sifatida bo'lishi kerak. atrofdagi faoliyatni o'zgartirish.
Ta'lim ishidagi asosiy narsa - bu sinf rahbari va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning tabiati, ya'ni. yaxshi xulqli munosabatlarda. Sinf o'qituvchisi va bolalarining kollektiv, sherik, teng ijodiy faoliyati, bir-birlariga va boshqalarga g'amxo'rlik qilishga qaratilgan faoliyatlarga asoslangan bu munosabatlar ta'lim-tarbiya ishlari tizimini shakllantirishga sharoit yaratadi va sinf rahbarining vazifasi, vazifalari, maqsadlari, vazifalari va mazmunini belgilaydi, bu ular bilan ishlashni to'g'ri va samarali tashkil etishga imkon beradi.
Sinfni tarbiyalash tizimi bu o'zaro ta'sir qiluvchi tarkibiy qismlarning ajralmas va tartibli to'plami bo'lgan va shaxs va jamoaning rivojlanishiga hissa qo'shadigan sinf jamoasi a'zolarining hayotiy faoliyati va tarbiyasini tashkil etish usulidir. Sinfning ta'lim tizimi juda ko'p miqdordagi elementlardan tashkil topgan ancha murakkab ijtimoiy va pedagogik hodisadir.

Ta'lim jarayoni talaba shaxsini rivojlantirishning ajralmas dinamik tizimi sifatida qaraladi. O'tgan 2014-2015 o'quv yilida 9-sinf jamoasi o'spirinlarni tarbiyalash va kasbga yo'naltirish bo'yicha ko'p ishlarni amalga oshirdi.

Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlarga qaramay, o'quvchilarning ma'lumot darajasi o'rtacha darajaga to'g'ri kelishini, ba'zilari ijtimoiy etuklik darajasini shakllantirmaganligini, o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha ishlarning etarli emasligini, sinf o'zini o'zi boshqarish organlarining faolligining pastligini ta'kidlash lozim. Zamonaviy jamiyatda axloqiy ko'rsatmalarni yo'qotish, oila instituti rolining pasayishi, salbiy axborot oqimining ko'payishi kuzatilmoqda va shuning uchun men buni o'rinli deb bilaman

2017-2018 yillarda quyidagi asosiy vazifalarni qo'ying:

Umuminsoniy va milliy qadriyatlarni tarbiyalash;

Ma'naviy-axloqiy ko'rsatmalarni shakllantirish;

Talabalarni kasbga yo'naltirish bo'yicha ishlarni kuchaytirish;

Ijtimoiy pozitsiyani shakllantirish, etakchilik funktsiyalarini amalga oshirishda ularning imkoniyatlarini aniqlash;

Talabalarning o'zini o'zi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali sinfning tizimli ishlarini tashkil etish.

Belgilangan vazifalarni hal qilish uchun epizodik tadbirlar etarli emas, chunki ular o'spirinlarni tarbiyalashda zarur natijalarni bermaydilar, shuning uchun sinf uchun ta'lim dasturini yaratish va amalga oshirish orqali o'quv ishlarini tizimlashtirish kerak.

Ta'lim ishlarini tizimlashtirish uchun 2017-2018 yillarga mo'ljallangan dastur tuzish maqsadga muvofiqdir.


Download 34,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish