Mavzu: mevachilik va uzumchilikning


Urug‘li mevalilarga olma, nok, behi kabilar misol bo‘ladi



Download 1,67 Mb.
bet10/101
Sana03.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#313121
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101
Bog'liq
Bog'dorchilik asoslari

Urug‘li mevalilarga olma, nok, behi kabilar misol bo‘ladi.

Bular yetilish vaqtiga qarab 5 guruhga bo‘linadi: ertagi mevalar urug‘li mevalarining boshqa guruhlariga nisbatan ertaroq yetiladi. Uzilgandan keyin uzoq vaqt saqlanmaydi, olis joylarga yuborishga unchalik yaramaydi, kimyoviy tarkibi jihatidan boshqalardan farq qiladi. Yozgi nav mevasi tusga kira boshlagan vaqtda uziladi. Shunday qilinmasa, u tez pishib o‘tib ketadi, unsimon holga kelib qoladi, shirasi kamayib, mazasi yomonlashadi, tez buziladi. Uzoq joylarga tashish uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Ertagi mevalar oldin, kuzgi mevalar esa keyin teriladi.

Kuzgi mevalar ham meva shoxchasidan oson ajraladigan, urug‘i jigarrang tusga kirgan va po‘sti shu navga xos rang hosil qilgan vaqtda uzib olinadi. Kuzgi nav mevalar yozgi navlarga nisbatan uzoq roq saqlanadi. Saqlash uchun mo‘ljallangan mevalar iste’mol qilish uchun yaraydigan darajada yetilishidanancha ilgari terib olinadi. Bunda ularni iloji boricha kechroq yig‘ib olishga harakat qilinadi. Lekin mevalar sovuq tushguncha yoki yog‘ingarchilik boshlanguncha daraxtda qolib ketmasligi lozim. Kuzgi quruq kelgan yillarda hosilni kechiktirib yig‘ishtirish foydalidir. Chunki bu vaqtda mevalar yana yiriklashadi, rangi va hidi yaxshilana di. Kechki mevalar qishda yaxshi saqlanadi. Ularning ba’zilari masalan: «Zolotaya grayта», «Renet Simirenko» ancha vaqt buzilmay turadi. Yetilish muddatlariga ko‘ra meva navlarini guruhlarga bo‘lish tartibi har bir tuman uchun alohida belgilanadi. Bitta navning o‘zi har xil o‘sish sharoitiga ko‘ra turli guruhga kirishi mumkin.





3-rasm. Olma. «Golden delishes» navi. 4-rasm. Olma. «Nafis» navi. navi.



5-rasm.Olma «Rinet Simerenko» navi.

Zararkunandalar qanday o‘simliklarni zararlashiga qarab tavsiflanadi. Bunday tavsiflash sababli zararkunandalar haqidagi ma’lumotlar birmuncha takrorlansa ham ma’lumotnomadan keng miqyosda foydalanish ancha qulay.Har qaysi daraxt o‘simlikka tushadigan zararkunandalar o‘simlikning ayrim organlari (ildizi, tanasi, shoxlari, kurtak, tuguncha va mevalari)ga yetkazilgan zarariga qarab joylanadi.

Ma’lumotnomada zararkunandalarni bunday joylash himoya tadbirlari bilan belgilangan ishlarni ketma-ket olib borish uchun imkon beradi.

O‘simlik zararkunandalari deganda, o‘zlari joylashib olgan o‘simliklar bilan oziqlanib yashovchi bo‘g‘imoyoqli jonivorlarni tushunamiz, bu zararkunandalar qatoriga hasharotlar, o‘rgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar, ko‘poyoqlilar va boshqalar kiradi. Bulardan tashqari, qurtlar turkumi (tipi)ga qarashli o‘simlikxo‘r nematodalar; yumshoq tanali jonivorlar turkumiga qarashli molluska yoki shilliqlar; sut emizuvchilar sinfiga qarashli kemiruvchilar ham o‘simliklarni zararlaydi. Hasharotlar boshqa bo‘g‘imoyoqli jonivorlardan tanasi uch qismga – bosh, ko‘krak va qoringa bo‘linishi, bir jufl mo‘ylovchasi, uch juft oyog‘i va bir-ikki juft qanoti bo‘lishi bilan farq qiladi. hasharotlarning og‘iz apparati kemirishga yoki so‘rishga moslangan bo‘ladi.

Hasharotlarning so‘ruvchi organlari turlicha tuzilgan. Ularning ko‘pgina turlarida bu organlar teshib so‘rishga, ba’zilarida esa faqat so‘rish yoki yalashga moslangan bo‘ladi. Teshib so‘radigan hasharotlar o‘simliklarga ularning to‘qimalaridagi shirasini so‘rish yo‘li bilan zarar yetkazadi.

Hasharotlar o‘zlarining rivojlanish davrida o‘zgarib, ya’ni rivojlanishning bir fazasidan ikkinchi fazasiga o‘tib turadi. Masalan, zararli turlarga qarashli hasharotlar chala hamda to‘la yetiladigan ikki guruhga bo‘linadi.


Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish